O‘to‘rgichlarning ekspluatatsion ko‘rsatkichlari. Segmentlar, qarshi qirqish plastinalari va ishqalanish plastinalari qalinligi 2...3 mm li U9 po‘latdan tayyorlanadi. Ularning ishqalanish yuzalari sil- liqlanadi, toblanadi va bo‘shatiladi; segmentning old asosidagi 40 mm li kenglik va yon tig‘lardagi 10...15 mm li kenglik qattiqligi HRC 50…56 ga yetkaziladi. Toblanmagan joylar qattiqligi ko‘pi bilan HRC 35 bo‘lishi lozim. Cho‘yandan tayyorlangan panjalar 11 ning segmentlarga urinadigan sirti silliqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |