O‘yin faoliyatida sardorning ahamiyati. Voleybol o‘yinida barcha sport o‘yinlari turlaridagidek murabbiy o‘z shogirdlari bilan faqat o‘yin oldidan, partiyalar orasida, tanaffus vaqtida qisqa muddatli muloqotda bo‘lishlari mumkin. Masalaning mazkur tartibda amalga oshirilishi musobaqa qoidasi bilan belgilangan. Shuning uchun o‘yin davomida o‘yinchilar faoliyatini boshqarish funksiyasi jamoa sardoriga yuklatiladi.
Sardor murabbiyning o‘yinga bergan ko‘rsatmasini, taktik va strategik rejasini muayyan o‘yin davomida amalga tatbiq qilishi kerak bo‘ladi. Ayrim vaqtlarda vaziyatga qarab o‘yinning taktik yo‘nalishini boshqarish yana sardorga yuklatiladi. Bunda sardor murabbiyning muntazam beriladigan (mumkin bo‘lgan vaqtda) qo‘shimcha ko‘rsatma va yo‘riqlariga asoslanadi. Sardorning o‘yinchilar bilan bo‘ladigan aloqasi, ko‘rsatmasi so‘z, imo-ishora va boshqa belgilar vositasida amalga oshiriladi.
Bundan ko‘rinib turibdiki, sardorlik funksiyasining sifatli va samarali ijro etilishi ham yaxshi natija berishi aksariyat sardorning nafaqat insoniy obro‘siga, balki uning o‘yin mahoratiga bog‘liqdir. U yuqori malakaga, mahoratga ega bo‘lishidan tashqari, o‘tkir zehnli, zukko, vaziyatni oldindan payqovchi, tez va to‘g‘ri fikrlovchi bo‘lishi lozim. Sardorda oliy insoniy sifatlar mujassamlashgan bo‘lishi, tashkilotchilik qobiliyati, yo‘lboshchilik san’ati musobaqa jarayonida alohida o‘rin egallaydi.
J amoa sardorlari aksariyat jamoadoshlariga nisbatan yoshi nuqtayi nazaridan kattaroq, tajribaliroq bo‘lishi muhim ahamiyatga ega.
7-andoza.
Sardorlik «lavozimi» voleybolning amaliyoti va nazariyasida ilmiy tomondan puxta o‘rganilmagan bo‘lib, ilmiy muammo sifatida o‘z yechimining tadqiqot asosida hal etilishini kutmoqda. Mazkur «lavozim» mohiyati va mazmunini shakllantirish yoki yuqori mahoratli sardorni tarbiyalash murabbiy-mutaxassislarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqdir.
PSIXOLOGIK TAYYORGARLIK
zamonaviy voleybol musobaqalarida yuksak sport natijalariga erishish keskin raqobat ostida kechayotganligi isbot talab qilmaydi. o‘yinlarning har bir lahzasi o‘ta shiddatli va tezkor o‘zgaruvchan vaziyatlar ustunligi bilan farqlanadi. mashg‘ulot va musobaqalarga xos yuklamalar hajmi, shiddati va o‘yin mazmuni mukammal shakllangan jismoniy hamda funksional imkoniyatlarni talab qiladi. faqat shunday imkoniyatlarga asoslanilsa yuksak texnik-taktik mahorat musobaqa taqdirini belgilaydi. shu bilan bir qatorda bugungi voleybolning yana bir ustuvor xususiyatlari shundan iboratki, har bir o‘yinchi va jamoa jismoniy hamda texnik-taktik jihatlardan yuqori ko‘rsatkichlarga ega bo‘lsayu, lekin ularning psixologik imkoniyatlari zaif bo‘lsa, musobaqa davomida foydali natijaga erishish mushkul bo‘lishi ehtimoldan holi emas.
binobarin, ko‘p yillik sport trenirovkasi jarayonida psixologik sifatlar va qobiliyatlarni shakllantirish masalasi boshqa tayyorgarlik turlari kabi ustuvor ahamiyat kasb etadi.
psixologik tayyorgarlikning bosh maqsadi muhim psixik sifatlar – xotira, diqqat, hissiyot, tafakkur, ong, iroda, ko‘rish kengligi va chuqurligi kabi xislatlarni mustaqil mashq qildirishdan iborat bo‘lishi lozim. bu borada shug‘ullanuvchilarda matonat, shijoat, qat’iyatlik, zukkolik, «makkorlik» va ixtirochilik fazilatlarini sayqal toptirish darkor.
psixologik tayyorgarlik uzoq muddatli pedagogik jarayon bo‘lib, bunda psixik sifatlar nafaqat mashg‘ulot va musobaqa jarayonlarida o‘z holicha shakllanishi lozim, balki ular maxsus uslub va vositalar (mashqlar) yordamida alohida takomillashtirilishi zarur.
voleybolchilarni tayyorlash amaliyotida psixologik tayyorgarlik quyidagi ikki yo‘nalishda olib borilishi odat tusiga kirgan:
- umumiy psixologik tayyorgarlik;
- muayyan musobaqaga maxsus psixologik tayyorgarlik.
Do'stlaringiz bilan baham: |