Seminar 9. 22. 04. 2022
Mavzu: Mаrkаziy Оsiyo xalqlarining XX asr tarixshunoslik masalari
Case study
Muammo: Markaziy Osiy Sovet davri tarixshunosligining muhim jihatlari
Markaziy Osiyo xalqlarining tarixiga oid XX asr boshlaridan XX 90-yillariga qadar qilingan ilmiy tadqiqotlar Sovet hukumati davrida kommunistik mafkuraga asoslangan holda yozilgani yaqqol ko‘rinadi. Har bir masala yuzasidan qilingan tarixga oid tadqiqot ishlari shu metadologik yondashuv asosida amalga oshirilgan.
Davriy jihatdan yondashadigan bo‘lsak, XX asrning 20-yillari markscha-lelincha tarix fanining shakllanish davri bo‘ldi. Mazkur bosqichda omma orasiga sovet tuzumining muvaffaqiyatlaiini targ‘ib qiluvchi markscha-lenincha nazariya va metodologiya bilan qurollangan tarixchi kadrlarni tayyorlash asosiy vazifalardan biri etib belgilandi, kommunistik partiya tarixini yoritishga alohida e’tibor qilingan. 20-yillarning oxiri - 30-yillaming boshlariga kelib, mazkur davr uchun xarakterli bo‘lgan sinfiy kurash, millatchilik va kadriarni tozalash kabi g‘oyalar maorif hamda maktab sohalarini ham o‘z e’tiboridan chetda qoldirmaganini ko’rishimiz mumkin. O'tmishning har bir hodisasiga sinfiy nuqtai nazardan yondashish, fan, adabiyot va madaniy atda soxtakorlik, tarixni tuzum manfaatlariga moslab yozish, inqilobga qadar bo‘lgan o‘tmishni esa qora bo‘yoqlar bilan ko‘rsatish kuchaygan.
XX asming 30-yillari o‘rtalarida O‘zbekiston tarix fanida markscha- lenincha nazariya to‘la qaror topdi. Ilmiy tadqiqotlar esa sotsializm qurilishi muvaffaqiyatlarini bo‘rttirib ko‘rsatishga yo‘naltirildi. Asosiy vazifalar sifatida esa maktab va oliy o‘quv yurtlari uchun O‘rta Osiyo tarixi haqida markscha ta’limotga asoslangan o‘quv qo‘llanma hamda darsliklar yaratish qo‘yildi. Mustamlaka davri, partiya va revolyutsion harakatlar tarixi, sotsialistik o‘zgarishlar jarayonini yoritishga katta e’tibor qaratilgan.
Ikkinchi jahon urushi O‘zbekiston siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayotida tub o'zgarishlar yasadi. Bu yillarda ilmiy sohada faoliyat olib borayotgan barcha olimlaming oldidagi asosiy vazifa g‘alabaga xizmat qilish bo‘lgan. Biroq aynan, XX asr 30-40-yilIarida 0‘zbekistonda keng kqiamda arxeologik va etnografik tadqiqotlar ishlarini olib borilgan.
1950-1980-yillar Sovet davlati tarixida murakkab va ziddiyatli yillar - Stalin shaxsini fosh etgan, unga sig‘inishni tugatish va qatag‘onlariga barham berib, Xrushevcha islohotlar, sovet davlatining rivojlangan sotsializm pallasiga kirishi, turg‘unlik, uni qayta qurishga urinish, tanazzul va parchalanishi kabi voqealarni o‘z ichiga oladi. Mazkur davrda sovet tarix fani ham bevosita o‘z zimmasiga yuklangan muhim vazifa - unga xos bo‘lgan yondashuvlar davlataing muvaffaqiyatlarini bo‘rttirib ko'rsatish, turli raqam hamda ko‘rsatkichlar ortida haqiqiy manzarani oshkor etmaslikka harakat qilingan.
Aynan bu davr davomida amalga oshirilgan tadqiqot ishlari mafkuraga xizmat qilsa-da, bu davrda tarix sohasida katta ishlar amalga oshirildi, Tarixning har bir sohasi bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borildi, ayniqsa antropologik, arxeologik, etnologik yo‘nalishda katta yutuqlarga erishildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |