faoliyatga yoʻnaltirilgan;
jarayonga yoʻnaltirilgan;
tizimga yoʻnaltirilgan;
zanjirsimon tizimga yoʻnaltirilgan;
umumiy sifat menejmenti. Har bir sifat darajasi oliy taʼlim muassasasining takomillashganlik darajasini aniqlovchi savollar va vositalar orqali aniqlanadi. Bu beshta takomillashish darajasi oʻsishning yoʻnalishi yoki boshqa soʻz bilan aytganda, takomillashish uchun yoʻnalish, bunda OTM barcha besh darajani tartib boʻyicha, ketma–ket, birinchidan boshlab va takomillashishning oxirgi eng yuqori darajasi bilan tugatadi. Har bir mezonda “Deming sikli” (Plan – Do – Chesk – Act) amalga oshiriladi, yaʼni doimiy takomillashish jarayonini koʻzlaydi. Mazkur sikl OTM larda sifatni taʼminlashda metodologik asos sifatida xizmat qiladi.
Oliy taʼlim sifatini taʼminlash uchun shart-sharoitlarni yaratish boʻyicha faoliyat doirasida respublikamizda iqtisodiyot, ijtimoiy soha, ilm-fan, texnologiyalar, mehnat bozori va ularni rivojlantirishning ustuvor ehtiyojlari talablariga muvofiq oliy taʼlim mazmuni va tuzilishi modernizatsiyalangan; xalqaro tendensiyalarni hisobga olib, mehnat bozorining turli malakali kadrlarga boʻlgan ehtiyojlarini monitoring qilish tizimi yaratildi; bitiruvchilarni ish bilan taʼminlash tizimi yaratildi; taʼlim muassasalarining moddiy-texnik bazasi va infratuzilmasi modernizatsiya qilinmoqda; xalqaro sifat standartlariga moslashgan holda taʼlimning boshqa bosqichlarida oliy oʻquv yurtlarida tayyorlash mazmuni oʻzgartirilmoqda; oliy taʼlim integratsiyasining turli modellarini qayta ishlash taʼminlanmoqda; integratsion va fanlararo dasturlar oliy maktabida chuqurlashtirish, ularning yuqori texnologiyalar bilan birlashishi sodir boʻlmoqda; fanning mutaxassislarni tayyorlashda yuqori sifatni taʼminlashning asosiy omillaridan biri sifatidagi maqomi oshmoqda; oliy taʼlim muammolarini xal qilishda ish beruvchi hamda boshqa ijtimoiy sheriklarning ishtiroki takomillashmoqda.
Maʼlumki, Oʻzbekiston Respublikasida joriy qilinayotgan taʼlim tizimining milliy modeli taʼlim sohasini rivojlantirish borasidagi xorijiy mamlakatlar tajribasini oʻrganish va mamlakatimizga xos boʻlgan jihatlarni eʼtiborga olgan holda ishlab chiqilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi “Oliy taʼlim tizimini yana-da rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2909–sonli qarorida mintaqaviy va xalqaro tendensiyalar doirasida oliy taʼlimning dolzarbligi va uning sifatini taʼminlash maqsadida oliy taʼlim tizimini kelgusida yana-da takomillashtirish va kompleks rivojlantirish boʻyicha bir qator vazifalar belgilangan.
Ushbu vazifalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun taʼlim sifatini oshirishga xizmat qiladigan vositalarga alohida eʼtibor qaratish lozim.
Taʼlim sifati muhim kategoriyalardan biri boʻlib, unga muvofiq xalqaro amaliyotda besh asosiy yoʻnalish ajratiladi: birinchidan, taʼlimning sifatini taʼminlash – oliy oʻquv yurtining nufuzini oshirish, chunki bunday oliy oʻquv yurtining bitiruvchisi mehnat bozorida qulayroq mavqega ega boʻladi; ikkinchidan, taʼlim standartlariga muvofiqlik; uchinchidan, mijozni qanoatlantiruvchi taʼlimgina sifatli hisoblanishi mumkin; toʻrtinchidan, isteʼmolchi sifatni belgilaydi va uning har qanday istagi bajo keltiriladi. Eng muhimi, oliy oʻquv yurti bunga pul oladi; beshinchidan, oliy oʻquv yurti jamiyatga, oʻzi joylashgan mintaqaga foyda keltiradi.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, bugungi kunda mintaqaviy va xalqaro tendensiyalar doirasida oliy taʼlimning dolzarbligi va uning sifatini taʼminlash: oliy taʼlim tizimida malakali va raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash dolzarb ijtimoiy-iqtisodiy masala boʻlib, oliy taʼlim tizimida mutaxassislarni tayyorlash jarayoniga xorijiy tajribalarni tatbiq etish va axborot kommunikatsiya texnologiyalardan foydalanish, oliy taʼlim tizimni boshqarishning zamonaviy modernizatsiyalashgan korporativ hamkorlikni rivojlantirish, taʼlimning meʼyoriy-huquqiy asoslarini rivojlantirish, taʼlim muassasalarining taʼlim jarayonini tashkillashtirish va moliyaviy-xoʻjalik faoliyatini yuritishdagi huquq va erkinligini kengaytirish bugungi kunning dolzarb masalasi sanaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |