Б.Г.Кузнецов. Эйнштейн: Жизнь. Смерть и бессмертие. – М.: Наука, 1980.
Mantiqiy mushohada uchun
1.Borliqdagi bir holat (harorat) tilda nega ikki (issiq va sovuq) ga bo‘linadi?
2.Issiq va sovuq so‘zlarining ziddiyati obyektivmi yoki subyektiv?
3.Qorong‘ulik va yorug‘liq so‘zlarining izohini lug‘atdan kuzatib, qiyoslang va talaba Eynshteyn fikriga munosabat bildiring.
|
3. Semema va tushuncha munosabati. Lisoniy mohiyat sifatida sememaning mantiqiy kategoriya bo‘lgan tushunchaga munosabati masalasi murakkab. Bunda, birinchidan, semema birlamchimi yoki tushuncha, ikkinchidan, semema tushunchada qay tarzda aks etadi degan munozarada ko‘zga tashlanadi. Tilshunoslikda sememaga munosabatda ikki yo‘nalishni farqlash lozim bo‘ladi:
a) ichdan yondashuv (ya’ni sememadan leksemaga);
b) sirtdan yondashuv (ya’ni leksemadan sememaga).
O‘zbek tilshunosligida semema va tushuncha munosabati turlicha talqin qilinadi. Masalan, ayrim mutaxassislar semema, ko‘pincha, ongimizdagi ma’lum bir tushuncha bilan bog‘liq bo‘ladi, deb hisoblaydi. Tushuncha ong, mantiq birligi, semema esa, tilga, leksemaga xos birlik. Кo‘p hollarda bir semema bir necha tushunchani o‘z ichiga oladi. Jumladan, o‘rik leksemasining sememasi quyidagi tushunchalarda namoyon bo‘ladi:
a) ho‘l mevaning bir turi;
b) shu mevaning quritilgani;
d) shu mevani beradigan daraxt.
Shunga ko‘ra, tushuncha va semema o‘zaro hamma vaqt ham mos kelavermaydi. Bu hodisa, ayniqsa, ma’nodosh leksemalarda yaqqol ko‘zga tashlanadi. Кo‘rinadiki, lingvistik belgilardagi asimmetriya (nomutanosiblik) hodisasi semema va tushuncha munosabatida ham ko‘rinadi. Buni chizmada quyidagicha berish mumkin (18-jadval):
18-jadval
SEMEMA
|
Tushuncha
|
Tushuncha
|
Tushuncha
|
TUSHUNCHA
|
Semema
|
Semema
|
Semema
|
Bunda ayrim e’tirozli jihatlar mavjud.
Birinchidan, semema ko‘pincha emas, balki har doim ham ongdagi tushuncha bilan bog‘langan. Semema tushunchaning ifodasidir. Olimlar tavsifda ko‘pincha so‘zini qo‘llashda sememaning har doim ham ma’lum bir tushuncha bilan bog‘lanavermasligini nazarda tutadi. Ularning bu fikri quyidagicha ifodalanadi: «Shuni ham aytish kerakki, yordamchi leksema sememalarida tushuncha bilan bog‘lanish yo‘q. Chunki, yordamchi leksema, aytilganidek, qo‘shimcha va leksema ziddiyatida oraliq uchinchi vazifasini o‘taydi. Ular shaklan leksema, mazmuni (vazifasi), sememasiga ko‘ra esa qo‘shimcha» (H.Ne’matov, R.Rasulov. O‘zbek tilining sistem leksikologiyasi asoslari. 57-bet). Biroq yordamchi leksemalar morfema va mustaqil leksemalar ziddiyatida oraliq uchinchi vazifasini o‘tar ekan, ular nomustaqil leksemalar sifatida shaklan mustaqil leksemaga uyg‘un. Mazmun mundarijasi asosida grammatik morfema bilan bir qatorda turadi. Shu boisdan yordamchi leksemalar mazmun mundarijasini semema emas, balki grammatik ma’no deyish maqsadga muvofiq.
Yordamchi leksema ma’nosi bilan qo‘shimchaga yaqinlashsa, nomemaga egaligi asosida leksema bilan uyg‘unlashadi. Bundan kelib chiqqan holda aytish mumkinki, ma’lum bir hodisa, masalan, leksema ta’riflanar ekan, ta’rif ta’riflanayotgan hodisalarni to‘liq qamrab olmasligini e’tiborga olish lozim.
Dialektikada ham hodisalarga berilgan har qanday ta’rif mutlaq bo‘lmasligi, unda, baribir, ayrim hodisalar “ta’rifga sig‘may qolishi” ta’kidlanadi.
Bir necha tushunchani o‘zida mujassamlashtirgan leksemaning mazmun mundarijasi murakkab tabiatliligi bilan xarakterlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |