6-MAVZU. BILISH NAZARIYASI: ASOSIY MUAMMOLARI VA YO‘NALISHLARI
95
o‘zi maqsad timsoli sifatida amal qiladi. Bu erda sub’ekt muqarrar tarzda g‘ayri niyatni emas,
balki kuchni
tan oladigan tabiat bilan
to‘qnashadi. Inson tabiatga tabiiy kuch sifatida qarshi
turadi.
Maqsadga erishish uchun ishga solinadigan hamma narsa amaliyot vositasi deb ataladi
. Bu
nafaqat mashinalar,
mehnat qurollari, balki odamlarning bilimlari va hayot tajribasi hamdir.
Harakat qaratilgan narsa amaliyot ob’ekti deb ataladi. Faoliyat mahsulotda to‘xtaydi, maqsad
ro‘yobga chiqadi. Ro‘yobga chiqqan maqsad
maqsad emas. Imkoniyat borliqqa aylanadi; amaliy
harakat bajariladi. Amaliy
harakatlar estafetasi inson amaliyoti, uning faol hayotini tashkil etadi.
Amaliyot natijasiga erishish bosqichida sub’ekt o‘z harakatlarining samaradorligini, ularga
yo‘ldosh bo‘lgan emotsional va oqilona jihatlarni baholash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Amaliyot
haqiqat mezoniga aylanadi. Amaliyot haqiqatning
birdan-bir mezoni emas, biroq u haqiqatni
baholashning bosh mezonlaridan biri sifatida tan olinadi. Inson o‘z tafakkurining haqiqiyligini,
uning butun qudratini amaliyotda isbotlab berishi lozim. Amaliyot tarkibida har xil ahamiyatga
ega bo‘lgan nisbatan mustaqil jihatlar mavjud bo‘lib ular falsafiy ta’limotlar mazmunida o‘z
aksini topadi. Kantchilar amaliyotni tahlil qilishda sub’ektning faolligidan kelib chiqadilar.
Markschilar amaliyot vositalarini birinchi o‘ringa qo‘yadi.
Vaholanki, amaliyot yaxlit hodisa
bo‘lib, bu erda hamma narsa o‘zaro bog‘langandir. Amaliyotni tarkibiy qismlarga ajratish va ular
o‘rtasida subordinatsiya o‘rnatish doim ham o‘rinli bo‘lavermaydi.Dunyodagi barcha narsalar va
hodisalar kabi amaliyot ham u yoki bu darajada rivojlangan shakllarda mavjud bo‘ladi. Nafaqat
ijtimoiy ishlab chiqarish,balki insonning har qanday faoliyati amaliyot hisoblanadi. Masalan,
individual tafakkur jarayoni ham amaliyotdir. Amaliyotda nafaqat ishchi va muhandis,
balki
siyosatchi, olim, xullas, har bir odam ishtirok etadi. Agar tabiiy jarayonlar inson faoliyati sohasi
bilan bog‘liq bo‘lmasa, ular amaliyot sohasiga kirmaydi. Nazariya va amaliyot o‘rtasidagi
tafovutni bartaraf etish lozimligi to‘g‘risida ko‘p so‘z yuritiladi, demak, nazariya amaliyotga zid
bo‘lishi mumkin. Boshqa bir yondashuvga ko‘ra, yaxshi nazariyadan amaliyroq narsa yo‘q.
Nazariya va amaliyot o‘rtasidagi soxta tafovutni bartaraf etish emas, balki amaliyotni
rivojlantirish, uning samaradorligini oshirish muhim vazifadir. Samarali ish ko‘radigan sub’ekt
va jamiyat yaxshi amaliyotchidir. Amaliyot shakllariga kelsak, ular inson faoliyatining tarkibiga
muvofiq ancha ko‘p. Masalan, iqtisodiy, siyosiy,
ijtimoiy, ma’naviy hayot amaliyoti, san’at va
fan amaliyoti, til amaliyoti va hokazolar bor. Falsafa amaliyotga kategoriyalar, ya’ni
amaliyotning barcha shakllariga xos bo‘lgan umumiy jihatlar nuqtai nazaridan yondashadi.
5.
Do'stlaringiz bilan baham: