Aprelning 1-haftasi
«Gullayotgan bahor»
Qurilish, loyihalash, matematika markazi. Mozaikadan «Gullayotgan bahor»ni yasash
Maqsad: mozaikadan qurilma yasaladi, tayyor rasm yoki tayyor namunani tomosha qilishadi.
Jihoz va materiallar: mozaika, turli rasm va buyumlar tasvirlangan rasmlar.
Faoliyatning kechishi:
1. “Bahor” rasmini tomosha qilish.
2. “Bu qanday bo‘ladi” didaktik o‘yini.
3. “Rasmni yig‘ish” didaktik o‘yini
4. Mozaikadan loyihalash.
5. Bolalarning ishlarini muhokama qilish va rag‘batlantirish.
Qo‘shimcha ravishda: “Gullayotgan bahor” illyustratsiyasi, “Biz avtobusga ketayapmiz”, “Bolalar bog‘chasi” syujetli-rolli o‘yinlar, “Yil fasllari”, “YAxshi va yomon” didaktik o‘yinlarni tomosha qilish.
Nimaga e’tibor qaratiladi: konstruktiv echimlarni topa bilish, boshlangan ishni oxirigacha etqazish, bolalar ijodini rivojlantirish.
Qurilish, loyihalash, matematika markazi.
«Geometrik figuralar. 5 gacha sanash. Konus».
Maqsad: geometrik figuralarni bilish, geometrik figuralarni atrof-muhitdagi buyumlar shakli bilan taqqoslash ko‘nikmalarini rivojlantirish, 5 gacha sanashadi, raqamlarni buyumlar bilan taqqoslay oladi. Qog‘oz varag‘i joylarini biladi (o‘ngda, chapda, yuqorida, pastda).
Jihoz va materialar: geometrik figurali kartochkalar, 1 dan 5 gacha raqamli kartochkalar, qog‘oz varag‘i.
Faoliyat jarayoni:
1. Mashq qilish
1,2,3,4,5 quyon sayrga chiqdi,
Quyonchamiz chaqqondir
U besh marta sakraydi.
2. “Qo‘lqop” ertagini namoyish qilish. Rasmlarga
3. “Konus” geometrik figuralarni tadqiq qilish va taqqoslash
4. “Gilamchani geometrik figuralar bilan beza”, “Qog‘oz varag‘ini bilish” didaktik o‘yini.
5. “Nimasi borligiga qara” didaktik o‘yini (barmoqlar bilan geometrik figuralar atrofini chizadi).
6. “Figurani yig‘” didaktik o‘yini
Qo‘shimcha ravishda: matematik loto, hisob tayoqchalari bilan ishlash: “Geometrik figurani yasash”, “Birdan o‘ngacha bo‘lgan raqamlarni ifodalovchi rasmlar”
Nimalarga e’tibor qaratiladi: mantiqiy fikrlash, tinglash, ko‘rish qobiliyatini rivojlantirish.
Syujetli-rolli o‘yinlar, dramatizatsiya markazi
“O‘jar echkilar” o‘zbek xalq ertagidan parchani sahnalashtirish.
Maqsad: ertak mazmunini bilishadi, qahramonlarning ijobiy va salbiy jihatlarini belgilay olishadi, akterlik mahoratini namoyish qilishadi.
Jihoz va materiallar: qahramonlar niqoblari, ertakka tegishli ashyolar, rasmlar.
Faoliyat jarayoni:
1. Ertak mazmuni bo‘yicha suhbat.
2. Rollarni taqsimlab, tegishl ashyolarni tanlashadi.
3. Ertak syujetini ifodalaydi.
4. Ertakka oid rasmlar yordamida teatrni namoyish etish.
Qo‘shimcha ravishda: ertakni o‘qish, ertakka illyustratsiyalarni tomosha qilish.
Nimalarga e’tibor qaratish kerak: bir-birlarini tinglash, jamoada ahil bo‘lib o‘ynash ko‘nikmalari, ijodiy qobiliyatlarni namoyish qilish.
Fan va tabiat markazi.
«Gullayotgan daraxtni kuzatish».
Maqsad: bahorgi tabiat go‘zalligidan zavqlana olishadi, daraxt qismlari: tanasi, shoxlari, gullari, kurtaklarini ajrata bilishadi.
Jihoz va materiallar: gullayotgan daraxt chizilgan rasmlar, daraxt shoxi, belkurakchalar, panshaxa, gulchelaklar.
Faoliyat jarayoni:
1. Rasmlarni tomosha qilish.
2. Bolalar bog‘chasi bo‘yicha sayohatni rejalashtirish.
3. Gullayotgan daraxtlarni kuzatish.
4. “Ta’rifiga ko‘ra daraxtni top” didaktik o‘yini.
5. “O‘xshash bargni top” didaktik o‘yini.
Qo‘shimcha ravishda: bahor haqidagi she’rni o‘qish, “Bahor rasmini chiz”, “To‘rtinchisi ortiqcha” (daraxt va gullar).
Nimalarga e’tibor qaratish kerak: bolalarning anglash faoliyatini rivojlantirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |