Azot
Azot (lot. Nitrogenium), N – Mendeleyev davriy sistemasining V guruhiga mansub kimyoviy element. Tartib raqami 7,
atom massasi
14,0067. Yer po‘stining og‘irlik jihatidan 0,01 % ini tashkil etadi. Havoda erkin holda bo‘ladi (havoning og‘irlik jihatidan 75,6 %; hajm
jihatidan 78,9 % azotdan iborat). Tuproqda turli minerallar va organik birikmalar tarkibiga kirgan holda uchraydi; masalan, u natriyli
selitra (NaNO
3
) va kaliyli selitra (KNO
3
) tarkibida bo‘ladi, toshko‘mirda 1 – 1,25 %, neftda 1,5 %, oqsil moddalarda 17 %, odam
tanasida 3 % gacha bo‘lishi mumkin. Azotni birinchi marta 1772-yilda Rezerford ajratib olgan. Ikkita barqaror izotopi bor: 14N
(99,635 %) va 15N (0,365 %); radioaktiv sunʼiy izotoplari ham bor, bulardan eng uzoq, mavjud bo‘ladigani 13N dir (yarim yemirilish
davri 10,08 daqiqa). Sanoatda suyultirilgan havoni parchalab olinadi.
Azot – rangsiz, hidsiz gaz; qaynash temperaturasi – 195,8°, suyuqlanish temperaturasi – 209,86°, 1 l azot 1,2506 g; 1 l suvda (0° da)
23,3 ml eriydi. Odatdagi sharoitda azot nihoyatda passiv, faqat litiy bilan birikishi mumkin; boshqa elementlar bilan qizdirilganda,
bosim taʼsirida va katalizatorlar ishtirokidagina birika oladi. Vodorod bilan birikib, ammiak, gidrazin va boshqa birikmalar, kislorod
bilan oksidlar, metallar bilan nitridlar hosil qiladi.
Azot o‘simliklar uchun asosiy „oziq“lardan biridir. Mineral va organik birikmalari tuproqqa yog‘in-sochin bilan yoki o‘g‘it sifatida
tushadi. Erkin azot ammiak sintezida, baʼzi kimyoviy reaksiyalarda inert muhit hosil qiluvchi sifatida, simobli termometrlardagi
bo‘shliqni to‘ldirishda, yonuvchan suyuqliklarni bir idishdan ikkinchi idishga haydashda va boshqa maqsadlarda ishlatiladi. Suyuq
azotdan past temperatura bilan bog‘liq bo‘lgan ishlarda (kriostatlar, vakuum qurilmalar va boshqalarda) foydalaniladi. Azotning tabiiy
birikmalari ammoniy xlorid va turli nitratlar (
selitralar
)dan iborat. O‘rta Osiyoning quruq cho‘l iqlimida ko‘p miqdorda selitra to‘planadi.
Azot oqsillar, nuklein kislotalar,xlorofill va fermentlarning ajralmas tarkibiy qismi bo‘lganligidan o‘simliklar hayot faoliyatida asosiy
ahamiyatga ega. O‘simliklar tuproqdagi azotli moddalarni o‘zlashtirib, ulardan oqsil hosil qiladi. Havodagi erkin azotni azot birik-
malariga aylantiruvchi mikroorganizmlar tufayli tuproqda ancha miqdorda azot to‘planadi. U tuproqda asosan to‘rt xil birikma holida:
chirindi (gumus) azoti, ammoniy tuzlari, nitratlar (NO
3
), oqsil organik azoti (to‘liq parchalanmagan o‘simlik qoldiqlari) va ularning
o‘zgarish mahsulotlari – aminokislotalar,
peptidlar
,
amidlar
va aminlar holida mavjud bo‘ladi.
Azotni tuproqdagi organik birikmalarini eruvchanligi bo‘yicha uch guruhga: suvda eriydigan, suyultirilgan kislota bilan
gidrolizlanganda eritmaga o‘tuvchi va suyultirilgan kislota bilan gidrolizlanganda erimaydigan guruhga bo‘lish mumkin. Erimaydigan
guruhga mansub bo‘lgan azot kam harakatchan va o‘simliklarga yaxshi singmaydi. O‘rta Osiyoning ayrim tuproqlari tarkibidagi
umumiy azotning taxminiy miqdori: och tusli bo‘z tuproqlar (haydalma qatlam)da – 0,04–0,07 %, ko‘pdan beri sug‘orilib kelinayotgan
tipik bo‘z tuproqlarda – 0,10–0,15 % va to‘qtusli o‘tloq tuproqlarda – 0,20–0,50 %. O‘rta Osiyoning sug‘oriladigan dehqonchilik
mintaqalarida yuqori hosil olish uchun tuproqda azot zahirasi yetarli emas, shuning uchun bu yerlarda azotli o‘g‘itlar qo‘llaniladi.
O‘simliklardagi azotning ko‘p qismi oqsil moddalari holida bo‘ladi. Turli urug‘lar oqsili tarkibidagi azot miqdori 16,5–17,5 % ni tashkil
qiladi. G‘o‘za-beda almashlab ekishda beda ekilgan har gektar yerda biologik azotga boy 20 tonnagacha organik modda hosil bo‘ladi;
undagi biologik azot miqdori 400– 600 kg/g. Azotdan o‘g‘itlar ishlab chiqarishda, ko‘pchilik sanoat sohalari, jumladan,
metallurgiyadagi turli kimyoviy jarayonlarda inert muhit sifatida foydalaniladi.
[1]
1.
OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ko‘proq o‘rganish Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005)
maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Xossalari
Ishlatilishi
Manbalar