«servis» fakulteti «iqtisodiyot va menejment» kafedrasi


Qo`shma korxonalar marketing dasturi



Download 92,53 Kb.
bet5/9
Sana02.07.2022
Hajmi92,53 Kb.
#730013
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
KURS ISHI

2.2. Qo`shma korxonalar marketing dasturi.
Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarga qo‘shma korxona (QK) deyiladi. Ular mamlakatimiz va xorijiy sheriklarning kapitallarini birlashtirish asosida tuziladi va faoliyat ko‘rsatadi. QK lar bilan birga mamlakatda to‘laligicha xorijiy investorlarga tegishli boigan firmalar, shuningdek, chet el flrmalarining filiallari va vakil korxonalari ham faoliyat ko‘rsatadi.
1. Faoliyat ko‘rsatish turlariga qarab QK lar, ilmiy-tadqiqot, ishlab chiqarish, sotish, tayyorlash, xarid qilish, kompleks maqsadlarda tuziigan bo‘lishi mumkin.
2. Sheriklarning qaysi mamlakatga mansubligiga ko'ra ular, bozor iqtisodiyoti rivojlangan yoki «g`arb-sharq», «shimol-janub» (rivojlangan, rivojlanayotgan mamlakatlar) va hokazo.
3. QKlar qatnashchilarining tarkibiga ko‘ra xususiy va davlat, davlat korxonalari va tashkilotlari ishtirokida tuziigan korxonalar, tashkilotlami o`z navbatida ilmiy va xalqaro tashkilotlarga guruhlash mumkin.
4. QK qatnashchilarining kapitaldagi ulushiga ko'ra teng asosda tuzilgan QK xorijiy kapitalning ko`p yoki kam bo'lgan korxona va hokazolar.
Bunday guruhlash marketing izlanishlari olib borish va investitsiyalar marketingini boshqarishda ularning qaysi birini tanlash, qaysi turi bizning sharoitimizga mos kelishi, ko'proq naf berishini aniqlashda katta ahamiyatga ega.
QK lar aksionerlik jamiyatlari, ma`suliyali cheklangan jamiyatlar, xoldinglar, kommendat tashkilotlar, shirkatlari va boshqa har xil korxonalar shaklida tashkil etiladi. QKlar tuzish, ularning faoliyati har bir mamlakat tomonidan qabul qilingan qonunlar, tenglashtirilgan aktlar, mahkamalar ko'rsatmalari va hokazolar bilan tartibga solinib turiladi.
Korxona biznes-rejasining muhim qismi marketing dasturidir. Bevosita marketing dasturini tuzishdan oldin marketingning turli bloklarini qamrab oluvchi bir qator masalalar aniqlanib olinadi. Ulami marketing omillari deb ham atashadi va bu omillar qatoriga quyidagilami kiritishi mumkin:
— bozor imkoniyatlarini baholash;
— marketingning makro va mikromuhiti;
— tovar, narx, sotish usullari, reklama va mahsulot o‘tkazishni
rag'batlantirish holati;
— xodimlarni tayyorlash, malakasini oshirish va qayta tayyorlash;
— xarajatlar samaradorligini baholash va boshqalar.
Yuqorida qayd qilingan omillarni hisobga olib, tovarlar ishlab chiqarish va sotish bilan shug‘ullanadigan QK uchun qisqa muddatli bir necha variantda marketing dasturi ishlab chiqilgan. Masalan: prof. A.N.Romanov boshchiligida tayyorlangan darslikda quyidagi varianti taklif qilingan.
QK lar tuzishdan oldin katta marketing izlanishlari olib borilmog'i lozim. Bu izlanishlarning ko‘lami keng va ahamiyati kattadir. Marketing izlanishlari QK lar tuzishning bir qancha o‘zaro bog'liq jarayonlarini o ‘z ichiga oladi. Ular quyidagilardir:
- QK tuzishdan asosiy maqsadlarni belgilash;
- QK ning umumiy texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini tahlil qilish;
- chet ellik sheriklarini (hamkorlarni) izlash va tanlash;
- niyatlar haqidagi protokollami tayyorlash va imzolash;
- bo‘lg‘usi QK ning texnik-iqtisodiy asoslash hujjatining ishlab chiqish va iqtisodiy samaradorligini aniqlash;
- loyihalarni, ta ’sis hujjatlarni tayyorlash;
- QK tuzish haqidagi taklifni yuqori boshqaruv va mahalliy hukumat organlari bilan kelishish;
- ta ’sis hujjatlarini chet ellik sherik bilan birga imzolash;
- QK ning davlat ro'yxatidan o'tkazish.
QK larini tuzishdan maqsad bozordagi qondirilmagan talabni qondirish, chetdan tovar keltirishni qisqartirish va eksport imkoniyatini oshirishdir. Bunda chet el ilg‘or texnikasi va texnologiyasini, marketing va menejmentni, qo‘shimcha moddiy va moliya resurslarini iqtisodiyotning eng zarur tarmoqlariga jalb etishdir. Keyingi bosqich QKning qanday bo'lishligi, faoliyat darajasi, mahsuloti, iqtisodiy ko'rsatkichlari shu jihatdan foydaliligi aniqlanadi. Bunda siyosiy, ekologik jihatlari ham e’tiborga olinadi. Chet ellik sherik tanlashda uning o‘rni, xalqaro imidji, ilg‘orligi, rivojlanganlik darajasi, kafolatlanganligi, tashqi bozordagi o ‘rni aniqlanadi. Sherikning xo'jalik faoliyati har tomonlama tahlil qilinadi va o‘rganib chiqiladi. Tanlangan chet el firmasi mahsulotini raqobatga bardosh berish qobiliyatiga baho beriladi, o'tkazilgan marketing izlanishlari natijalariga asosan QK ning xorijlik qatnashchisi aniqlanadi. Niyatlar haqidagi bayonnoma respublikada va tanlangan chet ellik sherikning ma’lum bir sohada QK tuzishga tayyor ekanligini qayd etib, hamkorlikning asosiy shartlarini belgilaydi. Bo‘lg‘usi QK ni texnik iqtisodiy jihatdan asoslash uni tashkil qilayotgan tomonga yuklatiladi. U chet ellik sherik tomonidan o'rganib chiqilgach, rozi bo'lganligi haqida yoki biror o‘zgartirish kiritish haqidagi taklifi bildiriladi va bir fikrga kelinadi. QK ni texnik jihatdan asoslashda uning samaradorlik darajasini aniqlash asosiy o‘rinni egallaydi.


Download 92,53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish