Servis” fakulteti “iqtisodiyot va menejment” kafedrasi


Panelli isitish samaradorligini aniqlash



Download 1,99 Mb.
bet45/101
Sana08.02.2022
Hajmi1,99 Mb.
#436513
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   101
Bog'liq
курилиш иктисоди маруза2021лотин

Panelli isitish samaradorligini aniqlash
uchun zarur bo‘lgan dastlabki ma’lumotlar



Ko‘rsatkichlar



Isitish tizimi

radiatorli

panelli

Bajariladigan ishlarning tannarxi, so‘m
Qurilmalarni o‘rnatish davomiyligi, kun
Yillik o‘rtacha ekspluatatsion xarajatlar, so‘m
Qurilish ishlab chiqarish sferasida ishlab chiqarishning asosiy fondlaridagi kapital mablag‘lar, so‘m
Xuddi shunday quvurlar va priborlar uchun , so‘m

5208
30
2523,8

375
2747



3759
23
2534,8

753
1193



Sanoatda binolarni sexlar va yordamchi – xo‘jalik xizmat bloklariga bloklashtirish olib boriladi. Alohida sexlar o‘nlab gektar maydonni egallashi mumkin.


Yiriklashtirish jarayonini mikrorayonlar va qishloq aholi punktlari uchun ham qo‘llash tavsiya etiladi.
YArim o‘tuvchan va o‘tuvchan kanallar ichiga kommunikatsiyalarni birgalikda (qo‘shma tarzda) yotqizish orqali injenerlik kommunikatsiyalari tarmoqlari uzunligini qisqartirishga hamda ekspluatatsiya jarayonida sarflanadigan mablag‘larni kamaytirishga erishish mumkin.
Loyihalashtirishning ilg‘or yo‘nalishi – bu texnologik jarayon nuqtai-nazaridan o‘zaro bog‘langan (hamda bog‘lanmagan) bir nechta korxonalarni bir guruhga birlashtirishdir. Bunda sanoat tuguni haqida so‘z yuritilyapti. Sanoat tuguniga tegishli bo‘lgan korxona turli vazirliklarga bo‘ysunishi mumkin. Korxonalarni ta’mirlash, asbob – uskuna va quyish sexlari, suv – kanalizatsiya, transport va energetika xo‘jaliklari, tibbiy va bolalar maussasalari hamda bashqalarni o‘z ichiga olgan yagona xizmat ko‘rsatish bazasida binolar bevosita bir – biriga yaqin joylashtiriladi. Sanoat tugunlarini qurish alohida korxonalarni qurishga qaraganda qurilish maydonini ancha qisqartirish imkonini beradi va ekspluatatsiya xarajatlarini 20 foizga kamaytiradi.
Bunday sanoat tuguniga neftkimyo va mashinasozlik korxonalaridan tashkil topgan Saratov sanoat tugunini misol tariqasida keltirish mumkin. Bu sanoat tuguni tarkibiga “Nitron” birlashmasi, rezina texnika buyumlari zavodi, sanitar – texnik jihozlar ishlab chiqaruvchi zavod, dizel zavodi, qator kengaytirilayotgan va mavjud bo‘lgan zavodlar bilan bir birgalikda Issiqlik elektr stansiyasi ham kiradi. Qabul qilingan echimlar sanoat tuguni hududini 14 gektarga qisqartirish, injenerlik kommunikatsiyalari uzunligini 93 km ga kamaytirish, bino va inshootlar sonini 16 taga, xodimlar sonini esa 344 taga qisqartirish imkonini berdi.
Kapital mablag‘larni iqtisod qilish 5 mln. so‘mni tashkil etdi, yillik ekspluatatsion xarajatlar 3 mln. so‘mga qisqardi.
Sanoat tugunlari bosh rejasi tipli sxemasidan foydalanish orqali yanada kattaroq iqtisodiy samaraga erishish mumkin.
Sanoat qurilishida binolar hajmini qisqartirish maqsadida ko‘prikli kranlar o‘rniga er usti transporti qo‘llaniladi, texnologik jihozlar ochiq holatda joylashtiriladi, madaniy - maishiy xizmat ko‘rsatish joylarining antresollar va fermalar (qurilish konstruksiyasi) orasidagi fazoviy kengliklarga joylashtirilishi loyihalash jarayonida ko‘zda tutilishi taqoza etiladi.
Sex ichidagi transport sifatida ko‘prikli kranlarning sex ichiga joylashtirilishi yuk ko‘taruvchi konstruksiyalarni og‘irlashtiradi, bino balandligi va hajmini asossiz ravishda oshiradi.
Massasi 5 tonnadan oshmaydigan yuklar bilan ishlaydigan ishlab chiqarishda (sexlarda) polda yuradigan va osma transport (elektrokaralar, avtoyuklagichlar, konveyerlar, kran - balkalar) dan foydalanish ancha maqsadga muvofiqdir.
Umuman olganda ko‘plab ishlab chiqarish korxonalari ishlab chiqarish sexlarida texnologik jihozlarni binolar tashqarisiga emas, balki ichkariga ochiq holatda joylashtirish uchun imkoniyatlar mavjud bo‘ladi yoki ularni joydagi usti yopiq joylarga joylashtirish talab etiladi.
Texnologik o‘rnatmalarni kimyo va metallargiya, qurilish materiallari ishlab chiqarish sanoati hamda shu kabilarda yopiq va yarim yopiq holatda joylashtirish mumkin. Hozirgi vaqtda tashqarida joylashgan maydonlarga joylashtirish uchun zarur bo‘lgan issiqlik izolyasiyasiga ega bo‘lgan yangi germetik jihozlarning namunalari ishlab chiqarilmoqda. Texnologik jihozlarni ochiq maydonlarga joylashtirishda qurilishga sarflanadigan mablag‘lar 4 – 6% ga qisqaradi.
Maishiy xizmat ko‘rsatish xonalarini antresollarga, fermalar orasidagi va sexlardadgi bo‘sh joylarga joylashtirish orqali kattaroq miqdordagi mablag‘larni iqtisod qilishga erishish mumkin. Ayniqsa ko‘prikli kranlarga ega bo‘lmagan sexlar uchun bunday echimni qabul qilish ancha maqsadga muvofiq bo‘ladi (qurilish sarfi qisqaradi, ishchilarga xizmat ko‘rsatish yaxshilanadi, chunki dam olish joylari hamda oshxona ish joylariga yaqin joylashadi). Madaniy – maishiy va ma’muriy xonalarni fermalar orasidagi bo‘sh joylarga (ochiq fazoviy kenlikka) joylashtirish tepa qismida fonari bo‘lmagan ko‘p oraliqli sanoat binolarini qurishda ancha engil echiladi. Binoning tepa qismiga fonarlar qurish qurilish umumiy tannarxining 7% ini tashkil etadi. Fonarlar har doim ham aeratsiya va tabiiy yorug‘likni ta’minlayvermaydi. Tomi yassi bo‘lgan va devorlarida yorug‘lik o‘tkazuvchi oraliqlar (derazalar)ga ega bo‘lmagan fonarsiz ko‘p oraliqli binolar keng tarqalmoqda. Ularda havo almashinuvi sun’iy ventilyasiya, yoritish esa kunduzi yoritadigan chiroqlar yordamida ta’minlanadi. Bunday binolar nisbatan ancha past tannarxga ega bo‘ladi, ularni qurish uchun esa ancha kam tipli va markali konstruksiyalar talab qilinadi. Qurilish ishlari va binoni ekspluatatsiya qilish sezilarli ravishda soddalashadi. Mehnat unumdorligi oshadi, chunki bunday vaziyatda ish joylari sutka davomida har doim bir maromda yoritilib turiladi, havoning muntazam ravishda almashinib turishi mehnat sharoitini yaxshilaydi.
Kolonnalar yirik gabaritli to‘rlarining qo‘llanilishi texnologik jihozlarni ratsional joylashtirish va ishlab chiqarish maydonini 10% ga iqtisod qilish imkonini beradi. Bunday binolarni qurish mayda to‘rli binolarni qurishga qaraganda 3-4% ga qimmat bo‘ladi. SHu bilan bir qatorda ularni qurishga sarflanadigan solishtirma sarf-xarajatlar 6-7% kam bo‘ladi. Bunday binolarda texnologik jarayonlarni qayta tashkil etish ancha engil amalga oshiriladi, chunki jihozlarni qayta o‘rnatish va transport oqimini o‘zgartirish uchun katta imkoniyat (keng maydon) mavjud bo‘ladi.

Download 1,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish