Tijorat faoliyatini intensifikatsiyalash konsepsiyasi. Ko‘p korxonalar sotish katta hajmda bo'lmagunicha xaridor keraklicha mahsulotini sotib olmasligidan iborat bo‘lgan sotish konsepsiyasiga amal qiladilar. Bu konsepsiya ommaviy sotilishi kutilmaydigan mahsulotlarga oid boiib, masalan, ensiklopediyalar, dafn uchun joylar va hokazolarda qo‘l keladi. Bu biznes mahsulotlarining istiqbolini yaxshi bilish va ularni foydali sotishga xizmat qiladi.
Marketing konsepsiyasi shundan iboratki, tovar bozorini egallash maqsadlariga erishish, maqsadli bozorlarning ehtiyojlari va istaklarini aniqlash va ulami raqobatchilardan ko‘ra samarali qondirishga intilmog'i lozim. Shunisi qiziqki, bu konsepsiya biznesning nisbatan yangi falsafasidir.
Ijtimoiy-axloqiy marketing konsepsiyasi. Marketing menejmentining vazifalari — maqsadli bozorlar uchun taklif yaratishdir. Shunga qaramay, marketing menejerlari uni faqat bozor maqsadlari yolidagina jamlab qolmaydilar. Ularning muvaffaqiyati barcha biznes muhitiga (yetkazib beruvchilar, vositachilar, xaridorlar, raqobatchilar va jamiyatning harakatlariga) ham bog‘liq.
Shuningdek, marketingning sotsiologik konsepsiyasi ham mavjud bo'lib, u shundan iboratki, tashkilot maqsadli bozorlarining ehtiyojlari, istaklari va qiziqishlarini aniqlashi kerak. U xarid va ijtimoiy holatini yaxshilash yo‘li bilan ehtiyojlarni raqobatchilardan ko‘ra samarali qondira olishi lozim. Bu konsepsiya har bir biznesni umumjamiyat, umumbashariyat nuqtayi nazaridan faoliyat yuritishini nazarda tutadi.
1.2.Marketing predmeti va vazifasi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov o‘z nutqlarida:
- «Biznesning barcha tarmoqlarida va turlarida iqtisodiy rivojlanish va o'sishga erishish, uning taraqqiyotiga keng va erkin sharoit yaratish, mamlakat taraqqiyotining eng muhim yo'nalishidir» degan edilar. Biznes marketing fanining predmeti bo`lib bozor iqtisodiyotiga o'tishda biznes marketingida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlar, ulami shakllanish va rivojlanish jarayonlarining nazariy va amaliy masalalari hisoblanadi. U nihoyatda keng qamrovli bo`lib, inson faoliyati, biznesini barcha qirralarini oz ichiga oladi. Ularning barchasi uchun umumiy bo‘lgan shakllanish va rivojlanish qonun va qonuniyatlarini o`rganadi va har birining o`ziga xos va mos xususiyatlariga alohida urg`u beradi. Bu qonuniyatlardan kelib chiqib, biznesning barcha soha, tarmoq va ko'rinishlari marketingini istiqbolini aniqlaydi.
Shunday qilib, «Biznes marketingi» fanining predmeti va asosiy maqsadi biznes tarmoqlari va sohalarida marketingni shakllanish, rivojlanish xususiyatlarini o‘rganish hisoblanadi. Bundan kelib chiqib, biznes tushunchasi va uning ahamiyati, sanoat, qurilish, xizmatlar sohasi, banklar va boshqa tarmoqlarda marketingning shu kungi holati tahlil qilinadi, xususiyatlari va rivojlanish yo'nalishlari aniqlanadi.
«Biznes marketingi» fanining vazifalari quyidagilardan iborat:
— tarmoq soha va faoliyat turlari bozorlarining holatini baholash, o‘zgarish tendensiyalarini tahlil qilishni o‘rgatish;
— tarmoq bozorlaridagi talab va taklifni tadqiq qilishni tashkil etish;
— biznes korxonalari faoliyatini iste’molchilar ehtiyojiga moslashtirish ilmidan saboq berish;
— tarmoq bozorlarida tovarlar raqobatbardoshligini oshirish yo‘lyo‘ riqlari haqida bilim berish;
— tarmoq bozorlari segmentatsiyasi xususiyatlari, sig‘imi va uni to'yintirish usullarini o‘rgatish;
— biznes sohalaridagi marketing strategiyasini ishlab chiqish va boshqalar haqida bilim berish.
«Biznes marketing» kursi talabalarga va bu sohaga qiziquvchilarga quyidagilar haqida tushuncha beradi:
— biznes marketing tushunchasi va uning ahamiyati;
— marketingdan foydalanish va uning biznes sohalaridagi xususiyatlari;
— biznes sohasida marketing usullari va shakllari.
Talabalar bu fandan saboq olgach quyidagilarni bilishi va qo'llay olishi shart:
— tarmoq va soha bozorlarining holatini mustaqil tahlil qilish usullari;
— bozorlaming holatini baholash, tanlash va ularga chiqish usullari;
— biznes marketingini tashkil qilish va boshqarish usullari;
— tarmoq va soha bozorlari segmentatsiyasi tamoyillari;
— bozorlarda tovarlar va xizmatlarni o'tkazishni tashkil qilish;
— bozorlarda reklama faoliyatini amalga oshirishni tashkil qilish.
Talabalar quyidagi ko'nikmalarga ega bo‘lishlari kerak:
— biznes marketingini tashkil qilish sohasida;
— tarmoq bozorlarining holati haqida axborot to'plash, uni qayta ishlash, umumlashtirish va saqlash;
— bozorlardagi tovarlar, raqobatchilar va xizmatlar holatini tahlil qilish;
— tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarishni iste’molchilarning ehtiyojlariga tezkor moslashtirish;
— bozorlarda talab va iste’molchilarning xulq-atvorini shakllantirish;
— biznes marketingini tashkil qilish va boshqarish bo‘yicha xorijiy mamlakatlar ilg‘or tajribalaridan foydalanish.
«Biznes marketingi» kursi «Marketing asoslari», «Marketing faoliyatida bozorni tahlil qilish va istiqbollash», «Xalqaro marketing», «Xalqaro biznes», «Tovarlar va xalqaro standartlar», «Marketingni Boshqarish», «Reklama asoslari», «Xalqaro iqtisodiy aloqalar» va shu kabi boshqa o`quv fanlari bilan uzviy bog`langan.
Quyidagilar kursni o`zlashtirishning muhim shartlari hisoblanadi:
— fanni o`qitishda kompyuter texnikasidan foydalanish;
— marketing ko'rsatkichlarini tahlil qilishda iqtisodiy-matematik usullar va amaliy dasturlar paketi (ADP)dan foydalanish;
— marketing ko`rsatkichlarini tahlil qilishda kompyuter grafikasining instrumental vositalaridan foydalanish.
Prezidentimiz tomonidan ishlab chiqilgan O`zbekistonning bozor iqtisodiyotiga o`tish tamoyillari, xorijiy va mamlakatimiz iqtisodchilarining ilmiy ishlarini chuqur o `rganish, tarmoqlar, korxonalar, alohida firmalar, transmilliy korporatsiyalar, ulaming filiallari va vakil firmalarining marketing faoliyati holati haqida referatlar, mustaqil sharhlar tuzish, shuningdek, kurs ishlari yozish bilan olib borilishi zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |