O‘yin boshlanishi: O‘yin markaziy doirada bahsli to’p tashlab berilishi bilan boshlanadi. Katta hakam ikki raqib o’rtasida to’pni yuqoriga otib beradi. Bu narsa o’yinning ikkinchi yarmi boshlanishida, agar kerak bo’lsa, har bir qo’shimcha davr oldidan ham bajariladi. Mehmon jamoa savatni va jamoa o’rindig’ini tanlab olish huquqiga ega bo’ladi. Agar o’yin betarag’ maydonda o’tkazilayotgan bo’lsa, bu huquqni jamoalar o’zaro qur’a tashlash yo’li bilan aniqlaydilar. O‘yinning ikkinchi yarmida jamoalar savatlarini almashadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |