1- ilova
Mavzu: Madaniy qatlam va uning tadqiq qilish uslublari
Reja
1. Birqatlamli va ko’pqatlamli yodgorliklar
2. Kazishma ishlari bilan bog’liq asosiy kursatmalar
3. Madaniy qatlamlar sxematik belgilash uslublari
O’quv mashg’ulotining maqsadi: Madaniy qatlam va uning tadqiq qilish uslublari haqida
talabalarning bilimlarni rivojlantirish,
O’quv faoliyatining natijasi: Madaniy qatlam va uning tadqiq qilish uslublari
haqida aytib beradilar
2- ilova
Arxeologik yodgorliklar er ostida yoki er ustida joylashgan bo’ladi. Er ostidagi
yodgorliklarni o’rganish jarayonida arxeologlar madaniy qatlamlarga alohida e’tibor
beradilar.
Madaniy qatlam deganda—insoniyatning turmushi, xo’jalik faoliyati izlari saqlanib
qolgan tuproq qatlami tuchuniladi. Madaniy qatlamlar bir va bir necha o’ntacha
qatlamlarga ega bo’lishi mumkin. Ularning qalinligi bir necha santimetrdan 30—35
metrgacha bo’lishi mumkin. Bu esa mazkur joyda odamlarning qancha vaqt yashaganligi
bilan bog’liq. Madaniy qatlam u yoki bu qatlamlarga shurf tashlash, keyin keng ko’lamda
qazish ishlari natijasida aniqlanadi.
SHurf aslida nemischa so’z bo’lib, o’zbek tilida qaziyman degan ma’noni bildiradi.
SHurf solish deganda yodgorliklardagi dastlabki qazish ishlari tuchunilib, madaniy qatlamni
aniqlash va yodgorliklar haqida dastlabki ma’lumotlarni olishdir. SHurf ko’pincha kvadrat
va to’g’ri to’rtburchak shakllarida bo’lib, uning chuqurligi va kengligi madaniy qatlamga
qarab har xil bo’lishi mumkin. Keng ko’lamda qazish natijasida madaniy qatlam to’la
ochilib, inson faoliyati izlari bo’lmagan ergacha kovlab tushiladi, arxeologiyada u
materik—bezovta qilinmagan er deb ataladi.
Arxeologik yodgorliklarda bitta madaniy qatlam bo’lsa, u bir qatlamli arxeologik
yodgorliklar deyiladi. Bu asosan mezolit davriga xosdir. SHuningdek, Rossiya xududi shakllangan
Tripolьe yodgorliklar, Markaziy Farg’onaning mezolit davri yodgorliklari va bq. shunga misol
bo’la oladi.
Arxeologik yodgorliklarda bir necha madaniy qatlam bo’lsa, u ko’p qatlamli yodgorliklar
qatoriga kiradi. Bunga paleolit, neolit va keyingi davrlardagi yodgorliklar misol bo’ladi. Jumladan,
Ko’lbuloq , Selungir, Samarqand, Joytun va bq.
102
Ob’ekt to’g’risida kutubxonada mavjud bo’lgan adabiyotlar va ilmiy tadqiqot ishlar bilan
yakindan tanishish. Ob’ektda kazish ishlari olib borish. Yogorlik bo’yicha yangi materiallarni
izlash. Yangi materiallar ko’lga kiritish, ularini laboratoriyada taxlil qilash.
Arxeolog dala tadqiqot ishlariga eng muxim o’rin ajratadi, chunki dala tadqiqot ishlarisiz
moddiy manbalarni topish va tadqiq imkoni mavjud emas. Ma’lum bir yodgorlikni topishda
arxeologlar yozma, epigrafik manbalarga va xalk orasida saqlangan rivoyatlarga tayangan xolda
ish olib boradi. Dala–tadqiqot ishlarining asosiy maqsadi yodgorlikdan topilgan bir xil buyumlarni
to’plash emas, balki yodgorlikning sanasi va davriy rivojlanishi bilan bog’liq tarixiy izchillikni
tiklash xisoblanadi. SHuningdek, arxeolog yodgorlikning butun xududni tadqiq qilishi muxim
emas, u yodgorlikdan muxim deb sanagan moddiy manbalarni topgach, yodgorlikda qazish
ishlarni tuxtatadi. Yodgorlikning qolgan qismini esa, boshqa tadqiqotchilar davom ettirmog’i
lozim. CHunki dastlab olib borilgan tadqiqot ishlari keyingi olib borilgan tadqiqot ishlari bilan
solishtiriladi va unga berilgan oldingi xulosa yo tasdiqlanadi yo inkor qilinadi yoki rivojlantriladi.
Arxeolog yodgorlikda qazish ishlari olib borishdan oldin mazkur yodgorlik to’g’risida
to’liq yozma ma’lumotnoma tayorlaydi va qazishma ishlari olib boradigan qismini aniq belgilaydi.
SHuningdek dala-tadqiqot ishlari xar bir xududning tabiiy geografik sharoitidan, yodgorlikning
joylashgan joyining xususiyatidan va yodgorlikning kaysi davrga oid ekanligidan kelib chiqqan
xolda qazish ishlari turli xil uslublarda olib boriladi.
Yodgorlikda qazish ishlari bilan bog’liq yuqorida qayd qilingan ishlar bajarilgach, mazkur
xudud xar tomonlama fotosuratga olinishi lozim. Bunda xar bir element e’tibordan chetda
qolmasligi lozim. SHuningdek, qazish olib borish jarayonida xam xar bir bosqich xam foto suratga
olib borilishi kerak.
Topografik s’yomka orqali xudud 3mX 3m kvadrat shaklida bo’lib bo’lingach, kvadratlar
A1, A2, A3, V1, V2, V3, S1, S2, S3 tarzida belgilanib chiqiladi. Qaysi bir kvadratdan buyum
topilsa, uning vertikal va perpendikuyar joylashuvi aniqlanib, yozib qo’yiladi.Bu kvadratlar orqali,
ularning planlpri aniqlash va chizish ishlarini osonlashtiradi.
Qazish ishlari boshlanshidan oldin arxeolog belkuraklardan foydalanadi. Madaniy
qatlamni qazishda kvadratning o’rtasi qazilib, yon tomonlaridan 30 smgacha bo’lgan joylarni
qoldiradilar.
A1
V1
S1
D1
E1
A2
V2
S2
D2
E2
A3
V3
S3
D3
E3
SHu tariqa kvadratlar orasini qazish orqali madaniy qatlam ochiladi. Madaniy qatlam aniq
ko’ringach, axeologlar tuproqning rangi va tarkibini aniq belgilab ketishlari lozim. SHuningdek,
topilmalarning o’rnini belgilashda masshtabdan xam foydalaniladi. CHunki buyumlarning qanday
joylashganligini aniq ko’rsatish lozim. Ularning bari dala jurnalida qayd qilinadi.
103
Madaniy qatlam
Do'stlaringiz bilan baham: |