ko va kh
(4.5) va (4.6)
Bu erda G‘ – binoning umumiy maydoni, m2; G‘p– foydali (yashash yoki ishlab chiqarish maydoni), m2; V – binoning hajmi, m3.
km va kh koeffitsientlar mos ravishda binoning umumiy maydoni yoki hajmining qanday qismidan bevosita mo‘jallangan vazifa uchun foydalanishni, xonalar (qavatlar) balandligi qanday darajada to‘g‘ri tanlanganligi va yordamchi – xo‘jalik xonalari to‘g‘ri loyihalanganligini ko‘rsatadi.
Ko‘rsatkichlar tizimining mavjudligi murakkab texnik va xo‘jalik echimlarini har tomonlama etarli darajadagi aniqlik bilan baholash imkonini beradi. Biroq shu bilan bir qatorda bu ko‘rsatkichlar ziddiyatli jihatlarga ham egadir. Agar bir variantning barcha ko‘rsatkichlari boshqa variantnikidan yaxshi bo‘lsa, u holda masala juda oddiy bo‘ladi. Lekin afsuski, amaliyotda bunday holat, ya’ni oddiylik kamdan – kam bo‘ladi. SHunday holatlar bo‘ladiki, masalan, qurilishning muddatini qisqartirishga ancha qimmat industrial konstruksiyalarni qo‘llash orqali erishiladi, ekspluatatsion sarf - xarajatlarni qisqartirishga esa ancha qimmat bo‘lgan materiallarni qo‘llash, issiqlikning izolyasiyasiga sarflanadigan mablag‘larni oshirish yo‘li bilan erishiladi, qurilishga sarflanadigan mehnat sig‘imini qisqartirish uchun esa mehnat unumdorligi ancha yuqori bo‘lgan va ancha qimmat turadigan mexanizmlarni qo‘llashga to‘g‘ri keladi.
Bir xil bo‘lgan vaziyatlarda u yoki bu echimlarni baholash uchun joriy xarajatlarning farqini hisobga olgan holda qo‘shimcha kapital mablag‘larning miqdorini solishtirish yoki taqqoslash etarli bo‘ladi. Masalan, variantlarning bittasi bo‘yicha kapital mablag‘larning miqdori boshqasinika nisbatan ko‘p K1 K2, lekin boshqa variant bo‘yicha joriy xarajatlarning miqdori (qurilish mahsuloti tannarxi) ikkinchi variantnikiga nisbatan past: S1 S2, bu esa qurilish vaqtida qilingan ortiqcha sarf-xarajatlarni bildiradi, bunday ortiqcha sarf-xarajatlar ekspluatatsiya jarayonida mahsulot tannarxini pasaytirish orqali erishiladigan iqtisodiy ko‘rsatkichlar bilan tartibli ravishda bartaraf etila boriladi, ya’ni muntazam ravishda kompensatsiyalanadi. Ikkinchi variant: qurilish kam kapital mablag‘lar evaziga amalga oshiriladi: K1 K2, lekin bunda ishlab chiqarilayotgan mahsulotning yillik tannarxi yuqori bo‘ladi: S1 S2.
Eng samardor variantni aniqlashda olib boriladigan hisoblashlar quyidagi ketma - ketlikda bajariladi: dastlab ko‘rib chiqilayotgan K1 va K2 variantlar bo‘yicha kapital mablag‘larlarning farqi aniqlanadi, bu farq birinchi variant ko‘rsatkichlarini ikkinchi variant ko‘rsatkichlari bilan solishtirilganda olingan birinchi variant bo‘yicha qo‘shimcha kapital mablag‘larni bildiradi, so‘ngra mahsulot tannarxini pasaytirish miqdori yoki S1 va S2 ekspluatatsion xarajatlar aniqlanadi. Kapital mablag‘lar o‘sishining tannarx pasayishiga ko‘rsatadigan ta’siri bu pasayishning uni yuzaga keltiruvchi kapital mablag‘larga bo‘lgan nisbati bilan aniqlanadi. Bu nisbatni solishtirma iqtisodiy samaradorlik koeffitsienti deb atashadi (E):
(4.7)
Bu koeffitsient qo‘shimcha kapital mablag‘lar har bir so‘miga to‘g‘ri keladigan mahsulot tannarxini pasaytirish evaziga erishiladigan iqtisodiy samaradorlikni anglatadi. Samaradorlik koeffitsienti qiymatining yo‘l qo‘yiladigan minimal chegaraviy oralig‘i sifatida qabul qilinadigan qiymatidan past bo‘lagn echim samarasiz deb baholanadi, Em = 0,12 qiymat samaradorlik koeffitsientining minimal chegaraviy oraliq qiymati sifatida qabul qilinadi, CHetki SHimol rayonlari yoki ularga tenglashtirilgan rayonlarda loyihanayotgan yoki qurilayotgan ob’ektlar uchun Emsh =0,08. Bunday shart – sharoitlarda (6,7) formula quyidagi ko‘rinishni oladi.
(6.8)
Misol. Yig‘matemirbeton zavodini rekonstruksiya qilishning maqsadga muvofiq ekanligini aniqlash. Zavodning quvvati P = 10 mln. m3/yil temirbeton elementlari ishlab chiqaradi; mahsulotning tannarxi S1=350 so‘m/m3, rekonstruksiyadan keyin mahsulot tannarxi S2=310 so‘m/m3 ni tashkil etadi, K1 = 0.
Samaradorlikni hisoblash: zavod Ksolishtirma quvvat birligiga to‘g‘ri keladigan qo‘shimcha kapital mablag‘ni aniqlaymiz.]
Samaradorlikning hisoblangan koeffitsienti quyidagini tashkil etadi
Bundan zavodni rekonstruksiya qilish maqsadga muvofiq ekanligi kelib chiqadi. Zavodni rekonstruksiya qilishning maqsadga muvofiq ekanligini belgilaydigan temirbeton konstruksiyalarning chegaraviy maksimal qiymati quyidagicha aniqlanadi:
bunda
S1 = 350 – (250 x 0,12) = 320 so‘m / m3
Bir nechta variantlarni taqqoslashda hisoblashlar yaqinlashish metodi orqali variantlar juftligi bo‘yicha har bir juft uchun eng yaxshi variantni aniqlash yo‘li bilan olib boriladi.
Ko‘rsatkichlar
|
Variantlar
|
I
|
II
|
III
|
Temirbeton konstruksiya (buyum)larning tannarxi S, so‘m / m3
|
350
|
400
|
300
|
Ksolishtirma quvvat birligiga to‘g‘ri keladigan qo‘shimcha kapital mablag‘
|
1000
|
700
|
2000
|
Do'stlaringiz bilan baham: |