Bugun, 2 sentabr kuni Filologiya fakulteti tomonidan “Sen qudrat manbayi, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim!” mavzusida ZOOM dasturi orqali mustaqillik darsi tadbiri tashkil qilindi. Dastlab tadbirni ochib berish uchun so`z universitet rektori f-m f.d.B.I.Abdullayevga berildi. B.Abdullayev barcha professor-o`qituvchilar va talabalarni mustaqillik bayrami bilan qizg`in tabrikladi. Qolaversa, universitet tomonidan qo`lga kiritilgan yutuqlar sarhisobi haqida ham to`xtalib o`tdi. Filologiya fakulteti o`zbek tili va adabiyoti kafedrasi professori, f.f.d.S.Ro`zimboyevni “Mehnat shuhrati” ordeni bilan taqdirlanganligi munosabati bilan qutladi. Shundan so`ng prof.S.Ro`zimboyev so`zga chiqib minnatdorchilik bildirdi. Ro`zimboyev barchani tabriklab, juda iliq fikrlar bildirdi. Fakultet miqyosida olib borilayotgan samarali ishlar, yutuqlar to`g`risida gapirib o`tdi. Uchrashuvga tarix kafedrasi o`qituvchisi S.Navro`zov ham tashrif buyurib, mustaqillik-oliy ne'mat ekanligini ta'kidlab o`tdi. U mustaqillikka erishish tarixi haqida qimmatli ma'lumotlar berdi. Bundan tashqari tadbirda O`zbek tilshunosligi kafedrasi mudiri dotsent A.Primov ham o`zining sermazmun fikrlari va tabrigi bilan ishtirok qildi. Uchrashuv nihoyasida talabalar tomonidan mustaqillikka bag`ishlangan chiroyli she’rlarning o`qib berilshi tatbirni yanada shukuhini yuksaltirdi. Mazkur tadbir ko`tarinki ruhda bo`lib o`tdi.
Ассалому алайкум ҳурматли устозлар ва қадрли талабалар. Сизларни Мустақиллик байрамининг 29 йиллиги ва янги ўқув йили билан табриклаймиз. Янги ўқув йилида барчага соғлик-саломатлик ва омад тилаймиз. Янги ўқув йилида янада юксак марраларни забт этишингизни тилаб қоламиз. Мустақиллигимиз 29 йиллигига бағишлаб факультет талабалари ўртасида "Мустақиллик менинг тақдиримда" мавзусидаги иншолар танлови ўтказилди. Бугун байрам муносабати билан шу танлов натижаларини ҳам эълон қилсак. Мустақиллик мавзусидаги бу иншолар жуда юқори, кўтаринки руҳда ёритилган. Ҳакамлар ҳайъати натижаларига кўра ўринлар қуйидагича белгиланди: 1-ўринни 191-гуруҳ ўзбек тили таълим йўналиши талабаси Хидирова Меҳринисо ва 183- гуруҳи она тили ва адабиёти (рус тили ва адабиёти ўзга тилли гуруҳларда) талабаси Тоҳирова Чарос эгаллашди. 2-ўринга эса 191-гуруҳ ўзбек тили таълим йўналиши талабаси Хажибоева Қундузой муносиб топилди. 3-ўринга эса 191-гуруҳ ўзбек тили таълим йўналиши талабаси Рўзибоева Мафтуна сазовор бўлди. Ўрин олган талабаларимизга диплом ва совғалар тайёрланган. Карантин тугагач топширилади. Барча тадбирларда фаол қатнашган талабаларга миннатдорчилик билдирамиз. Ва бундан кейин ҳам янада жонбозлик кўрсатиб жамоат ишларида ва ўқишда фаол бўлишингизни сўраб қоламиз.
Bugun 22 -sentabr kuni Filologiya fakulteti talabalari bilan UrDU psixologi M. Sultonova "Oilaviy hayotga tayyorlash, kasbiy va shaxsiy shakllanish" mavzusida davra suhbati o`tkazdi. Tadbirni fakultet yoshlar bilan ishlash bo`yicha dekan o`rinbosari N.Jumaniyozova olib bordi. Tadbirda psixolog mavzuga oid qimmatli ma'lumotlarni berdi. Tadbir davomida talabalar o`zlarining qiziqitirgan savollari bilan murojaat qilishdi. Oilaviy hayot, nikoh, sevgi, o`zaro munosabatlar haqida qiziqarli fikr-mulohazalar aytib o`tildi. Davra suhbati juda mazmunli o`tdi.
Dedilar: dunyoda asli kim aziz?
Aytdilar: ustozdir, ustoz begumon.
Tag'in aytdilarki, aziz, shubhasiz,
Ustozin qadriga yetolgan inson!
Assalomu alaykum, aziz va muhtaram ustozlar! Barchangizga bugungi ayyom "Ustoz va murabbiylar" kuni qutlug' bo'lsin! Martabangiz hamisha ulug' bo'lsin!
Bugungi bayram munosabati bilan Filologiya fakulteti o'zbek tili yo'nalishi 171-guruh talabalari tomonidan Zoom dasturida bayram tadbiri bo'lib o'tdi. Mazkur tadbirda 171-guruh rahbari dots.B.B.Rahimova boshchligida talabalar ishtirok qilishdi. Tadbir avvalida Yurtboshimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning ustoz va murabbiylarga atalgan bayram tabrigi namoyish qilindi. Qolaversa, talabalar tomonidan tadbir davomida ustozlarni madh etuvchi she'rlar, qo'shiqlar, tabriklar aytildi. Tadbirda jajji bolajonlar ham ishtirok qilishib, o'zlari yod olgan she'r va qo'shiqlarni e'tiborimizga havola qilishdi. Bayram tadbiri ko'tarinki kayfiyatda bo'lib o'tdi.
Факультетимизда cентябр ойида шоир Шавкат Рахмон ижодига бағишланган "Шеърият шоҳсупаси" кўрик-танлови эълон қилинган эди. Қатнашчилар томонидан шоир шеърлари ифодали қилиб ўқилиб видео тарзида каналга жойланди. Куни кеча ушбу танловнинг ғолиблари аниқланди. 1-ўринга 171-гуруҳ ўзбек тили таълим йўналиши талабаси Душамова Нодирабегим сазовор бўлди. 2-ўринни183-гуруҳ ўзбек тили таълим йўналиши талабаси Султанова Ойсулув, 192-гуруҳ ўзбек тили таълим йўналиши талабаси Матяқубова Насиба, 3-ўринни 181-гуруҳ ўзбек тили таълим йўналиши талабаси Хаитбаева Тамара ва 191-гуруҳ ўзбек тили таълим йўналиши талабаси Хажибоева Қундузойлар эгаллашди. Ғолиб талабаларни табриклаймиз. Барчага омад тилаймиз.
Assalomu alaykum. Bugun 191-192-194-guruh talabalari ishtirokida guruh murabbiylari Sh. Norboyeva, H.G'ayipova, Sh. Alimovalar UrDU Yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkilot yetakchisi Inomjon Yusupov bilan Ma'naviyat kuni doirasida "Milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari" mavzusida uchrashuv tashkil qilindi. Uchrashuv munozaralarga boy bo'ldi.
2020- yil 16- oktyabr kuni Filologiya fakultetida “Davlat va jamiyat taraqqiyotida o‘zbek tilining o‘rni” mavzusidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O‘zbek tilshunosligi kafedrasi katta o‘qituvchisi f.f.n. D.Yo‘ldoshev “Ona tilim-faxru g‘ururim” mavzusidagi ma’ruzasi bilan, shu kafedra dotsenti Q.Ollayorov “Ona tili- millatning birligi va birdamligining timsoli” mavzusidagi ma’ruzasi bilan, dotsent Sh.Norboeva esa “Davlat tili to‘g‘risidagi qonunning jamiyat hayotidagi o‘rni” mavzusidagi ma’ruzasi bilan ishtirok qildilar. Bundan tashqari tadbirda Tarix fakulteti Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi kafedrasi katta o‘qituvchisi U.Hadjiev ham ishtirok etib “Ta’lim to‘g‘risidagi qonun haqida” va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning BMT Bosh Assambleyasi 75-sessiyasidagi nutqi haqida ma’ruza qilib berdi. Tadbirda fakultet o‘zbek tili ta’lim yo‘nalishi talabalari faol ishtirok qilishdi. Ular tadbir nihoyasida Ona tiliga bag‘ishlangan she’rlarni ifodali qilib o‘qib berishdi. Tadbir qiziqarli va mazmunli o‘tdi.
#Буюк мутафаккирни ёд этиб...
Ўзбекистон «Миллий тикланиш» демократик партияси Хоразм вилояти кенгаши, Урганч давлат университети профессор-ўқитувчилари ва талабалари, «Ёшлар қаноти» тил посбонлари гуруҳи билан ҳамкорликда Ўзбекистон Республикаси Президентининг «Буюк шоир ва мутафаккир Алишер Навоий таваллудининг 580 йиллигини кенг нишонлаш тўғрисида»ги Қарорининг мазмун моҳиятини кенг жамоатчиликкка етказиш, ёшлар ўртасида тарғибот олиб бориш мақсадида 2020 йил 29 октябрь куни буюк шоир ва мутафаккир Алишер Навоий таваллудининг 580 йиллигига бағишланган «Алишер Навоий – башарият қуёши» мавзусида давра суҳбати бўлиб ўтди. Тадбирни Ўзбекистон «Миллий тикланиш» демократик партияси Хоразм вилоят Кенгаши раиси Р.Рўзметов очиб берди. Шундан сўнг, Филология факультети декани, филология фанлари номзоди, доцент Д.Ғайипов “Ижод аҳлига устоз ва мураббий” мавзусида маъруза қилди. Шунингдек, тадбир давомида Филология факультети профессор-ўқитувчилари ўз маързалари билан чиқиш қилиб, улуғ шоир ўзининг шеърий ва насрий асарларида юксак умуминсоний ғояларни, она тилимизнинг беқиёс сўз бойлиги ва чексиз ифода имкониятларини бутун жозибаси ва латофати билан намоён этиб, ер юзидаги миллионлаб китобхонлар қалбидан муносиб ва мустаҳкам ўрин эгаллаганини эътироф этдилар.
Тадбир фикр-мулоҳазаларга, таклифлар ва қизғин савол-жавобларга бой бўлди.
@URDU_PRESSA
Bugun 16-oktabr sanasida Shimoliy-g'arbiy harbiy okrug 53008 harbiy qismda Davlat tili tashkil topganligining 31 yilligi munosabati bilan "Til-millat ko'zgusi" nomli adabiy-badiiy kecha o'tkazildi. Ushbu tadbirda Filologiya fakulteti o'zbek tili ta'lim yo'nalishi 192- guruh talabalari: Bobojonov Rahmatjon, Saparboyeva Quvonchoy, Ro'zmetova Nafisa, Botirova Asal, Matyoqubova Nasibalar faol ishtirok etdi. Tadbir so'ngida qatnashuvchilar Tashakkurnoma va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar. Tadbir ko'tarinki kayfiyatda, soz va so'z hamohangligida olib borildi.
Факультетимизда cентябр ойида шоир Шавкат Рахмон ижодига бағишланган "Шеърият шоҳсупаси" кўрик-танлови эълон қилинган эди. Қатнашчилар томонидан шоир шеърлари ифодали қилиб ўқилиб видео тарзида каналга жойланди. Куни кеча ушбу танловнинг ғолиблари аниқланди. 1-ўринга 171-гуруҳ ўзбек тили таълим йўналиши талабаси Душамова Нодирабегим сазовор бўлди. 2-ўринни183-гуруҳ ўзбек тили таълим йўналиши талабаси Султанова Ойсулув, 192-гуруҳ ўзбек тили таълим йўналиши талабаси Матяқубова Насиба, 3-ўринни 181-гуруҳ ўзбек тили таълим йўналиши талабаси Хаитбаева Тамара ва 191-гуруҳ ўзбек тили таълим йўналиши талабаси Хажибоева Қундузойлар эгаллашди. Ғолиб талабаларни табриклаймиз. Барчага омад тилаймиз.
Assalomu alaykum. Bugun 191-192-194-guruh talabalari ishtirokida guruh murabbiylari Sh. Norboyeva, H.G'ayipova, Sh. Alimovalar UrDU Yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkilot yetakchisi Inomjon Yusupov bilan Ma'naviyat kuni doirasida "Milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari" mavzusida uchrashuv tashkil qilindi. Uchrashuv munozaralarga boy bo'ldi.
2020- yil 16- oktyabr kuni Filologiya fakultetida “Davlat va jamiyat taraqqiyotida o‘zbek tilining o‘rni” mavzusidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O‘zbek tilshunosligi kafedrasi katta o‘qituvchisi f.f.n. D.Yo‘ldoshev “Ona tilim-faxru g‘ururim” mavzusidagi ma’ruzasi bilan, shu kafedra dotsenti Q.Ollayorov “Ona tili- millatning birligi va birdamligining timsoli” mavzusidagi ma’ruzasi bilan, dotsent Sh.Norboeva esa “Davlat tili to‘g‘risidagi qonunning jamiyat hayotidagi o‘rni” mavzusidagi ma’ruzasi bilan ishtirok qildilar. Bundan tashqari tadbirda Tarix fakulteti Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi kafedrasi katta o‘qituvchisi U.Hadjiev ham ishtirok etib “Ta’lim to‘g‘risidagi qonun haqida” va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning BMT Bosh Assambleyasi 75-sessiyasidagi nutqi haqida ma’ruza qilib berdi. Tadbirda fakultet o‘zbek tili ta’lim yo‘nalishi talabalari faol ishtirok qilishdi. Ular tadbir nihoyasida Ona tiliga bag‘ishlangan she’rlarni ifodali qilib o‘qib berishdi. Tadbir qiziqarli va mazmunli o‘tdi.
2020-yil 18-noyabr kuni Urganch davlat universiteti Filologiya fakulteti 1- bosqich O‘zbek tili ta‘lim yo`nalishi talabalari ishtirokida O`zbekiston Respublikasi Davlat bayrog`i qabul qilinganligining 29 yilligi munosabati bilan “Davlat bayrog`i- Vatan timsoli” mavzusida adabiy-badiiy tadbir bo`lib o`tdi. Tadbirda Filologiya fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo`yicha dekan movini, dotsent N.Jumaniyozova so`zga chiqib Davlat bayrog`i haqida atroflicha ma’lumot berib o`tdi. Davlat ramzlari har bir xalqning mustaqilligi, ozodligi, tinchligi va barqarorligi timsoli hisoblanadi. Bayrog‘imiz, g‘urur va faxrimiz timsolidir. Vatanimizning beqiyos ramzidir. U bizni ulug‘ maqsadlar tomon boshlovchi buyuk mash’aladir. Davlat bayrog‘i bugungi O‘zbekiston hududida qadimda mavjud bo‘lgan davlatlar bilan tarixan bog‘liqligini anglatadi hamda respublikaning milliy-madaniy an’analarini o‘zida mujassamlashtiradi. Tadbirda talabalar faol ishtirok qildilar, bayrog`imizni va Vatanni madh qiluvchi she’rlaridan o`qib berdilar. Tadbir ko`tarinki ruhda mazmunli o`tdi
Bugun (19.11.2020) shoir, xattot, musiqashunos, tarjimon va davlat arbobi Komil Xorazmiy tavalludining 195 yilligiga bag'ishlangan "Komil Xorazmiy ijodiy merosining o'zbek adabiyoti taraqqiyotining o'rni" mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani bo'lib o'tdi. Anjumanda Respublikamizning ko'plab oliy dargohlari prof-o'qituvchilari ishtirok qildilar. Anjuman yalpi majlisini Filologiya fakulteti dekani,f.f.n.,dotsent D.Q.G'ayipov boshqarib bordi. Anjumanda UrDU professori, f.f.d.S.Ro'zimboyev, O'zMU dotsenti,f.f.n. J.Mahmudov, UrDU dotsenti,f.f.d. A.O'rozboyev, UrDU dotsenti, f.f.d. S.Sariyev, NamDU dotsenti, f.f.n. O.Karimov, UrDU dotsenti,f.f.n. D.G'ayipov, UrDU dotsenti, f.f.n. I.Ismoilov, UrDU katta o'qituvchisi R.Boltayevlar shoir ijodi va faoliyati bo'yicha ma'ruzalar qildilar. Tadbirda Komil Xorazmizning chevarasi Maryamjon Matkarimova ham ishtirok etib, shoirga ko'rsatilayotgan ehtirom uchun tashakkur bildirdi.
Anjuman ishi 14.00 dan boshlab uchta sho'bada Filologiya fakulteti binosida davom etadi.
19.11.2020. Qo'shko'pir tumani, O'zbekyop qishlog'i, "Vahmchi" va "Qorovul" mahallasidagi tadbirdan lavhalar.
Ma'ruzachi: Sh.Alimova
Boshlovchi: M.Ro'zmetova
2020-yil 20 -noyabr kuni UrDU madaniyat saroyida Filologiya fakulteti jamoasi va talabalari bilan birgalikda "Yangi O'zbekiston– yangicha dunyoqarash" shiori ostida ma'naviy-ma'rifiy targ'ibot dasturi bo'lib o'tdi. Tadbirda O‘zbek tilshunosligi kafedrasi o‘qituvchisi U.Rajabova "Yangi O'zbekiston –yangicha dunyoqarash" mavzusida ma’ruza qildi. Tadbir davomida fakultet talabalari tomonidan Vatanni madh etuvchi she’rlar ifodali qilib o‘qib berildi. Fakultetning ijodkor talabalari o‘z ijodi haqida gapirdilar va ijod namunalaridan o‘qib berishdi. Fakultet talabalari tomonidan tashkil qilingan “Shiddat” talabalar teatr studiyasi ijrosida bugungi kun muammolarini yorituvchi sahna ko‘rinishi namoyish qilindi. Yosh havaskor talabalar tomonidan tanburda musiqa chalindi. Sho‘x kuy va qo‘shiqlar barchani mamnun qildi.Tadbir davomida go‘zal diyorimizning farovonligi va taraqqiyotini o‘zida aks ettiruvchi videoroliklar ham namoyish qilindi. Tadbir juda mazmunli va ko‘tarinki ruhda o‘tdi.
Факультетимизда 18 ноябрь -Ўзбекистон Республикаси Давлат байроғи қабул қилинган кунига бағишлаб иншолар танлови ўтказилди. Давлатимиз рамзларига бўлган чуқур эҳтиром ва ватанпарварлик туйғусини янада камол топтириш мақсадида эълон қилинган ушбу иншолар танловида 1-ўринни 204-гуруҳ ўзбек тили таълим йўналиши талабаси Турсунбоева Озода: 2-ўринни 204-гуруҳ ўзбек тили таълим йўналиши талабаси Жумабоева Раҳима: 3-ўринни 201-гуруҳ ўзбек тили таълим йўналиши талабаси Мўминова Муҳтарама эгаллади. Ғолиб талабаларни табриклаймиз ва уларга кейинги ўқиш ва изланишларида муваффақиятлар тилаб қоламиз.
Assalomu alaykum hurmali ustozlar va aziz talabalar. Noyabr oyi uchun e’lon qilingan “She’riyat shohsupasi” ko‘rik-tanlovining navbatdagi g‘oliblari aniqlandi. 1-o‘ringa 181-guruh o‘zbek tili ta’lim yo‘nalishi talabasi Saporboyeva Madina, 2-o‘ringa 191-guruh o‘zbek tili ta’lim yo‘nalishi talabasi Sapormatova Nodira, 3-o‘ringa 193-guruh o‘zbek tili ta’lim yo‘nalishi talabasi Matyokubova Shahnozalar sazovor bo‘lishdi. G‘olib bo‘lgan talabalarimizni tabriklaymiz. Ularga faxriy yorliqlari va esdalik sovg‘alari topshiriladi. Keyingi faoliyatlarida ham hamisha g‘oliblikni qo‘lga kiritishlarini tilab qolamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |