Tarix va arxeologiya instituti alisher navoiy nomli samarqand davlat universiteti



Download 32,34 Kb.
Sana08.04.2022
Hajmi32,34 Kb.
#537098
Bog'liq
Samarqand tarixi. 1-jild.wort



TARIX VA ARXEOLOGIYA INSTITUTI
ALISHER NAVOIY NOMLI SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI

SAMARQAND


TARIXI
BIRINCHI TOM

QADIM DAVRLARDAN TO ULUG’ OKTABR


SOTSIALISTIK REVOLYUTSIYASIGACHA

TOSHKENT- 1971


“Samarqand tarixi” I tomi qadim davrlardan to


Ulug’ Oktabr revolyutsiyasigacha bo’lgan davr tarixini o’z ichiga oladi.
Mazkur tomda Samarqandning paydo bo’lishi va taraqqiy etishi,undagi sinfiy hamda ozodlik kurashi, sotsial,iqtisodiy-siyosiy vaziyat,revolyutsion harakat va madaniy hamda ilmiy hayot tarixi yoritilgan.
Asar keng kitobxonlar ommasiga mo’ljallangan.

KIRISH
Samarqand – sivilizatsiyaning qadimiy shaharlari va markazlaridan biri bo’lib,butun dunyo madaniyati va fani taraqqiyotiga kata hissa qo’shdi.O’zbek xalqi, O’rta Osiyoning barcha xalqlari boy va shonli tarixga ega bo’lgan. O’rta Osiyo xalqlarining moddiy va manaviy hayotida kata ro’l o’ynagan Samarqand shahri bilan xaqli ravishda faxirlanadilar.


Sovet hokimiyati yillarida Samarqand O’zbekistonning muhim sanoat va madaniy markaz bo’lib qoldi.O’zbekiston KP MK ning qaroriga muvofiq O’zbekiston Fanlar akademiyasi Tarix va arxeologiya instituti Navoiy nomli Samarqand Davlat universiteti bilan birgalikda Samarqand shahrining 2500 yilligiga bag’ishlab ikki tomlik “Samarqand tarixini” ni nashrga tayyorladi.
Birinchi tomini yozishda quyidagi avtorlar ishtirok etdilar: “Samarqand 2500 yoshda” – O’zSSR FA akademigi I.M.Mo’minov, I bob – tarix fanlari kandidati A.Asqarov va dotsent D.N.Lev.
II bob : 1-bo’lim – O’zSSR FA akademigi Y.G’.G’ulomov va tarix fanlari kandidati G.V.Shishkina; 2-bo’lim – tarix fanlari kandidati A.Muhammadjonov; 3-4- bo’limlar – tarix fanlari doktori V.A.Livshits; 5- bo’lim – tarix fanlar kandidati S.K.Kabanov va Sh.S.Toshxo’jayev, III bob: 1- bo’lim – Y.G’.G’ulomov; 2,3,4- bo’limlar – tarix fanlar kandidati T.qodirova; 5-bo’lim- A.Muhammadjonov; 6-bo’lim – tarix fanlar kandidati L.I.Albaum.IV bob : 1-bo’lim –-tarix fanlar kandidati M.N.Fedorov; 2-bo’lim – tarix fanlar kandidati B.A.Axmedov; 3-bo’lim – O’zSSR FA muxbir a’zosi R.N.Nabiyev,SSSR FA muxbir a’zosi A.Y.Yakubovskiy; V bob: 1-bo’lim – I.M.Mo’minov: 3-bo’lim – tarix fanlar kandidati R.G.Muqminova; 4-bo’lim- O’zSSR FA akademigi T.N.Qoriniyozov 5-bo’lim O’Zssr FA akademigi V.A.Abdullayev va filologiya fanlar doktori V.Valixo’jayev;6-bo’lim – O’Zssr FA muxbir a’zosi G.A.Pugachenkova; VI bob: 1 va 3- bo’limlar – R.G.Muqminova, 2, 4 va 6-bo’limlar – tarix fanlar kandidati M.M.Abramov,G.A.Pugachenkova; 5-bo’lim – A.Muhammadjonov.VII bob: 1-bo’lim – tarix fanlar kandidati M.Aminov va T.Saidqulov; 2 va 3-bo’limlar – tarix fanlari kandidati S.A.Akramov; 4-bo’lim – tarix fanlari kandidatlari T.Saidqulov va M.Fattoev; 1-bo’lim – tarix fanlari doktori X.T.Tursunov; 6 –bo’lim – tarix fanlari doktori X.Sh.Inoyatov; VIII bob va Samarqand tarixiga oid bibliografik ko’rsatkich – tarix fanlari doktori B.V.Lunin, kishi nomlari ko’rsatkichini va geografik nomlar ko’rsatkichini Z.Fayziyeva hamda M.To’laganovalar tuzdilar.

SAMARQAND 2500 YOSHDA


Samarqand buyuk Sovetlar diyorining barcha mehnatkashlari va xorijiy ellar yaxshi biladi.Mamlakatimizning boshqa shaharlari singari Samarqand ham kun sayin go’zallashib bormoqda.Samarqand – ellikta sanoat korxonasida va ko’plab qurilayotgan zavod va fabrikalarda mehnat qilayotgan ishchilar, injenerlar, texniklar, xizmatchilar shahri; oltita oliy o’quv yurti va ko’plaab o’rta o’quv yurtlarida xizmat qilayotgan professorlar va o’qituvchilar shahri; davlat va jamoat tashkilotlarida, energetika sistemalarida, kommunal korxonalarda,kooperativ muassalarda ishlayotgan hodimlar shahridir.
Ulkan archalar,baland teraklar va asriy eman daraxtlari bilan qoplangan keng K.Marks ko’chasi,Lenin prospekti, Toshkent ko’chasi,unversitet oldidagi M.Gorkiy hiyoboni qadimiy shaharning chiroyiga – chiroy qo’shib turibdi.Davlat opera va balet teatrning ko’rkam binosi va unga tutashib ketgan keng maydon – shaharliklarning sevimli oromgohlaridan biri.Maydon yaqinidagi balandlikda qadimiy Registon joylashgan.Samarqand mehnatkashlari 1917 yilning noyabrda shu yerda tantanali va qatiy oxangda Revolyutsiya bo’lsin,reaksiya pomeshchik-burjua mustamlakachilik tuzumi esa yo’qolsin deb baralla aytganlar.O’sha paytdan buyon Samarqand uzra tinchlik va sotsiolizm,ozodlik va xalqlar do’sligi ramzi bo’lgan Qizil bayroq ulug’ Sovet Sotsialistik Respublikalari Ittifoqi va O’zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasini sharaflab xilpirab turibdi.
Sovetlar mamlakatning ajralmas bir qismi bo’lgan Samarqandda shiddatli sinfiy kurashda davlat hokimiyatini o’z qo’liga olgan va barcha sovet xalqi bilan birgalikda lenincha Kommunistik partiya rahbarligida haqiqatdan ham ajoyib ishlarni amalga oshirayotgan xalqning moddiy va manaviy kuchlari ravnaq topmoqda.
Mehnatkash ommaning mehnati, zo’r mahorati, istedodi dahosi tufayli bunyod etilgan qadimiy va hamisha navqiron Samarqandning 2500 yilligining bayram qilinishi sotsialistik voqeligimizning yorqin dalillaridan biridir.

Samarqand bunyod etigandan to hozirgi kunimizga qadar murakkab tarixiy yo’lni bosib o’tdi: u miloddan avvalgi VII-VI asrlarda Afrosiyob xarobalari o’rnida mudofa devorlari bilan o’ralgan qadimiy qishloq edi,miloddan avvalgi IV asrda Marokanda,milodiy eraning V-VII asarlarida Afrosiyob,milodiy eraning XIII asrgacha Samarqand – Simizkent va XIV-XV asrlarda Movarunnahrning poytaxti – Simizkent – Samarqand deb ataldi; XVI asrning oxiridan to XIX asrning o’rtalarigacha Samarqand Buxoro amirligi 1868 yildan 1917 yilgacha chor mustamlakasi tarkibida bo’ldi va nihoyat Samarqand Sovetlar zamonasida.


Samarqand hayotida har bir tarixiy tarixiy davr o’z xususiyatiga ega bo’lib, zamon ruhini o’zida aks ettiradi.
Jahodagi barcha shaharlar singari Samarqand ham insoniyat jamiyati tarixiy taraqqiyotning obektiv qonunlari (hunarmandchilik va savdo – sotiqning rivojlanishi,hokimyatni markazlashuvi hamda yirik davlatning vujudga kelishi) asosida tshkil topdi va rivojlandi.
Bizning nuqtai nazarimizcha, Samarqand tarixini beshta asosiy davrga bo’lib ko’rsatish mumkin: birinchi davr – urug’ – qabilachilik tuzumi va quldorlik ijtimoiy munosabatlari shakllana boshlagan, yirik aholi punkti sifatida shaharning vujudga kelish davri bo’lib, miloddan avvalgi VIII-VII asrga to’g’ri keladi, ikkinchi davr – miloddan avvalgi VI-IV asrlardagi quldorlik davri hamda feodal munosabatlarning vujudga kelishi va rivojlanish davridan to XIII asrgacha bo’lgan vaqtni o’z ichiga oladi.
1965-1968 yillarda Afrosiyobda olib borilgan arxeologik qazish ishlari shuni ko’rsatdiki, bu davr mobaynida shahar territoryasi hozirgi “eski shahar” hisobiga kengaydi,ammo shaharning asosiy qismi avvalgidek Afrosiyob territoryasi bo’lib qolaverdi.
Chingizxonning istilochilik yurishlari natijasida 1220 yida shahar yer bilan yakson qilib yuborishdi va so’ngra shahar Afrosiyob chegarasidan tashqarida bo’lgan yangi joyda, hozirgi “eski shahar” territoriyasida yana vujudga keldi.Samarqand hayotining yangi (uchinchi) davri XIV asr oxirlariga to’g’ri kelib, bu davrda u Temuriylar davlatining poytaxtiga aylandi.
Shahar hayotidagi to’rtinchi davr O’rta Osiyoning Rossiyaga qo’shib olinishi bilan bog’liq bo’lib, bu davrda o’rta asrga oid ko’hna shahar bilan bir qatorda uning Yevropa tipidagi yangi qismi ham paydo bo’ldi.
Ulug’ Oktabr tufayli revolyutsion harakat markazlaridan, O’rta Osiyoda sotsialistik ekonomika va madaniyatni boshlab bergan shaharlardan biri bo’lgan.Samarqand tarixida ham yangi era boshlandi.
O’zbekiston SSR Fanlar akademiyasi Alisher Navoiy nomidagi SamDU ning D.N.Lev raxbarligidagi arxeologik ekspeditsiyasi 1958-1968 yillarda hozirgi shahar markazida, komsomol qo’li territoryasida joylashgan Samarqand paleolit davri manzilgohida arxeologik qazishmalar o’tkazib, Afrosiyob, Marokanda, Samarqandning eng qadimiy davriga oid ko’p malumotlar to’plandi.Bu malumotlar Samarqand manzilgohining yuqori paleolit davriga mansub ekanligini, yozma tarixdan ancha ilgari ham hozirgi Samarqand territoriyasida chaqmoqtoshdan mehnat qurollari tayyorlagan qadimgi odamlar yashaganligi ko’rsatadi.
D.N.Lev bunday deb yozgan edi: “Cho’ponota tepaligida juda ko’p yashil chaqmoqtosh koni aniqlanib, Samarqand manzilgohida topilgan ko’pgina qurollar anshu chaqmoqtoshdan yasalgan.Manzilgohda yashagan odamlar o’zlari uchun kerak bo’lgan hom ashyolarning bir qismini xuddi shu joydan qazib olishgandegan taxminni tasdiqlash uchun bu yerda bundan keyin ham qazishma ishlarini olib boorish zarur”.
1965-1968 yillarda qadimiy Afrosiyobning pastki qatlamlarini o’rganish borasida olib borilgan arxeologik qazishmalar natijasida bu yerda miloddan avvalgi VII asrdayoq ko’p tarmoqli hunarmanchilik ishlab chiqarishi rivoj topganligi va sertarmoq irrigatsiya shahobchalari mavjud bo’lganligi aniqlandi.
1965-1968 yillarda o’tkazigan arxeologik qazishmalar vaqtida ko’plab sopol idishlar hamda boshqa uy-ro’zg’or anjomlari topildiki, bular o’sha davr hunarmanchiligi haqida boy materiallar beradi.
Siyob soyi yaqinidagi handaqlar bilan o’ralgan tepalikda joylashgan Afrosiyobning o’z qalasi mustahkam mudofa devorli to’rt darvozasi: Shimoliy, Sharqiy, Janubiy va G’arbiy darvozalari bo’lgan.Shoir Firdavsiyning o’lmas “Shaxnoma” asarida qo’yilgan afsonaviy Turon podshosi Afrosiyob mazkur tepalikni keyinchalik o’z qarorgohlaridan biriga aylantirgan bo’lishi mumkin.
Yunon tarixchilarining, shu jumladan Kvin Kursiyning malumotlariga qaraganda miloddan avvalgi 329 yilda makedoniyalik Iskandar bosib olgan vaqtda Samarqand (aylanasi 10 kilometrdan ko’proq) mudofasi mustahkam, obod shahar, xalqi esa mart, yuksak madaniyatli va oliyjanob bo’lgan.Yunon tarixchilari sug’diylarning makedoniyalik Iskandar hujumiga qarshi qahramonona kurashini, jumladan sug’diylarning Sipitamen boshchiligidagi kurashini tasvirlab yozgan asarlarida Marokanda deb ehtimol Samarqandni aytgandir.
Darhaqiqat 1965 yili Afrosiyobdan topilgan VII asr saroy zallaridan birining devoridan so’g’dcha xatda ham Samarqand so’zi Smarakansa shaklida uchraydi.Sug’dshunos olimlarni yozishicha, Marokanda Samarqandning qadimiy Smarakansa shaklidir.
Yunon tarixchilarining yozishicha, makedoniyalik Iskandar miloddan avvalgi 328 yilda Sug’diyona poytaxti Marokandani zabt etib, uni vayron qilgan, so’ngra o’zining harbiy garnizoni uchun qalani qayta tiklagan.Bobir makedoniyalik Iskandarning Samarqandni qurishi haqida yozganida huddi ana shu qalani nazarda tutgan bo’lsa kerak.
Keyinchalik Samarqand O’rta Osiyoning boshqa joylari kabi makedoniyalik Iskandar sarkardalaridan biri Salavk tomonidan asos solingan Salavkiylar davlati so’ngra esa mahaliy oqsuyak hokimlar bilan grek-makedon harbiylari ittifoqi asosida tashkil topgan Grek – Baqtriya podsholigi tarkibiga kirdi.Miloddan avvalgi II asrda bu davlat mahaliy aholi, asosan ko’chmanchi qabilalar zarbasi bilan parchalanib ketdi.Keyinchalik esa milodiy eraning boshida Grek-Baqtriya podsholigi o’rnida Kushan qabilalaridan tashkil topgan va tarixiy adabiyotda Kushan podsholigi deb atalgan davlat vujudga kelib, Samarqand ham shu podsholikka kirdi.
G.A.Pugachenkovaning keyingi yillarda olib borgan tadqiqodlarida keltirilgan malumotlarga qaraganda, bu podshohlikning hozirgi markazi O’zbekistonning janubiy qismida bo’lgan.
O’sha vaqtda Samarqand, shubhasiz rivojlangan shaharlardan biri bo’lgan.V.A.Shishkinning Samarqandning o’sha davrga oid malumotlarini kitobxonlar diqqat- e’tiboriga havola qilmoqchimiz.V.A.Shishkin ko’hna shaharning shimoliy qismida Siyob bo’yida yirik kvadrat shaklidagi g’ishtlardan qurilgan binoni qazib topgan.Bino bir necha xonali bo’lib, bulardan birida o’choq saqlanib qolgan.Bu aftidan uyda o’tga topinish uchun olov yoqiladigan o’choq bo’lgan.Unda chiroyli qilib ishlangan nafis sopol idishlar: uzun oyoqli qadaxlar, turli shakldagi kosa va ko’zalarni ko’plab uchratish mumkin.Arxeologik malumotlarga ko’ra, shahar milodgacha va milodning birinchi yuz yilligida ancha muncha rivojlanish bo’lgan.
V.A.Shishkinning yozishicha, Kushan podsholigi dastlabki davrlarda boy va qudratli davlat bo’lgan bo’lsa ham, ammo to’xtovsiz ichki janjallar va doimiy urushlar natijasida milodiy eraning III-IV asrlarida chuqur inqirozga yuz tutgan.Bunda ayniqsa sotsial iqtisodiy o’zgarishlar ko’proq ro’l o’ynagan bo’lsa kerak.Samarqandning shahar sifatidagi mavqei milodiy eraning V-VI asrlarida O’rta Osiyoda ilk feodal davlatlar – bekliklar tashkil topgach kuchaygan.V asrning o’rtalarida O’rta Osiyoga eftalitlar, undan keyingi asrda esa turk xoqonlari o’z hukumronliklarini o’rnatdilar.Ammo ularning har ikkalasi ham O’rta Osiyo feodal davlatlarining ichki ishlariga kam aralashganliklari va bularning ichki taraqqiyotiga erk berganliklari tufayli O’rta Osiyo xalqlarining xo’jalik va madaniy taraqqiyoti yanada yuksalib bordi.
VII asrning boshlarida O’rta Osiyoda bo’lgan xitoylik elchi Vey Sze bunday deb yozgan edi: “Samarqandning barcha aholisi mohir savdogar; bola besh yoshga kirishi bilanoq unga savod o’rgata boshlaydilar, o’qishni bilib olgandan so’ng unga savod ishlarini o’rganishga majbur etadilar”. Samarqandlik savdogarlar Yettisuvning ancha ichkarisiga va Xitoy chegaralarigacha yetib borib, u yerlarda savdo- sotiq qilganlar.
1965 yilning bahorida Afrosiyobda ajoyib kashfiyot qilindi.Bu yerda VII asrda qurilgan boy va nufuzli feodallardan biriga bansub bo’lgan kata turar-joy binosi harobasini bir qismi topildi.Bazi xonalarini devorlari suratlar bilan yoppasiga bezatilgan bo’lib, ulararning qoldiqlari o’sha davrdagi mo’yqalam sohiblarining ajoyib san’atiga baho berish imkoniyatini tug’diradi.
Sharqdagi bir qancha mamlakatlarni o’ziga bo’y sindirgan arab istilochilari rivoj topgan va boy Samarqandga ketma-ket hujum boshlaydilar.Xalifalikning Xurosondagi noibi Qutayba 712 yilda Samarqndni ishg’ol qiladi.Bu yerda istilochilar mazlum aholining arab istilochilariga qarshi birin- ketin bo’lib turgan qo’zg’olonlaridan qo’rqa-pisa yashardilar.
Qutayba 712 yili shaharda bir qism qo’shinlarini qoldirib, Marvga qaytib kelganida,Sug’d aholisi shimoliy viloyatlaridan ko’chmanchi turklarni yordamga chaqiradi.Arablarni qo’l ostida faqat Samarqandgina qoladi.Mamlakat arablarga bo’ysinishdan bosh tortadi natijada Qutayba keying yili ham arablar Sug’d territoriyasini butunlay zabt eta olmaydi.Isyonlar keyingi o’n yilliklar mobaynida ham davom etib turadi.Shunday paytlar ham bo’lganki, arablar qo’lida faqat Samarqand va yaxshi mustahkamlangan ayrim punktlargina qolgan.VIII asrning 30-yillarida esa g’alayon ko’targan aholi Samarqandni ozgina vaqt bo’lsa-da yordamga kelgan ko’chmanchi turklar bilan birga egallab turgan.
Istilochilar faqat harbiy kuch bilangina harakat qilib qolmaganlar.Arablar VII asrning birinchi yarmida Makka va Madina shaharlarida vujudga kelga yangi din – islomni aholi o’rtasida yoyish yo’li bilan u yerdan yerli aholini tutqunlikda saqlash vositasi sifatida foydalangan.Arablar bazi joylarda zo’rlik va taxdid bilan, bazi yerlarda turli soxta imtiyozlar, jumladan islomni qabul qilganlarni soliqlardan ozod etishni vada qilib, O’rta Osiyoda islom dinini yoyishga uringanlar.Ular otashparaslarga mansub bo’lgan eski ibodatxonalarni vayron etib, kohinlarni taqib qilganlar.
X-XI asrlarda yashagan o’rta osiyolik mashhur olim Beruniy bunday yozgan edi: “Xorazm yozuvini yaxshi bilgan ularning rivoyatlaridan xabardor bo’lagan va xorazmliklardagi mavjud ilm-fanlarni o’rgatuvchi kishilarni Qutayba: qirib tashladi va turli qiynoq- azoblarga soldi”.Istilochilarning madaniyatidan shubxasiz ancha yuqori turgan mahalliy madaniyatga qarshi kurash Sug’da ham olib borgan.
IX asr o’rtalarida Samarqandda katta qo’zg’olon boshlandi.Bu safar mahalliy aholining harakatiga arab lashkarboshlaridan biri Rofe ibn Lays boshchilik qildi.Qo’zg’olon qariyib to’rt yil davom etdi, lekin bostirildi.
Arab istilochilari bo’ysunishni istamagan Sug’d, Farg’ona va Shosh aholisiga qarshi bir yuz ellik yildan ortiq vaqt qattiq kurash olib bordi.Bu kurash mamlakatni og’ir ahvolga solib qo’ydi,chunki deyarli uzluksiz davom etgan urush harakatlari mamlakatni harob qilib, vayronagarchilik keltirdi qishloq va shaharlarni yo’q qilib yubordi.Masalan Panjikent shahri vayron etilib, aholisi shaharni tashlab, yangi joyga ko’chib ketishga majbur bo’ldi.
Afrosiyobda o’tkazilgan qazishmalar vaqtida ham vayrongarchilikning izlari topilmoqda.Yuqorida aytib o’tilgan devorlariga suratlar chizilgan bino, aftidan ancha vaqtgacha bo’sh qolib,hech kim turmagan bo’lsa kerak.Nomalum kimsalar, ehtimol arablar devordagi odamlar tasvirini ko’rib, islom dini taqiq etgan bunday suratlarni pichoq yoki biror o’tkir narsa bilan buzub tashlagan.Shahar territoriyasining hammasi hammasi bo’lmas ham ancha qismi bir qancha vaqt kimsasiz huvillab yotgan, keyin samarqandliklarni o’zlari ehtimol, vayron etilgan boshqa shahar va qishloqlarning aholisi ko’chib kelib, uni yana obod qilgan deb faraz qilish mumkin
Arab xalifaligidan ozod bo’lish uchun olib borilgan kurash Somoniylar davlatining tashkil topishi bilan tugallandi.Samarqand dastlab bu davlatni poytaxti bo’lib turdi, so’ngi IX asrning oxiridan boshlab, Ismoil Somoniy hukumronlik qilgan davrda poytaxt Buxoroga ko’chirildi.Biroq o’sha vaqtda ham Samarqand Buxoro bilan bir qatorda Movarunnahrning iqtisodiy va madaniy markazi bo’lib turdi.
IX asrning ikkinchi yarmi X asrning birinchi yarmida Movarunnahrning , shu jumladan,Samarqand aholisining iqtisodiy va madaniy hayoti ancha yuksaldi.Vayronalar ustida shahar yangitdan qat ko’tardi, shu bilan birga shaharning o’zi ham kengaydi, yangi binolaruning husniga husn qo’shdi.Samarqand ko’hna Afrosiyob joylashga butun tepalikni egalladi va to’rt darvozali baland devor bilan o’rab olindi.Shahardan janubroqda, Xazrati Xizr masjidi yaqinidagi Kesh darvozasi nargi tomonida bozor va hunarmandlarning ustaxonalari bo’lgan savdo-sotiq raqobatlari vujudga keldi.Shahar markazi asta-sekin janub tomon, hozigi vaqtda Bibixonim machiti xarobalari turgan joydan Registonga va Chokardiza mahallasini o’z ichiga olgan yerlarga yoyildi.
Lekin Afrosiyob tepaligidagi shaharning ko’hna qismida ham jo’shqin hayot davom etardi.Shahrning bu qismi Xazrati Xizr majiti yaqinidan boshlanadigan bir necha kanal orqali suv bilan yaxshi taminlangan edi.Kanallarnin biri to’ppa to’g’ri shimolga qarab, hozirgi daraxtlar xiyoboni tomon oqib balan damba bo’ylab qala tepaligi etagidagi joylarni kesib o’tib, sopol quvurlardan yasalgan vodoprovod orqali shaharning shimoliy qismini suv bilan taminlab turadi.Boshqa ikki magistral kanal hozirgi vaqtda Toshkentga va aeroportga boriladigan yo’llar tomon oqqan.
Kesh darvozasini yonidan boshlanadigan asosiy magistral ko’chalar kanallar yoqalab ketgan; g’arbiy magistral ko’cha Buxoro darvozasi tomon (Siyob ko’prigidan aeroport yo’nalishi tomon) o’rta magistral ko’cha qala tomon, sharqiy magistral ko’cha esa ko’hna shahar sharqiy-shimoliy burchagida joylashgan darvoza tomon olib borgan.Qazish ishlari vaqtida Shohi zinda tomon o’tkazilgan yana bir kanal qoldiqlari ham aniqlandi.Kanallardan suv taqsimlaydigan kichik shaxobchalar chiqarilgan.
Suv taqsimlanadigan joyga (Xazrati Xizr machiti yonida ) suv janubdan, aftidan Chokardiza mahallasi orqali o’tgan kanaldan oqib kelgan bo’lsa kerak.Bu mahalla bilan shaharning qadimiy qismi devorlari o’rtasida joy pastqam bo’lganligi uchun qadimgi irrigatorlar o’sh davr uchun ajoyib inshoot qurishgan va natijada suv qadimiy Rimdagi mashhur vodoprovodlar singari akveduklar (osma novlar) orqali o’tgan.Osma novlar qo’rg’oshin bilan qoplangan bo’lgani uchun bu kanal Jui Arziz (“Qo’rg’oshin arig’i”) nomi bilan mashhur bo’lgan.Qadimiy quruvchilarning mahoratidan dalolat beruvchi bu inshoot barpo etigan vaqt sanasi hali aniq bo’lmasa-da, har qalay kanal arablar istilosida qadar qurilgan bo’lsa kerak.
Shaharda chuqur qazilgan quduqlar ko’plar, chunki bu yerda yer osti suvlari yer yuzasidan juda chuqur joylashgan.
O’rta asr tarixchilari va geograflarining yozishicha, o’sha vaqtdagi Samarqand ko’chalariga tosh yotqiziqlari.Buni arxeologik tadqiqotlar tasdiqlaydi.Chunonchi 1965 yilda ko’hna Afrosiyob shahrining markaziy qismida ko’chalar ochilib ularning ko’pchiligiga Cho’ponotadan keltirilgan slanet bo’laklari yotqizilgan edi.V.A.Shishkinning ilmiy tadqiqotlaridan keltirilgan bu parchalar Samarqandning o’sha davrdagi tarixini qisqa ammo ravshan ifodalab beradi.
Tarixchilarning va arxeologlarning yakdillik bilan bildirgan fikirlariga ko’ra,deb yozadi.V.A.Shishkin Samarqand 1220 yilning martida yangi, ehtimol eng daxshatli voqealarni boshidan kechirgan.O’sha yilning fevralida Buxoro va Zarafshon vodiysining talay qismini zabt etgan Chingizxon askarlari shaharga yaqinlashib qolgan edi.O’sha vaqtda O’rta Osiyoning viloyatlarini birlashtirib hukumronlik qilayotgan Xorazm shohi Muhammadning shaharni mustahkamlash choralarini ko’rganligini Afrosiyob devorlarini o’rganish ishi ko’rsatib turibdi.Devorlarining malum qismi tuzatilgan.Shaharning o’zida qo’shin ko’p saqlangan (bazi malumotlarga ko’ra 100 mingdan ziyod, ayrimlarida qirq mingga yaqin qo’shin bo’lgan deyiladi) . Biroq mamlakatda hukm surgan ichki feodal niza-janjallar, shohlar bilan ularga bo’ysinmagan feodal lashkarboshlari o’rtasidagi dushmanlik chinakamiga mudofa uyushtirish imkoniyatini bermagan.Mo’g’ullar Samarqandni qamal qilgandan keyin, shaharning qo’shin boshliqlari taslim bo’lishga qaror qilganlar.Shaharning ancha mustahkam bo’lgan bo’lgan shimol qismidagi bir guruh dovyuraklar uni mudofa qilishni davom ettirganlar.Lekin mo’g’ullar hujum qilib, shaharning bu qismini ham egallanganlar.Jome machitda yashingan ming kishiga yaqin so’nggi himoyachilar qirib tashlangan, machitning o’ziga o’t qo’yilgan.
Machit joylashgan yerda olib borilgan arxeologik ishlar shuni ko’rsatdiki machit yog’och ustunlar bilan o’ralgan to’g’ri burchakli katta xovlidan iborat bo’lgan.Ustun va to’sinlar o’yma naqshlar bilan bezatilgan.Naqsh izlari usti quygan yog’och bo’laklarida hozir ham yaxshi bilinib turibdi.
Shahar shavqatsiz ravishda talangan, Samarqandga shuhrat keltirgan ming-minglab mohir hunarmandlar olib ketilib Chingizxonning o’g’illari va qarindosh-urug’lariga berilgan.Hunarmandlar ularning qo’llarida qul sifatida ishlagan.Aholining qolgan qismiga katta o’lpon solingan.
Samarqandda bo’lgan Xitoy sayohatning yozishicha, ana shunday daxshatli urushdan keyin shaharda ko’pi bilan aholining chorak qismi qolgan.Tirik qolgan aholi Samarqandning hozir “eski shahar” deb ataluvchi va ilgarigi savdo-sotiq raboti joylashgan shimoliy qismiga o’rnashgan.Afrosiyob tepaligidagi shaharning qadimiy qismi esa vayronalarga aylanib, u yerda qaytadan shahar tiklanmagan.Afrosiyob bundan keyin hayot tiklanmasligining, asosiy sabablaridan biri, shubhasiz shaharni suv bilan taminlab turuvchi “Qo’rg’oshin arig’i”dek ajoyib inshootlarning mo’g’ullar tomonida buzib tashlanganligi bo’lgan.Xarob bo’lgan va talangan Samarqand bu kanalni tiklay olmas edi.
Samarqand XIII va XIV asrlarga kelib asta-sekin biroq muntazam ravishda tiklanib bordi.

Temur davrida Samarqandda katta qurilish ishlari olib borildi.Bunga qadar o’tgan 150 yil mobaynida hech qanday yirik qurilish bo’lmagan edi.Sharafiddin Ali Yazdiy va Temurning Samarqanddagi saroyi qoshida bo’lgan Ispaniya elchisi (1403-1406 yillar) Ryu Gonsales de Klavixo ham ana shu haqida yozgan.V.V Bartold juda to’g’ri takidlab o’tganidek, Temurning fikricha Samarqand jahonda birinchi shaharga aylanishi kerak edi.Samarqand atrofida barpo etilga bir qancha qishloqlarga musulmon mamalakatlari asosiy shaharlar- Bog’dod, Damashq,Misr,Sheroz va Sultoniya nomining berilganligi ham bu fikrni tasdiqlab turibdi.


Qadimgi yunon tarixchilari, solnomachilari Samarqand (Marokanda) haqida yozganlar, shoir va yozuvchilar uning to’g’risida qo’shiq va g’azallar to’qiganlar, Sharq va G’arbdagi ko’pgina mamlakatlarning sayohatchilari va olimlari badiiy va ilmiy tafakkur markazi sifatida, xalq dahosini asrlar davomida gavdalantirib bergan, tasvirlar qoldirilgan ustalar, mohir me’morlar, qo’li gul binokorlarning ajoyib hamda sahovatli ijodi mahsuli to’plagan joy sifatida unga qoyil qoldilar.Bobur Mirzo malumotlariga ko'ra, Samarqandning Feruza, Oxanin,Shayxzoda, Gozuriston, So’zangaron va Chorraxa singari darvozalari bolgan Samarqand qalasi devorining ichki aylanasi 10 600 qadamga teng kelgan.
Hozirgi zamon tarixchilari Temur feodal davlatidagi sotsial-iqtisodiy munosabatlarni har tomonlama o’rnatish nihoyatda zarur ekanligi asrimizning qirqinchi yillaridayoq yozgan edilar.O’shandan buyon 25 yildan ziyod vaqt o’tdi.Biroq afsuski mazkur muamo haqida hanuzgacha yirik ilmiy asar yozilganicha yo’q.Tarixiy hujjatlar jumladan Temur davlatidagi chuqur sinfiy munosabatlar va antagonistik ziddiyatlari, siyosiy oqimlar hamda ular o’rtasidagi kurashni oshishiga bizga yordam bergan bo’lur edi.
Shayboniyxon boshliq ko’chmanchilar O’rta Osiyoni bosib olgandan keyin Samarqand hayotida yangi davr boshlandi.Shayboniylar davlatini poytaxti Buxoroga ko’chirilgandan keyin Samarqand shahri uning tarkibida qoladi.
Movarunnahrni honavayron qilgan feodal ichki nizo-janjallar va Eron hukumdori Nodirshohning O’rta Osiyoga qilgan yurishi natijasida XVIII asrda Samarqand yana bir bor huvillab qoldi.XIV-XVII asrlar davomida bunyod etilgan ajoyib madrasa machit binolari o’z holiga tashlab qo’yildi.Qayoqqa borishini bilmagan bir to’da oilalargina shahar qalasida kezib yurdi.Ammo shundan keyin ham shahar o’z qaddini rostlay boshladi va XIX asrning o’rtalarida qaytib kelgan, shuningdek boshqa viloyat va rayonlardan ko’chib kelgan aholi hisobiga shaharda hayot qaytadan jonlandi.
N.V.Xanikovning XIX asrning qirqinchi yillari boshida yozgan malumotida quyidagilarni o’qiymiz: “Shoirlar jannat deb atagan Samarqandning ahvoli hikoyalarda aytilgandek achinarlarli bo’lmasa ham har holda u o’zining hozirgi holatiga kelishi uchun ko’p qiyinchiliklarni boshidan kechirishi kerak edi.Shahar devoir yaxshi saqlangan bo’lib, to’g’ri to’rtburchak shaklida uning shimoliy tomoni sal kengroq edi.Uning g’arb tomonida bazi nomuvozanatliklar ko’zga tashlanadi, bu yerda qala shahar devorlaridan ancha uzoqlashib ketgan.Buxoro devori singari shahar devorida ham nishon tuynuk va burjlar qilingan, uning balandligi va qalinligi Buxoro devorinikicha keladi.Shaharda oltita darvoza bo’lib ular: 1) Darvozai Buxoro 2) Darvozai Payqobaq 3) Darvozai Xazrati Shohizinda 4) Darvozai Qalandarxona 5) Darvozai So’zangaron 6) Darvozai Xo’ja Ahror deb ataladi.Shaharning aylanasi o’n uch chaqirib bo’lib, uning maydoni 2280000 kvadrat sarjinga yoki 2533,3 tanobga teng edi.Bu raqam Buxoro shahrini egallab turgan maydondan 500 tanob ziyod bo’lib, u shaharda mavjud bo’lgan bog’lar hisobiga to’g’ri keladi.
Ilgari vaqtlarda shahar egallab tirgan maydon ancha katta edi, shahrni egallab maydon turgan devorning maydonda qoldiqlari g‘arb tomondan esa deyarli Zarafshonga qadar yani olti chaqirimcha butun maydon Afrosiyob qalasi deb atalgan vayronalar bilan qoplangan edi. Lekin shuni ham aytib o‘tish kerakki, shahar bo‘lgan. Temur taxtga chiqishidan oldin ham shunday maydonga ega bo lgan. Temur davrida esa shahar maydoni hozirdagidek edi. Farqi faqat shundaki, uning atrofida foydalaniladigan erlar hozirgiga qaraganda ancha ko‘p bo‘lgan, chunki bu erdan ancha uzoqda bir vaqtlar Samarqand atrofidagi bog‘larga tutashib ketgan eski bog‘larning qoldiqlari hozir ham uchrab turadi. Shahar Og‘aliq tog‘ining shimoliy etaklarida oqib chiqadigan uch soy suvi bilan ta’minlanar edi Birinchi soy suvi shaharga Xo‘ja Ahror darvozasidan sal Sharqdan oqib kirib, qal’aning sharqiy va shimoliy devorlarini aylanib o‘tar va Samarqand atrofidagi ekinzorga chiqardi. Ikkinchi soy shaharga So‘zangaron darvozasi yaqinidan oqib kirib, devorning sharqiy tomonidan oqib kirib, devorning sharqiy tomonidan oqib chiqar va uchinchi soy suviga qo‘shilardi. Bu suv shaharning sharqiy tomonidan o‘tib shimol tomondan oqadigan Obimashhad yoki xalq tilida Obimashat deb nomlangan ariqqa qo‘shiladi. Oqar suv shu qadar serob bo‘lishiga qaramay , shaharda hovuzlar va qazilgan ariqlar ko‘p edi, lekin hovuzlarning aniq soni bizga ma’lum emas. Shaharda toshdan ishlangan ikkita karvonsaroy, uch hamom bo‘lib , bulardan ikkitasini Xo‘ja Ahror hamommi, uchinchisini esa Miriy hammomi deb ataydilar . Shaharning ko‘rkam diqqatiga sazovar asosiy joylari o‘tmishdan qolgan.



Download 32,34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish