O’yinchi va hakamning o’rni: O’yinchi maydonning qaysi joyida bo’lsa, shu joy uning o’rni bo’lib hisoblanadi. O’yinchi sakraganligi tug’ayli havoda bo’lgan paytida, u shu maqomni chegaralovchi chiziqlar, markaziy chiziq, 3 ochko chiziqlari, jarima to’pini tashlash chizig’i va jarima to’pini tashlash maydonchasini belgilaydigan chiziqlarga nisbatan oxirgi marta polga tekkan paytdagidek saqlab qoladi. O’yinchining o’rni qanday aniqlansa, hakamning o’rni shunday aniqlanadi. To’p hakamga tegib ketgan paytda, bu narsa to’p u turgan joyning poliga tekkan singari baholanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |