O‘rtacha qirqish apparatida (1.4-e rasm) t kto = S = 76,2 mm yoki 101,6 mm, S = 76.2 mm, k = 3/2. bo‘lgan qirqish apparatlari xorijiy o‘to‘rgichlarda ishlatiladi. S = 101,6 mm, k = 4/3 apparatlar oddiy o‘to‘rgichlarda qo‘llaniladi.
KS-1,2 tezkor o‘to‘rgichning segment-barmoqli qirqish apparati (1.5 -rasm) ikki asosiy qismdan – pichoq va qo‘zg‘almas barmoqlar brusidan iborat. .Qirqish jufti qo‘zg‘almas brus 14 ga boltlar bilan qotirilgan po‘lat barmoq 8, uning perosimon qismiga parchin mixlar bilan biriktirilgan plastina 9 va pichoq segmenti 10 dan iborat. Ekil- gan va tabiiy o‘sgan o‘tlarni 12 km/soat gacha tezlikda harakatlanib
1.4-rasm. Segment-barmoqli qirqish apparatlarining turlari: a – picho- g‘i bir yo‘l o‘tadigan; b – pichog‘i ikki yo‘l o‘tadigan baland qirqish appa- rati; d – past qirqish apparati; e – o‘rtacha qirqish apparati
o‘radi. Qamrash kengligi 2,1m. Ish vaqtida ichki 2 va tashqi 5 bosh- moqlarga tayanadi. O‘ng tomondagi tashqi boshmoqqa dala taxtasi 7, taxtaga esa, ichki tomonda sim chiviqlar 1 biriktirilgan. Chiviqlar o‘rilgan poyalarni chap tomonga) chetlatadi. Navbatdagi yonma-yon o‘tishida ichki boshmoq toza (o‘t poyalari yo‘q) joydan sirpanib yu- radi va avval o‘rilgan o‘tlarni shikastlamaydi. O‘to‘rgich harakatlan- ganda o‘rilgan o‘tlar barmoqlar brusi 14 ustidan oshib, dalaga tusha- di. Ichki va tashqi boshmoqlarga biriktirilgan po‘lat sirpangichlar 6 poyalarni qirqish balandligini rostlash uchun xizmat qiladi.
Tashqi boshmoq 5 tumshug‘i ichki boshmoq 2 ning yonidagi barmoqning tumshug‘i orqali, traktor ketingi g‘ildiraklarining o‘qiga parallel o‘tkazilgan chiziqdan 35...55 mm oldinda bo‘lishi kerak.
Apparat kallagi 4 va bunga biriktirilgan segmentli pichoq KShM yordamida ilgarilanma-qaytma harakatga keltiriladi. Krivoship vali bir yo‘l o‘tuvchi pichoq uchun 900...1150 min-1, ikki yo‘l o‘tuvchi pichoq uchun esa 450...550 min-1 chastota bilan aylanadi.
Pichoq ilgarilanma-qaytma harakatlanadi va apparatning faol qis- mi vazifasini bajaradi. Pichoq kallak 4, po‘lat polosadan tayyorlan- gan yelka 12 va unga har qaysisi ikkita parchin mix bilan biriktiril- gan segmentlar 10 dan tashkil topgan. Segmentlarning pastki keng asosi yelkadan 5 mm tashqariga chiqarilgan bo‘ladi.
1.5-rasm. KS – 2,1 tezkor o‘to‘rgichning segment-barmoqli qirqish ap- parati: 1 – ayirgich; 2 va 5 – boshmoqlar; 3 va 16 – old va ketingi yo‘nal- tirgichlar; 4 – pichoq kallagi; 6 – sirpangich; 7 – dala taxtasi; 8 – barmoq; 9
– qarshi qirqish plastinasi; 10 – segment; 11 – bosish panjasi; 12 – pichoq yelkasi; 13 – ishqalanish plastinasi; 14 – brus; 15 va 17 – chuv
Do'stlaringiz bilan baham: |