Sdh asosidagi tolali optik aloqa tizimlarining regeneratsiyalash uchastkasi uzunligini hisoblash va aloqani tashkil etish



Download 141,79 Kb.
Sana14.01.2022
Hajmi141,79 Kb.
#363444

13 – amaliy mashg‘ulot
SDH ASOSIDAGI TOLALI OPTIK ALOQA TIZIMLARINING REGENERATSIYALASH UCHASTKASI UZUNLIGINI HISOBLASH VA ALOQANI TASHKIL ETISH

13.1. Mashg‘ulotning maqsadi
Raqamli tolali optik aloqa tizimlarining liniya traktini, optik regeneratorning tuzilish prinsipini o‘rganish, regeneratsiyalash uchastkasi uzunligini hisoblash va aloqani tashkil etish ko‘nikmalarini shakllantirish.

13.2. Topshiriq
13.2.1. Mashg‘ulotga tayyorlanishda quyidagi o‘quv materiallarini o‘rganish va 13.3 paragrafda keltirilgan nazorat savollari (NS) ga tayyorlanish zarur:

NS ning 13.3.1-13.3.7 bandlar bo‘yicha: o‘quv materiali, [13.1] ning 275-281 betlarida, [13.2] ning 95-100 betlarida, [13.3] ning 186-190 betlarida, [13.4] ning 140-143 betlarida bayon etilgan.

NS ning 13.3.8-13.3.13 bandlar bo‘yicha: o‘quv materiali [13.1] ning 158-180 betlarida, [13.2] ning 100-106 betlarida, [13.3] ning 191-200 betlarida bayon etilgan.

NS ning 13.3.13-13.3.19 bandlar bo‘yicha: o‘quv materiali [13.4] ning 146-149 betlarida, [13.5] ning 108-124 betlarida bayon etilgan.

13.2.2. O‘zingizga tegishli variant (n) bo‘yicha quyidagi jadvalning 2-12 ustunlarida keltirilgan parametrlari bo‘yicha uning oxirgi ustunida ko‘rsatilgan parametrlari qiymatlarini aniqlang.

13.1-jadval. Topshiriq variantlari






B0, bit/s

Эp,

dB


YoM

ning turi



Δ, nm

FQQ ning turi

Ltr,

km


, db/km

τn, ps/nm·km

lqu, km

HKS

ΔТ, grad

Qiymatlari aniqlanadi-gan parametrlar

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

11

12

13

1

8,5·106

42

YoD

30

pin

FD


200

0,35

6

2

ha

10

lru, nаy.u, аru, τ, lru.maks,Nlr

2

34·106

40

LD

0,5

pin

FD


225

0,28

7

4

yo‘q

15

lру, nаy.u, аru, τ, lru.maks,Nlr

3

140·106

34

LD

1

KFD

250

0,21

4

6

ha

20

lру, nаy.u, аru, τ, lru.maks,Nlr

4

8,5·106

43

LD

0,4

pin

FD


275

0,3

2,5

2

yo‘q

25

lру, nаy.u, аru, τ, lru.maks,Nlr

5

155·106

34

LD

1

pin

FD


300

0,19

5

4

ha

30

lру, nаy.u, аru, τ, lru.maks,Nlr

6

622·106

39

LD

0,5

KFD

325

0,25

8

6

yo‘q

10

lру, nаy.u, аru, τ, lru.maks,Nlr

7

2,5·109

28

LD

0,6

KFD

350

0,2

3

2

ha

15

lру, nаy.u, аru, τ, lru.maks,Nlr

8

8,5·106

43

YoD

40

pin

FD


150

0,29

4,5

4

yo‘q

20

lру, nаy.u, аru, τ, lru.maks,Nlr

9

34·106

40

LD

0,45

pin

FD


400

0,27

2

6

ha

25

lру, nаy.u, аru, τ, lru.maks,Nlr

10

140·106

34

LD

0,3

KFD

175

0,22

5,5

2

yo‘q

30

lру, nаy.u, аru, τ, lru.maks,Nlr

11

155·106

34

LD

0,5

pin

FD


450

0,21

3,5

4

ha

10

lру, nаy.u, аru, τ, lru.maks,Nlr

12

622·106

45

LD

0,25

KFD

425

0,23

8,5

6

yo‘q

15

lру, nаy.u, аru, τ, lru.maks,Nlr

13

2,5·109

29

LD

0,2

KFD

375

0,24

6,5

2

ha

20

lру, nаy.u, аru, τ, lru.maks,Nlr

14

8,5·106

43

YoD

25

pin

FD


125

0,26

8

4

yo‘q

25

lру, nаy.u, аru, τ, lru.maks,Nlr

15

34·106

40

LD

0,35

pin

FD


500

0,31

7,5

6

ha

30

lру, nаy.u, аru, τ, lru.maks,Nlr

16

140·106

34

LD

0,5

pin

FD


475

0,32

9

2

yo‘q

10

lру, nаy.u, аru, τ, lru.maks,Nlr

17

155·106

34

LD

0,4

pin

FD


550

0,33

10

4

ha

15

lру, nаy.u, аru, τ, lru.maks,Nlr

13.1 - jadvalni tuzishda quyidagi belgilashlardan foydalanilgan: В0 – optik signalni liniyaga uzatish tezligi; Эp – energetik potensial; YoM – yorug‘lik manbai; YoD – yorug‘lik diodi; LD – lazer diodi; Δ – nurlanish polosasining kengligi; FD – fotodiod; pin FD – p-i-n turdagi fotodiod FD; KFD – ko‘chkili fotodiod; Ltr – tolali optik aloqa liniya traktining uzunligi;  – so‘nish koeffisienti; τn – normallashtirilgan dispersiya; lqu – optik kabelning qurilish uzunligi; HKS – haroratni kompensasiyalovchi sxema; ΔT – haroratning o‘zgarishi; nay.u – ajralmaydigan ulagichlar soni; аru – regeneratsiyalash uchastkasidagi so‘nish; lru – regeneratsiyalash uchastkasi uzunligi; lru.maks – regeneratsiyalash uchastkasining maksimal uzunligi.


13.3. Nazorat savollari:
13.3.1. Raqamli tolali optik aloqa tizimlarining liniya traktiga ta’rif bering.

13.3.2. Optik aloqa liniya traktida regenerator va kuchaytirgichlarni qo‘llashda qanday farq bor?

13.3.3. Optik liniya traktida regeneratorlardan qanday maqsadda foydalaniladi?

13.3.4. Optik regeneratorlar qanday alohida xususiyatlarga ega?

13.3.5. Optik signallarni regeneratsiyalash jarayonini tushuntiring.

13.3.6. Raqamli optik regeneratorlarning umumlashgan tuzilish sxemasini tushuntiring.

13.3.7. Optik regeneratorlarning tuzilishi va ish prinsipini vaqt diagrammalari asosida tushuntiring.

13.3.8. Optik kuchaytirgichlar qanday xususiyatlarga ega?

13.3.9. Optik kuchaytirgichlarning qanday turlarini bilasiz?

13.3.10. Optik kuchaytirgichlar qanday asosiy parametrlar bilan tafsivlanadi?

13.3.11. Aralashma tolali optik kuchaytirgichlarning tuzilishi va ish prinsipini tushuntiring.

13.3.12. Nega yarim o‘tkazgichli optik kuchaytirgichlar keng qo‘llaniladi?

13.3.13. Optik kuchaytirgichlar vazifasiga ko‘ra qanday turlarga bo‘linadi?

13.3.14. Tolali optik liniya traktining regeneratsiyalash uchastkasi uzunligini ifodalovchi miqdoriy munosabatini keltiring va tafsivlang.

13.3.15. Regeneratsiyalash uchastkasi uzunligining to‘g‘ri tanlanganligi optik tolaning qaysi parametrlari orqali tekshiriladi?

13.3.16. Ajralmaydigan optik ulagichlar soni qanday miqdoriy munosabat bilan aniqlanadi?

13.3.17. Energetik potensial tushunchasiga ta’rif bering.

13.3.18. Tolali optik liniya traktida signalni uzatish sifatiga qanday omillar ta’sir qiladi?

13.3.19. Regeneratsiyalash uchastkasidagi yo‘qotishlar yig‘indisi qanday miqdoriy munosabat bilan aniqlanadi?
13.4. Amaliy mashg‘ulotga yakun yasash
Tolali optik aloqa tizimlarining (TOAT) liniya traktiga oid o‘quv materiallari o‘rganildi. Regeneratsiyalash uchastkasi uzunligini hisoblash va TOAT liniya traktini tuzish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar egallandi.
13.5. Foydalaniladigan adabiyotlar
13.1. Yunusov N.Yu., Isayev R.I., Mirazimova G.X. Optik aloqa asoslari. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi – T.: Cho‘lpon nomidagi NMIU, 2014 – y. – 368 bet.

13.2. Mirazimova G.X. Optik aloqa asoslari: O‘quv qo‘llanma., t.f.n., dosent Isaev R.I. mas’ul muharrirligi ostida.-Toshkent, TATU bosmaxonasi, 2006.- 136 b.

13.3. Фриман Р. Волоконно–оптические системы связи: Перевод с английского под ред. Н.Н. Слепова–М.: Техносфера, 2003. -380 c.

13.4. Иванов В.И., Гордиенко В.Н., Попов Г.Н., Исаев Р.И. и др. Цифровые и аналоговые системы передачи: Учебник для вузов/ Под ред. Иванова В.И.- 2-е изд. – М.: Горячая линия – Телеком, 2003.

13.5. Е. Б. Алексеев, В. Н. Гордиенко, В. В. Крухмалев и др. Проектирование и техническая эксплуатация цифровых телекоммуникационных систем и сетей. Учебное пособие для вузов / Под редакцией В. Н. Гордиенко и М. С. Тверецкого. - М.: Горячая линия - Телеком, 2008.
13.6. Topshiriqning 2-bandini bajarish bo’yicha ko’rsatmalar
Tola bo‘ylab tarqalayotgan yorug‘lik nurlanishining so‘nishidan kelib chiqqan holda optik liniya traktidagi mavjud barcha yo‘qotishlarni hisobga olsak, regeneratsiyalash uchastkasi uzunligini hisoblash quyidagi miqdoriy munosabat bilan aniqlanadi:
Lru  (Эpа.u·nа.uаy.u·nаy.utВ)/, (13.6.1)
bu yerda Эpuzqq, ya’ni uzatilgan va qabul qilingan signal sathlari orasidagi farq bo‘lib, u tolali optik uzatish tizimining energetik potensialini ifodalaydi, u dB larda o‘lchanadi (Эp ning qiymati tegishli variantda beriladi);

 - optik tolaning so‘nish koeffisienti, dB/km (uning qiymati variantda beriladi);


nа.u -ajraladigan ulagichlar soni (ularning soni 2 ga teng bo‘lib, optik tolaning kirish va chiqishida o‘rnatiladi);

аа.u = 0.25 dB, ajraladigan ulagichlardagi yo‘qotishlar, dB;

nаy.u - ajralmaydigan ulagichlar soni;

ааy.u = 0.05 dB, ajralmaydigan ulagichlardagi yo‘qotishlar, dB;

аt - xaroratning o‘zgarishi bilan optik tolada hosil bo‘ladigan yo‘qotishlarning qiymati, dB;

аВ -vaqt o‘tishi bilan regeneratsiyalash uchastkasi komponentlari (nurlanish manbai-kabel-fotoqabulqilgich) xarakteristikalarining yomonlashuvi bilan bog‘liq bo‘lgan yo‘qotishlarning qiymati, dB;

аt va аВ qiymatlari mos ravishda 13.1va 13.2-jadvallardan aniqlanadi.

13.6.1-miqdoriy munosabatda ajralmaydigan ulagichlarning soni noma’lum bo‘lgani uchun, ushbu formulani quyidagi ko‘rinishga keltiramiz:


nаy.u = lru / lqu – 1, (13.6.2)
bu yerda: lqu -kabelning qurilish uzunligi, km (uning qiymati tegishli variantda beriladi);

(13.6.2) ni (13.6.1) ga qo‘yib, quyidagi natijaviy munosabatlarga kelamiz

lru [Эpа.u·nа.uаy.u (lru/lqu–1)-аtВ]/;
lru ·  + ааy.u lru/lqu Эpа.u·nа.u+ааy.utВ;
lru  (Эpа.u·nа.uаy.utВ)/(+ ааy.u / lqu); (13.6.3)

Tolali optik uzatish tizimi parametrlarining xaroratga bog‘liq ravishda o‘zgarishidan hosil bo‘ladigan yo‘qotishlarning qiymatlari 13.2-jadvalda keltirilgan.

Tolali optik uzatish tizimi parametrlarining xaroratga bog‘liq ravishda o‘zgarishidan hosil bo‘ladigan yo‘qotishlarning qiymatlari
13.2-jadval

Xaroratni kompensatsiyalovchi sxemaning qo‘llanilishi

Xaroratning o‘zgarishi, ΔТ0

аt yo‘qotishlarining qiymati, dB

Yo‘q

10…30

4

Yo‘q

10

2

Ha

10…30

1

Ha

10

0

Boshlang‘ich ma’lumotlardan nurlanish manbai va fotoqabulqilgich turlarini bilgan xolda (tegishli variantda beriladi) 13.3-jadvaldan аВ ning qiymati aniqlanadi.

Nurlanish manbai va fotoqabulqilgich kombinasiyasiga bog‘liq xolda vaqt o‘tishi bilan elementlarning degradasiyasidan hosil bo‘ladigan yo‘qotishlarning qiymatlari
13.3-jadval


Nurlanish manbai va fotoqabul qilgich kombinasiyasi

YoD+pinFD


YoD+KFD

LD+pinFD

LD+KFD


ав, дБ

2….3

3…4

4…5

4…6

Olingan qiymatlardan foydalanib, (13.6.3) miqdoriy munosabatlardan regeneratsiyalash uchaskasi uzunligi, so‘ng (13.6.2) miqdoriy munosabatlardan esa ajralmaydigan ulagichlar soni na.y.u. aniqlanadi.

Regeneratsiyalash uchastkasi uzunligi to`g‘ri tanlanganligi yo‘qotishlar yig‘indisi va dispersiya bo‘yicha tekshiriladi.

Regeneratsiyalash uchastkasidagi yo‘qotishlar yig‘indisi aру quyidagi miqdoriy munosabatlardan aniqlanadi:


aru =lru+nаu·aаu+na.y.u·аа.y.ut+aв (13.6.4)
bunda аru Эp (13.6.5)
shart bajarilishi kerak, aks xolda lру ni hisoblashda noto‘g‘ri natijaga kelinadi.

Regeneratsiyalash uchastkasi uzunligining to‘g‘riligi optik tolaning dispersiya xususiyatlari orqali ham tekshiriladi.

Dispersiyani hisobga olgan xolda regeneratsiyalash uchastkasining maksimal uzunligi quyidagi miqdoriy munosabat orqali aniqlanadi:
lru maks = 0,25/ τ*B (13.6.6)
bu yerda B–liniya traktidagi uzatish tezligi, bit/s; mBnB turdagi optik liniya kodlari taktli chastotani m/n martaga ortishiga olib keladi. Masalan, 1B2B, 2B4B kodlari qo‘llanilganda taktli chastota, shunga mos tarzda signallarni liniyaga uzatish tezligi ham 2 martaga ortadi:
В=2В0, bit/s,
τ - optik tola dispersiyasining o‘rtacha kvadratik qiymati, s/km.

Bir modali optik tolaning normallashtirilgan o‘rtacha kvadratik dispersiyasi τ н, ns/(nm·km) yoki ps/(nm·km) larda o‘lchanadi.

τ ning qiymati bu xolda quyidagicha aniqlanadi:
τ =K·Δ·τ n, (13.6.7)
bu yerda τ n ning o‘lchamlari ns/(nm·km) berilsa , k=10-12 ga,

τ n ning o‘lchamlari ps/(nm·km) berilsa, k=10-9 ga teng.

Δ- optik nurlanishning polosa kengligi, nm (uning qiymatlari tegishli variantda beriladi).

Hisoblash natijasi asosida olingan regeneratsiyalash uchastkasi uzunligi


lru маks lru (13.6.8)
shartni qanoatlantirishi kerak.

Hisoblangan reneneratsiyalash uchastkasi uzunligi lru (13.6.5) va (13.6.8) shartlarining birontasini xam qanoantlantirmasa, u xolda lru ni takroriy hisoblash kerak.

Hisoblashlar yakunida hisoblangan regeneratsiyalash uchastkasida optik ulagichlarni joylashtirish (13.1-rasm) va trassaning tuzilish sxemalarini (13.2-rasm) chizish joiz. Buning uchun liniya traktida o‘rnatiladigan liniya regeneratorlarining sonini aniqlash kerak:
Nlr = (Ltr /lru)-1 (13.6.9)
bu yerda Ltr – liniya traktining uzunligi, km (uning qiymatlari tegishli variantda beriladi) ;

lru – hisoblangan regeneratsiyalash uchastkasi uzunligi, km.


UzОМ QqОМ

А-ОU ОК АY-ОU1 ОК АЙ-ОУ2 … АЙ-ОУn ОК А-ОУ



. . .


lqu, km

13.1-rasm. Hisoblangan regeneratsiyalash uchastkasining tuzilish sxemasi.


ОQ-А ОК LR-1 ОК LR-2 ОК … ОК LR-n ОК ОQ-B



lru, km


Ltr, km
13.2 rasm. Tolali optik liniya traktida regeneratorlarni joylashtirish sxemasi.
Topshiriqni bajarish bo‘yicha misol keltiramiz
Raqamli tolali optik aloqa tizimining quyidagi boshlang‘ich parametrlari berilgan bo‘lsin:



1.

Uzatish tezligi

В0, bit/s

155*106

2.

Energetik potensial

Эp, dB

34

3.

Nurlanish manbaining turi




LD

4.

Nurlanish spektrining kengligi

Δ, nm

3

5.

Fotoqabulqilgich turi




p-i-n FD

6.


Tolali optik aloqa liniya traktining uzunligi

Ltr, km

614


7.

So‘nish koeffisienti

, dB/km

0.22

8.

Normallashtirilgan dispersiya

τ n, ps/nm·km

5

9.

Kabelning qurilish uzunligi

lqu , km

4

10.

XKS ning qo‘llanilishi




Ha

11.

Xaroratning o‘zgarishi

∆Т0

20

Raqamli tolali optik aloqa tizimining liniya traktini tafsivlovchi quyidagi parametrlarning son qiymatlarini aniqlang:


lru, nаy.u, аru, τ, lru.маks,Nlr
Topshiriqni bajarish bo‘yicha ko‘rsatmalarda berilganidek аа.u = 0,25 dB;

аа.y.u = 0,05dB; na. u = 2.

13.2 va 13.3 jadvallardan: аt = 1 dB; ав =4 dB.

(13.6.3) miqdoriy munosabatlardan regeneratsiyalash uchastkasi uzunligini aniqlaymiz:


lru ≤ ( 34 – 0,25 · 2 + 0,05 – 1 – 4 ) / ( 0,22 + 0,05/4); km.

lru ≤ 122,8 km.
(13.6.2) – miqdoriy munosabatlardan ajralmaydigan ulagichlar sonini hisoblaymiz:

nay.u = 122,8/4 – 1 = 29,7 ≈ 30


(13.6.4) – miqdoriy munosabatlardan foydalanib, hisoblangan regeneratsiyalash uchastkasidagi yo‘qotishlar yig‘indisi aru ni hisoblaymiz:
аru = 0,22 · 122,8 + 2 · 0,25 + 30 · 0,05 + 1 + 4 ≈ 34 dB.
аru≤ Эp shart bajarildi, ya’ni аru = Эp
Demak, lru ning qiymati to‘g‘ri tanlangan.
lru qiymatini optik tolaning dispersiya xususiyatlari orqali tekshiramiz.

(13.6.7) miqdoriy munosabatlardan dispersiyaning o‘rtacha kvadratik qiymati aniqlanadi (variant bo‘yicha Δ=0,3 nm): В=2*В0=2*155 Mbit/s=310 Mbit/s



(13.6.6) miqdoriy munosabatlardan foydalanib, regeneratsiyalash uchastkasining maksimal uzunligini aniqlaymiz:

Hisoblash natijasi bo‘yicha lru маks lru shart bajarildi.

So‘nish bo‘yicha hisoblangan lru qiymatini optimal deb olamiz.


(13.6.9) miqdoriy munosabatlardan foydalanib, liniya traktida joylashtiriladigan liniya regeneratorlari (LR) sonini aniqlaymiz:
Nlr = Ltr/ lru - 1 = 614/122,8 – 1 = 4
Hisoblashlar natijasida aniqlangan regeneratsiyalash uchastkasining va liniya traktining tuzilish sxemalarini chizamiz:

UzОМ QqОМ


А-ОU ОК АY-ОU1 ОК АY-ОU2…АY-ОUn ОК А-ОU

lqu = 4 km . . .

13.1-rasm. Hisoblangan regeneratsiyalash uchastkasining tuzilish sxemasi.


ОQ-А ОК LR-1 ОК LR-2 ОК ОК LR-n ОК ОQ-B

lру, km


Ltr = 614 km
13.2- rasm. Tolali optik liniya traktida regeneratorlarni joylashtirish sxemasi.
Download 141,79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish