III. Kichik guruhlarda ishlash uchun topshiriqlar:
O’zR “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning mazmunini yoriting.
Bu o’rinda talabalar “6x6x6” metodiga muvofiq tashkil etilgan kichik
guruhlarda faoliyat ko’rsatadilar va quyidagi topshiriqlarni bajaradilar:
1. O’zRning “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” mazmun-mohiyatini aks
ettiruvchi jadval yoki sxemani yarating.
2. “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning asosiy tamoyillarini ifodalovchi
sxemani yarating.
3. Uzluksiz ta’lim tizimi mohiyatini yorituvchi jadvalni shakllantiring.
4. Sxema asosida maktabdan tashqari ta’limni amalga oshiruvchi muassasalar tizimini
yarating.
5. O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi mazmunini yorituvchi jadvalni shakllantiring.
6. Pedagogik mahoratni egallash yo’llarini yorituvchi sxemani tayyorlang.
IV. Talabalar uchun topshiriq:
Pedagoglik kasbining ijtimoiy ahamiyati, SHarq va G’arb mutafakkirlarining
pedagoglik kasbi va pedagog shaxsi to’g’risidagi qarashlarini yoriting.
“Ijodiy ish” metodi asosida tashkil etiluvchi mazkur jarayonda talabalar
pedagoglik kasbining ijtimoiy ahamiyatini tushuna olishlari hamda SHarq vaG’arb
19
mutafakkirlarining pedagoglik kasbi, pedagog shaxsi to’g’risidagi qarashlaridan
xabardorliklarini annotasiya, sxema, jadval yoki diagramma ko’rinishida ifodalay
olishlari lozim.
V.
Talabalar uchun topshiriq:
Pedagogga xos ma’naviy-axloqiy sifatlarni o’zida aks ettiruvchi “Zamonaviy
pedagog portreti”ni yarating.
Bu o’rinda talabalar “Klaster” metodidan foydalangan holda “Zamonaviy
pedagog portreti”ni yaratadilar.
VI. Mavzuga oid test savollari:
1. Amaldagi O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni
hamda “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” qachon qabul qilingan?
A) 1992 yil, iyul; B) 1997 yil, avgust; C) 1991 yil, avgust; D) 2000 yil, iyul.
2. O’zbekiston Respublikasining ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy
tamoyillari qaysilar?
A) ta’lim va tarbiyaning insonparvar, demokratik xarakterda ekanligi,
ta’limning uzluksizligi va izchilligi, ta’lim tizimining dunyoviy xarakterda
ekanligi;
B) umumiy o’rta, shuningdek, o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limining
majburiyligi, o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limining yo’nalishi, akademik liseyda
yoki kasb-hunar kollejida o’qishni tanlashning ixtiyoriyligi, davlat ta’lim
standartlari doirasida ta’lim olishning hamma uchun ochiqligi;
C) ta’lim dasturlarini tanlashga yagona va tabaqalashtirilgan yondashuv,
bilimli bo’lishni va iste’dodni rag’batlantirish, ta’lim tizimida davlat va jamoat
boshqaruvini uyg’unlashtirish;
D) barcha javoblar to’g’ri.
4. Qaysi tamoyil O’zbekiston Respublikasida ta’lim taraqqiyoti ilmiy
asoslarga ega bo’lib, ilm-fan, texnika, texnologiya hamda madaniyatning yuksala
borishi bilan chambarchas holda rivojlanib borishini ko’zda tutadi?
A) ta’limning uzluksizligi va izchilligi;
B) davlat standartlari doirasida ta’lim olishning hamma uchun ochiqligi;
20
C) ta’lim tizimining dunyoviy xarakterga ekanligi;
D) bilimli bo’lish va iste’dodni rag’batlantirish.
5. Ta’lim muassasasi nima?
A) qonun hujjatlariga muvofiq ishlab chiqilgan ustav asosida faoliyat
ko’rsatadigan yuridik shaxs;
B) pulli ta’lim xizmatlarini ko’rsatish orqali moliyaviy imkoniyatlarini
kengaytirish huquqiga ega yuridik shaxs;
C) rivojlangan xorijiy mamlamatlarning ta’lim muassasalari bilan
hamkorlikni yo’lga qo’yish huquqiga ega yuridik shaxs;
D) ta’lim sohasidagi islohotlarni tashkil etishga mas’ul yuridik shaxs.
6. Ta’lim muassasasi pedagogik tizimining aksiologik asosini tashkil etuvchi nazariy
konsepsiya asosini bir-biriga bog’liq qanday tizimlar tashkil etadi?
A) ta’limiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi;
B) tarbiyaviy, didaktik, ijtimoiy-g’oyaviy;
C) tarbiyaviy, didaktik, muloqot;
D) ijtimoiy-g’oyaviy, aksiologik, didaktik.
7. O’z Rda amalga oshiriladigan ta’lim turlarini ko’rsating.
A) umumiy o’rta ta’lim, o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi, oliy ta’lim,
maktabdan tashqari ta’lim;
B) maktabgacha ta’lim, umumiy o’rta ta’lim, o’rta maxsus, kasb-hunar
ta’limi, oliy ta’lim, oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim, kadrlar malakasini oshirish
va ularni qayta tayyorlash, maktabdan tashqari ta’lim;
C) maktabgacha ta’lim, umumiy o’rta ta’lim, o’rta maxsus, kasb-hunar
ta’limi, oliy ta’lim, sirtqi ta’lim, maktabdan tashqari ta’lim;
D) maktabgacha ta’lim, umumiy o’rta ta’lim, o’rta maxsus, kasb-hunar
ta’limi, oliy ta’lim, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash,
majburiy ta’lim, hamda majburiy-ixtiyoriy ta’lim.
8. O’z Rning “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”ning maqsadi qaysi variantda to’g’ri
ko’rsatilgan?
A) ta’lim sohasini tubdan isloh qilish;
21
B) ta’lim sohasini o’tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan
to’la xalos etish;
C) rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak ma’naviy va axloqiy
talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash Milliy tizimini
yaratish;
D) barcha javoblar to’g’ri.
9. Kadrlar tayyorlash milliy modelining asosiy tarkibiy qismlari qaysi
variantda to’g’ri berilgan?
A) ta’lim jarayonining ishtirokchilari;
B) ta’lim xizmatlarini ko’rsatuvchilar;
C) ta’lim xizmatlarining iste’molchilari;
D) shaxs, davlat va jamiyat, uzluksiz ta’lim, fan, ishlab chiqarish.
Do'stlaringiz bilan baham: |