Jarima to’pini tashlash paytida qoidaning buzilishi: O‘yinchi bahs to’pi otilishiga taalluqli shartlarni buzmasligi kerak. Agar bahsli to’p urib yuborilguniga qadar sakrayotgan o’yinchi sakrash joyini tashlab chiqib keqa, yoki sakrayotgan o’yinchi doira ichiga kirsa, bunda tezda hakamlarning biri tomonidan qoida buzilganligi qayd qilinishi zarur. Agar qoida ikki jamoa tomonidan buzilsa yoki hakam to’pni yuqoriga otib berishni yomon bajargan bo’lsa, bahsli to’pni tashlash takrorlanishi kerak.
Savatga tushgan to’p va uning bahosi: To’p yuqoridan savatga tushib, uning ichida qolsa yoki undan o’tib pastga tushsa, to’p savatga tushdi deb hisoblanadi. To’p o’yin jarayonida maydondan savatga tushsa, 2 ochko, uch ochko keltiradigan chiziq orqasidan savatga tushsa 3 ochko hisoblanadi. Jarima to’pi tashlanganda savatga tushgan to’p ochko hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |