Bog'liq Sen qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O\'zbekistonim.
Sen qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O'zbekistonim.
Mening ona shahrim bo’lmish jonajon, mustaqil O’zbekiston va uning maftunkor qadriyatlari, tarixiy obidalari va u erishgan yutuqlari, mustaqillikdan keyingi bunyodkorliklar, yoshlarimizga berilgan imkoniyatlar, davlatimiz rahbari tomonidan qilingan islohotlar va tarixiy xotiralarimizga bo’lgan ehtirom hamda milliy iftixorimiz bo’lmish vatanparvarlik tuyg’usini yoshlar ongida rivojlantirishni o’zida mujassam etadi.
Biz uchun mustaqillik - Ollohning o‘zi el-yurtimizga inom etgan tabiiy boyliklarga egalik qilish, xalqimiz qudrati, salohiyati, aqlu zakovatiga tayanib, O‘zbekistonda yashayotgan har bir inson, har bir oila uchun munosib hayot qurish, kelajak avlodlar uchun ozod va obod vatan qoldirishdir. Bu yo’lda ushbu maqola kerakli manba bo’lib xizmat qiladi.
Kalit so’zlar: Vatan, mustaqillik, ona yurt, muqaddas, quyoshli o’lka, xotira, o’tmish va kelajak, bunyodkor yoshlar, tarixiy obidalar, ona vatan, ijobiy o‘zgarishlar, islohotlar, sharoitm, raqobatbardosh.
Mustaqillik yillarida, ayniqsa keyingi ikki yil ichida yurtimiz hayotida yuz berayotgan ijobiy o‘zgarishlar va islohotlarning ko‘lami shu qadar keng quloch yozdiki, uni ta’riflashga so‘z ojiz. Eng asosiysi xalqimizning turmush sharoitlarini yaxshilash, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash hamda jahon bozorlarida munosib o‘rin egallaydigan raqobatbardosh mahsulotlarni yetishtirishning ilg‘or tizimlari yaratildi.
Respublikamizning barcha sohalari qatori standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohasida ham bosqichma-bosqich islohotlar amalga oshirilmoqda.
Buning natijasida yurtimizda xalqaro standartlarni qabul qilish,ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning eksportbob va raqobatbardoshligi ham ta’minlanishga erishilmoqda. Shuning bilan bir qatorda respublikamizda yagona o‘lchovlar birligini ta’minlash va bu sohada dunyoning rivojlangan metrologik tashkilotlari bilan do‘stona munosabatlar yo‘lga qo‘yilmoqda.
Albatta bularning barchasi sohada mehnat qilayotgan xodimlarning malaka hamda mahoratlari bilan bevosita bog‘liq.
Bugungi kunda yurtimizda tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash, inson huquqlari, erkinliklari va manfaatlarini ta`minlash, Vatanimizni har tomonlama taraqqiy ettirish, uning xalqaro maydondagi obro`-e`tiborini yuksaltirish borasida keng ko`lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. O`tgan qisqa davr mobaynida O`zbekiston dunyo hamjamiyatiga mustaqil davlat sifatida namoyon bo`ldi. Mustaqillik xalqning o`zligi, erkinligi demakdir.
Darhaqiqat, mustaqillik - bugun biz erishgan yuksak marralarga qanot bo`lgan kuch. Bugun yurtimizning har bir go`shasida bo`y ko`rsatib turgan ozod va obod Vatan manzaralari, avvalo, istiqlol sharofatidandir. Shu bois xalqimiz har yili eng ulug` va eng aziz bayramimizni o`zgacha shukuh, ko`tarinki kayfiyat bilan kutib oladi.
Vatan har bir inson tug’ulib o’sgan shahar va mamlakatini ona yurtim deya tilga oladi. Har kim tug’ilgan, o’sgan yerini jonidan ortiq ko’rib, tuprog’ini ko’ziga surtadi. Mening jonajon quyoshli o’lkam O’zbekiston onamdek aziz, otamdek muqaddasdir. Quyoshli O’zbekiston bugun o’zining mehmondo’stligi va o’zining muqaddas qadamjolari, qadimiy urf-odatlari shuningdek tarixiy obidalari bilan dunyoda ajralib turadi. Jonajon O’zbekistonga bo’lgan muhabbatimiz, bizni iliq mehri ila siylagan go’sha va qalbimizda tub-tubidagi olovli yurakdir. Undagi kecha kunimiz, bugunimiz va ertamiz mujassamdir. Mening yurtim-mening faxrim. Yurtimning har bir go’shasida mustaqillik nashidasi urf urib, istiqlol nafasi shamoldek hilpirab turgan betakror diyorim bugun bayramlar og’ushida.
Jannatmakon O’zbekistonimiz 28 yoshni qarshiladi. Mana shu kunga qadar shaharu qishloqlar obod etilib, mustaqillik nashidasi butun elga sabosi yeldi. Shuning uchun bu yorug’ dunyodagi eng buyuk boyligimiz mana shu yurt, mana shu vatandir. Davlatimiz rahbari boshchiligida, xalqimiz ulkan bunyodkorlik ishlarini amalga oshirmoqda. O’zbekistonga bir bor tashrif buyurgan inson, hech shubhasiz uni sevib qoladi, tandirdan endigina uzilgan issiq nonlariga maftun bo’lib yana tashrif buyurishni ko’ngliga tugib qoyadi. Ajdodlarimiz xoki, momolarimiz allasi bugungi kunimiz istiqbosidir. O’zbekiston dunyodagi eng qadimiy va betakror o’lkalardan biri xisoblanadi. Sharq gavharlari bo’lmish Samarqand, Buxoro, Xiva shaharlari o’zining sharq durdonalari bilan bu yurtning ko’rkiga ko’rk bag’ishlaydi.
“Tarixiy xotira va inson omili buyuk kelajagimizning garovidir”. Birinchi prezidentimiz I.A.Karimov aytganlaridek tarix bu kelajak poydevori va u ko’pgina qiyinchiliklar va sinovlar ostida quriladi. Tarixiy xotira - bu nafaqat urushlar ostida jon bergan bobolarimizni eslash, balki bugungi tinch va osoyishta hayot, musaffo osmon uchun jon fido etgan buyuk bobokalonlarimiz ruxi shod etilib mustaqillik arafasida ularga qoyilgan ayblovlar olib tashlandi.
Mustaqillik yillarida har bir vatandoshimizning orzu umidlarini o’zgartirib yubordi. Biz o’z milliyligimiz, insoniyligimiz, qadriyatlarimiz vaholanki o’z mafkuramizga ega bo’ldik, bu esa eng katta yutuqlarimizdan biri bo’lib hisoblanadi. Xalqimizning ko’zlaridagi quvonch qayta barq urdi va butun jahon taraqqiyotiga o’z hissasini qo’shgan buyuk navqiron ajdodlarimiz xotirasi tiklalanib, ko’pgina tarixiy obidalar qayta rekonstruksiya qilindi.
Davlatimiz rahbari tomonidan olib borayotgan ko’pgina islohotlar siyosati va xalqimizning fidokorona mehnati tufayli O’zbekiston mustaqillik yillarida ulkan natijalarga erishib, gullab yashnamoqda. Yurtimiz o’zining 28 yoshini qarshi olgan bo’lsada, ana shu qisqa muddatda yangi muvaffaqiyatlarni, yuksak marralarni zabt etayotdir.
Darhaqiqat, O’zbekiston shu qatorda o’zining barqarorlik va osoyishtalikni ko’z qorachig’idek asrab-avaylab, yuqori ijobiy, iqtisodiy o’sish sur’atlariga erishibgina qolmay ta’lim va tibbiyotni ravnaq toptirish hamda qishloq maktablarni yanada obod qilishga katta miqdorda investitsiya kiritilmoqda. Bor-yo‘g‘i bir yil ichida nafaqat oliy o‘quv yurtlarining binolari qurildi, o‘nlab eski binolar ta’mirdan chiqarildi, balki xorijlik hamkorlar bilan birgalikda yangi institutlar va fakultetlar tashkil etildi, o‘quv markazlari ochildi. Bu maskanlarda bilimga chanqoq yigit-qizlar turli sohalar bo‘yicha xalqaro standartlar darajasidagi yuqori malakali mutaxassislar bo‘lib yetishadilar. Bunday imkoniyatlardan foydalanayotgan avlodning nafaqat chuqur bilimga ega bo‘lishi, balki yuksak ma’naviy salohiyat sohiblari sifatida kamol topishiga shubha yo‘q. Bunga misol qilib, o’zim ta’lim olgan Buxoro viloyati Peshko’ tumani 16-sonli o’rta maxsus maktabni misol qilib keltirish mumkin. Mustaqillikimizning 28 yillik to’yona bayramda bu maktab qayta tamirlanib 1-sentyabr kuni o’quvchilarga bayram tuxfasi sifatida inom etildi. Maktab o’zining shinam, yangi zamonaviylashtirilgan o’quv xonalari bilan boshqa maktablardan ajralib turadi. Erta tongda o’quvchilar maktab tomon yo’l olishar ekan, ko’zlaridagi quvonch va shijoatdan inson benixoyat xursand bo’lib ketadi. Men endi yangi maktabda o’qiyman degan o’quvchilarning so’zlari siz-u meni yana bir bor shunday go’zal yurtda yashayotganimizga shukronalik iftixorini bag’sh etadi.
Biz mana shu yorug‘ kunlar uchun kurashib, jon fido etgan ota-bobolarimizning haqqi-hurmati, 33 millionlik xalqimizning haqqi-hurmati, bizga umid va ishonch ko‘zi bilan boqib turgan bolalarimiz, nabiralarimizning haqqi-hurmati – mustaqillik va istiqlol yo‘lidan hech qachon qaytmaymiz!
O‘z maqsadlarimizga albatta yetamiz – kelajagi buyuk O‘zbekistonni barchamiz birgalikda barpo etamiz!”,-deb aytgan Prezident Shavkat Mirziyoyev. Bu so’zlar har bir unib-o’sib kelayotgan yoshning vatanga bo’lgan mehr muxabatini yanda mustahkamlab ularni jonajon O’zbekistonga munosib farzand qilib ulg’aytiradi. Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev tomonidan hozirda yoshlar uchun ko’pkina yangi salohiyatlar eshigi ochilmoqda. Shuningdek, davlat rahbarimiz boshchiligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida yoshlarimizga bo‘lgan e'tiborni yanada kuchaytirish, ularni madaniyat, san'at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, yoshlarda axborot texnologiyalaridan foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish, yurtimiz yoshlari o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish, xotin-qizlar bandligini oshirish masalalariga urg‘u berildi. Turli ziddiyatlar kuchayib borayotgan bugungi dunyo manzaralarida yoshlarimizning ma'naviy immunitetini kuchaytirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish har qachongidan ham dolzarbroq ekanini zamonning o‘zi ko‘rsatib turibdi. Shu bois prezident tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus muhim ahamiyat kasb etadi. Ma'lumki, davlat rahbari ijtimoiy, ma'naviy-ma'rifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo‘lga qo‘yish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbusni ilgari surish va buni ommaga keng targ’ibot qilish yoshlar orasida keng rivojlanmoqda. Ma’lumki, istiqlol yurtimizga har sohada yuksalish imkonini berdi. Xususan, 2019 yil 3 mayda O‘zbekiston Respulikasi Prezidentining PQ-4307-sonli “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samardorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Ushbu qaror bilan mamlakatimizda ma’naviy-ma’rifiy ishlar ta’sirchanligini oshirish, ma’naviyat sohasidagi ichki va tashqi tahdid hamda xavf-xatarlarga qarshi samarali kurashish, jamiyatda mafkuraviy immunitetni mustahkamlash, davlat va jamoat tashkilotlarining bu boradagi faoliyatiga ko‘maklashish kabi yo‘nalishlar belgilab olindi. Vatanimiz tarixida barcha moddiy madaniy boyliklarning bunyodkori, taraqiyotning yetakchi kuchi bo’lmish har bir fuqaroga alohida e’tibor qaratilgan!
Bundan yigirma to’qqiz yil oldin Birinchi Prezidentimiz, muhtaram Islom Abdugʻaniyevich Karimov xalqimiz va jahon hamjamiyatiga Oʻzbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini eʼlon qildi. Oʻtgan qisqa davrda jonajon Oʻzbekistonimiz mashaqqatli, shu bilan birga, sharafli istiqlol yoʻlini bosib oʻtdi. Bugun bir haqiqatni katta gʻurur va iftixor bilan aytishga toʻla asosimiz bor: Mard va matonatli xalqimiz qanchalik qiyin va ogʻir sinovlarga duch kelmasin, oʻzining mustahkam irodasini namoyon etib, oʻzi tanlab olgan mustaqillik yoʻliga doimo sodiq boʻlib kelmoqda.
Bugun Oʻzbekiston oʻz taraqqiyotining yangi bosqichiga dadil qadam qoʻymoqda. Mamlakatimizni modernizatsiya qilish, inson huquq va erkinliklarini, qonun ustuvorligini taʼminlash asosida Oʻzbekistonning yangi, demokratik qiyofasi yaratilmoqda. Bu borada Harakatlar strategiyasida belgilab berilgan “Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari”degan ustuvor gʻoya biz uchun dasturli amal boʻlib xizmat qilmoqda. Milliy yuksalish deganda, biz mamlakatimiz taraqqiyoti, xalqimizning hayot darajasi va turmush sifatini har tomonlama yuqori bosqichga koʻtarishni tushunamiz. Davlatimiz, el-yurtimizning salohiyati va kuch-qudratiga tayanib, tabiiy boyliklarimizdan oqilona foydalanib, biz oʻz oldimizga qoʻygan ana shunday maqsadlar sari izchil qadam qoʻymoqdamiz.
Bugungi kunda O‘zbekiston to‘la huquqli asosda eng obro‘li va nufuzli xalqaro tashkilotlar tarkibiga kirgan bo‘lib, barcha qit’alardagi yuzlab mamlakatlar bilan do‘stona aloqalarni rivojlantirib bormoqda. Eng yirik bank va moliya organlari, nodavlat va nohukumat tashkilotlari bilan yaqindan hamkorlik qilmoqda. Respublikada 90 tadan ortiq chet el vakolatxonalari ro‘yxatdan o‘tgan. Shulardan, 24 ta hukumatlararo tashkilot va 13 ta nohukumat tashkilot ishlab turibdi. Mustaqillik yillarida hukumatimiz ko‘plab muhim xalqaro konvensiyalarga qo‘shildi.
Mustaqillik yillarida davlatimizning tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishdagi tamoyillari ishlab chiqildi. Ular quyidagilar:
birinchidan, o‘zaro manfaaatlarni har tomonlama hisobga olgan holda, davlat milliy manfaatlarining ustunligi;
ikkinchidan, teng huquqlik va o‘zaro manfaatdorlik, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik;
uchinchidan, mafkuraviy qarashlardan qati nazar, hamkorlik uchun ochiqlik, umuminsoniy qadriyatlarga, tinchlik va xavfsizlikni saqlashga sodiqlik;
to‘rtinchidan, xalqaro huquq normalarining davlat ichki normalardan ustunligi;
beshinchidan, tashqi aloqalarni ham ichki tomonlama ham ko‘p tomonlama kelishuvlar asosida rivojlantirish.
Respublikamizda istiqlol sharofati bilan talim, fan-texnika sohasida tub islohotlar amalga oshirilmoqda. Chunki jamiyatning aqliy va ma’naviy salohiyatini oshirishda ta’lim, fan va texnologiyalarni rivojlantirish islohotlar strategiyasining ustuvor yo‘nalishlaridan biri. Mazkur ustuvor yo‘nalishning ahamiyati jamiyatni yangilashdan iborat butun jarayonni boshqa yo‘nalishlariga singib ketadi.
Bu yorug’ olamda inson uchun yaratilgan ne’matlar bisyor. Ammo bizning tinchligimiz, xotirjamligimiz va istiqlolimizdek aziz ne’mat, noyob boylik yo’q. Xalqimizning uzoq yillik mexnati qaramlikdan keyingi erishgan yutuqlari bunga yorqin misoldir. Mustaqillik yillarida ko’hna tariximiz, boy me’rosimiz, milliy davlatchiligimiz, tilimiz, muqqaddas dinimiz, urf-odatlarimiz qayta tiklandi.
Istiqlol tufayli o’zligimizni angladik, ozod xalq, mustaqil davlat sifatida O’zbekistonning bo’y bastini, ulkan salohiyatini butun dunyoga taranum eta oldik. Ozdodlik bois bizni butun dunyo tan oldi, o’rta osiyo sharq gavhari deya tan olingan O’zbekiston bugun jahon arenalarida o’zining milliy bayrog’i bilan zavq ila yayrab turibdi. Yoshlarimizga berilgan ulkan imkoniyatlar ularning g’ayrati, armu-shijoati ila vatanimizning shon shuhrati olam uzra yanada kengroq yoyilmoqda. Hurriyat bergan beqiyos imkoniyatlar negizida jonajon O’zbekistonimiz mangu kelajagini bunyod etmoqda.
Mustaqillik nafaqat jamiyat va davlat hayotining asosiy mezoni, balki har bir inson, fuqaro umrining mazmunini ham belgilaydi. Ana shu ma’noda u nafaqat imkoniyat, balki yuksak masuliyatdir. Vatanimizda adolat, insof, dinu-diyonat, mehru-oqibatni qaror toptirishdir. Biz uchun mustaqillik tomonidan yaratilgan el-urtimizga inom etgan tabiiy boyliklarga egalik qilish, xalqimiz qudrati, salohiyati, aqli zakovatiga tayanib, O‘zbekistonda yashayotgan har bir inson, har bir oila uchun munosib hayot kechirish, kelajak avlodlar uchun ozod va obod Vatan qoldirish. Haqiqatdan ham, chunki istiqlol tufayli millatimiz, mamlakatimizning jahonda obro‘-e’tibori ortdi. Biz jahon hamjamiyatining teng huquqli a’zosimiz. Mustaqillik tufayli O‘zbekistonni dunyoning 170 dan ortiq mamlakat tan oldi, 125 dan ortiq mamlakatlar bilan rasmiy diplomatik munosabatlarini o‘rnatdik. Toshkentda 35 mamlakat o‘z elchixonasini ochdi. Bugun bu aytilayotgan har bir erishilayotgan yutuqlarimiz, bizning “Jonajon O’zbekiston mangu bo’l obod” shioriga da’vat etadi va biz shunday yurt farzandlari ekanimizdan farxlansak arziydi.
Foydalanilgan adabiyotlar royhati:
1. Sh.Mirziyoyev. Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko‘taramiz. – T: “O‘zbekiston” 2017
2. Sh.Mirziyoyev. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. – T: “ O‘zbekiston” 2018.
3. I.A. Karimov. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – T: “Ma’naviyat” 2008
4. I.A. Karimov. O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. – T : “O‘zbekiston” 1997
5. I.A. Karimov. Ona yurtimiz baxtu-iqboli va buyuk kelajagi yo‘lida xizmat qilish eng oliy saodatdir. – T : “ O‘zbekiston”, 2015.
Internet havolalar:
1. https://www.standart.uz/news/view?id=1617
2. https://darakchi.uz/oz/73696