Jumaniyozova Muhabbat
UrDU dotsenti f.n.n.
Ollayorova Barno Mansur qizi
Ta’lim va Tarbiya nazariyasi va metodikasi(boshlang‘ich ta’lim)
1-bosqich magistri
Ilxomova Bibinur
Ta’lim va Tarbiya nazariyasi va metodikasi(boshlang‘ich ta’lim)
1-bosqich magistri
BOSHLANG‘ICH SINFLARDA ONA TILI VA O’QISH SAVODXONLIGI FANINI IJODIY TASHKIL ETISHDA O‘QUVCHILARNING NUTQINI O‘STIRISH YO‘LLARI.
Annatatsiya.Mazkur maqolada boshlang‘ich sinflar yangi darsligi “Ona tili va o‘qish savodxonligi”fanining o‘quvchilar nutqini o‘stirish,rivojlantirish, o‘quvchilarning lug‘at boyliklarini o‘stirish,o‘quvchilar nutqidagi sheva elementlarini nofaol lug‘atga o‘tkazish va adabiy til me’yorlariga rioya qilgan holda nutqini o‘stirish yo‘llari ,usullari va yangi metodlari haqida.
Kalit so‘zlar: nutq, nutq o‘stirish, bog‘lanishli nutq,integratsiya,ta’limni ijidiy tashkil etish,bilim, ko‘nikma,malaka,tafakkur,metod, sinonimlardan foydalanish,kreativ fikrlash,shevaga oid so’zlar, jargon, “Gapirishni o‘rganamiz” metodi.
Nutq-kishilar faoliyatining turi ,til voditalari(so‘z,so‘z birikmasi, gap)asosida tafakkurni ishga solishdir.Nutqo‘zaro aloqa va xabar ,o‘zfikrini his-hayajon bilan ifodalash va boshqalarga ta’sir etish vazifasini bajaradi. Yaxshi rivojlangan nutq jamiyatda kishi faoliyatining muhim vositalaridan biri sifatida xizmat qiladi.O‘quvchi uchun esa nutq maktabda muvaffaqiyatli ta’lim olish qurolidir.
Nutq o’stirish butilni har tomonlama faol amaliy o’zlashtirish tushuniladi.O‘quvchilar nutqini o‘stirish deganda o‘quvchilar tilining talaffuzi,lug‘ati,sintaktik qurilishi va bog‘lanishli nutqni faol egallashlariga yordam beradigan metod va usullarni qo‘llash tushuniladi.Nutq o‘stirishning metofik sharti nutqiy faoliyatning tizimini yaratish ya’ni birinchidan yaxshinutq namunasini idrok etish ,ikkinchidan o‘rgangan til vositalaridan foydalanib o‘z fikrini bayon etish uchun sharoit yaratish hisoblanadi.
Bola tilni nutqiy faoliyat jarayonida o‘zlashtiradi. Buning o‘zi yetarli emas,chunki u nutqni yuzaki o‘zlashtiradi. Nutqni egallshning qator aspektlari mavjud.Bular:
1.adabiy til me’yorlarini o‘zlashtirish.Maktab o‘quvchilari adabiy til soda so‘zlashuv tilidan , sheva va jargonlardan farqlashga o‘rgatiladi,adabiy tilning badiiy , ilmiy,so‘zlashuv variantlari bilan tanishtiriladi.
2.Jamiyatimizning har bir a’zosi uchun zarur bo‘lgan muhim nutq malakalarini ya’ni o‘qish ya’ni o‘qish va yozish malakalarini o‘lashtirish .Bu bilan o‘quvchilar yozma nutqining xususiyatlarini uning og‘zaki so‘zlashuv nutqidan farqini bilib oladi.Bu vazifalarni bajarish uchun o‘qituvchi o‘quvchilar bilan rejali ish olib borishi lozim.
Nutq o‘stirishda uch yo‘nalish aniq ajratiladi
1)so‘z ustida ishlash;
2)so‘ birikmasi va gap ustida ishlash;
3)bog‘lanishli nutq ustida ishlash.
Maktabda o‘quvchilar nutqini o‘stirishda ona tili o‘qitishningasosiy vazifasi deb qaraladi.Nutq o‘stirish faqat ona tili va o‘qish darslaridagina emas balki o‘quv rejasidagi barcha fanlar ning shuningdek sinfdan tashqari o‘tkaziladigan tadbirlarning ham vazifasidir.
Avvalgi darslikda ona tili va o‘qish fanlari alohida –alihida fan sifatida o‘qitilar edi.hozirgi yangi darslikda bu fanlar birlshtirilgan ya’ni integratsiyalashgan. An’anaviy o‘qitishda o‘qituvchi dars jarayonida faol ishtirokchi bo‘lib, o‘quvchilar o‘qituvchi rahbarligida dars jarayonida obyekt sifatida o’qituvchi subyekt sifatida qatnashardi.
Ta’limni ijodiy tashkil etishda- ta’limda o‘quvchi maqomini o‘zgartirish, uni ta’lim jarayoni subyektiga aylantirish:
- meyoriy ta’limlar doirasidan chiqib ta’limni o‘tkazish bolalar faoliyatini bilim ko‘nikma,,malaka, ijodiy faoliyat tajribasi, munosabatlar kompleksiga yo‘naltirish;
- o‘ziga xos maqsad ,vosita ,natija motivlarini ko‘zlab ta’limni tashkil etish;
- ta’limni tafakkurga mo‘ljallab o‘tkazish;
-bolalar o‘zlashtirishini istiqbolli, kelajakda bilimdon fuqaro bo‘lib yetishtirish demakdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |