Durang hisob va qo’shimcha davrlar: Agar o’yinnning ikkinchi yarmi tugagan vaqtda hisob durang bo’lsa, hisobdagi tenglikni buzish maqsadida 5 daqiqalik qo’shimcha davr yoki muvozanat buzilgunga qadar bir necha 5 daqiqalik davrlar belgilanadi. Jamoalar birinchi qo’shimcha davr boshlanishidan oldin qur’a tashlash yo’li bilan savatlarni tanlab oladilar va har bir keyingi qo’shimcha davr boshlanishidan oldin savatlarni almashtiradilar. Har bir qo’shimcha davr orasida 1 daqiqalik tanag’g’uslar ko’zda tutiladi. Har bir qo’shimcha davr boshida o’yin markaziy doirada bahsli to’p otib berilishi bilan boshlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |