76
Сентябрь 2020 10-қисм
Тошкент
BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARI NUTQINI IBORALAR BILAN BOYITISH
Xushmamatova Gulbahor,
Navoiy viloyat Nurota tumani
36-umumtalim maktab
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi
Bugungi kunda har bir o‘quvchini adabiy tilda erkin, mustaqil so‘zlasha oladigan qilib
tarbiyalash o‘qituvchilar oldidagi dolzarb masaladir. o‘quvchi so‘z boyligini oshirish undagi
chiroyli nutqni ta‘minlab beruvchi vositalardan biri hisoblanadi. Bu o‘rinda boshlang‘ich sinflarga
urg‘u ko‘proq qaratilishi lozim. Chunki, kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning so‘z boyligi
juda kam bo‘ladi. ona tili va o‘qish darslarida lug‘at ustida ishlash o‘quvchiga so‘z ma‘nosini
yaxshi tushunib olishiga va undan nutqida unumli foydalanishiga asos bo‘la oladi.
ona tili ta‘limi bolalarning tafakkur qilish faoliyatlarini kengaytirish, erkin fikrlay olish,
o‘zgalar fikrini anglash, o‘z fikrlarini og‘zaki va yozma ravishda ravon bayon qila olish, jamiyat
a‘zolari bilan erkin muloqotda bo‘la olish ko‘nikma va malakalarini rivojlantirishga xizmat
qiladi. Bu o‘rinda ona tili ta‘limiga o‘quv fani emas, balki, butun ta‘lim tizimini uyushtiruvchi
ta‘lim jarayoni sifatida qaraladi.
o‘qish mashg‘ulotlarini o‘tkazish jarayonida esa o‘quvchilarda nutq faoliyatining asosiy
ko‘rinishi bo‘lgan ko‘nikmalari, matn va kitob ustida ishlash, o‘quvchilarning bog‘lanishli
nutqini o‘stirish, nutq madaniyatini rivojlantirish nazarda tutiladi.
Yuqoridagilarni inobatga olgan holda boshlang‘ich sinf o‘quvchilari nutqini turg‘un
birikmalar – iboralar bilan boyitish, ular nutqining ta‘sirchan va chiroyli bo‘lishini ta‘minlaydi.
darsliklarda va nutqda uchraydigan iboralar va ularning mazmuni haqida aksariyat o‘quvchilar
to‘liq ma‘lumotga ega emas. Shu sababli ham bugungi kunda so‘zga teng kuchga ega iborlarning
mazmuni, ularning omonimlik, sinonimlik va antonimlik xususiyatlarini, nutqda undan samarali
foydalanishni o‘quvchilar deyarli bilmaydi. vaholanki, iboralar nutqni betakror bo‘lishi uchun
katta ahamiyat kasb etadi.
Biz o‘quvchiga o‘qilgan matn ustida ishlayotganimizda faqat matn mazmuni doirasida
ishlamay, unda qo‘llanilgan badiiy til vositalari va iboralarning mazmuni ustida alohida ishlab,
o‘quvchilarni amaliy ravishda tanishtirib borishimiz kerak. aynan, mana shu metodik ishlar
to‘g‘ri va o‘rinli tashkil etilsagina, u o‘z samarasini beradi.
ona tili va o‘qish darslarida iboralarning mazmuni, iboraga teng bo‘lgan so‘zlar qatori,
nutqda ulardan foydalanishning ahamiyati haqida o‘quvchiga ko‘proq tushuncha berish kerak.
darsning mohiyatidan kelib chiqib frazeologizmlarning kelib chiqish tarixi haqida ham qiziqarli
ma‘lumotlar berish mumkin.
Shu o‘rinda tilshunoslikka oid adaboyotlarda iboraga berilgan ta‘riflarga bir to‘xtalib o‘taylik:
ikki va undan ortiq so‘zdan tarkib topgan, yaxlit bir ko‘chma mano ifodalaydigan, tasirchanlikka
ega bo‘lgan va ma‘nosi bir so‘zga teng keladigan so‘zlar yoki gaplar ibora (frazeologik birlik)
deyiladi:
qo‘y og‘zidan cho‘p olmagan (yuvosh), kapalagi uchib ketdi (cho‘chidi), og‘zing qani
desa qulog‘ini ko‘rsatadi (lapashang) va h.
iboralar gap ichida bitta so‘roqqa javob bo‘ladi va
yaxlit ko‘rinishda bitta gap bo‘lagi bo‘lib keladi. iboralar ko‘proq
Do'stlaringiz bilan baham: