ǀ
ISSUE 2
ǀ
2022
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
www.scientificprogress.uz
Page 842
solindi va kasbiy
–
musiqa amaliyoti yangi bosqichga yuksaldi. Ana shu omillar ta'sirida
O'rta asrda, Sharqning yirik shaharlarida o'n ikki maqom tizimi yuzaga kelgan edi. O'n
ikki maqom tizimi tasnifi dastlab Safiuddin Urmaviyning musiqa ilmiga doir asarlarida
ishlab chiqilgan. Oʻn ikki maqom negizida keyinchalik har xil milliy hamda mintaqaviy
maqom turlari va turkumlari vujudga keldi. Bular oʻzbek va tojiklarda maqom deyilsa,
turkman va uygʻurlar
da muqom, eron xalqlari, ozarbayjon va armanlarda murom yoki
dastgoh, turklarda makam, arab xalqlarida maqam shaklida talaffuz qilinadi [2].
XVII asrga kelib o'n ikki maqom tizimi inqirozga uchradi, uning negizida Sharq
xalqlari orasida maqomlarning milliy va mahalliy shakllari vujudga kela boshladi. 18
–
asrning o'rtalarida O'rta Osiyoning yirik madaniy markazlaridan biri Buxoro shahrida
saroy sozanda, xonanda va bastakorlari ijodiy faoliyatida Shashmaqom shakllanib,
Buxoro maqomlari, Buxoro Shashmaqomi nomlarida ham yuritildi. Shashmaqom
"Buzruk", "Rost", "Navo", "Dugoh", "Segoh" va "Iroq" maqomlaridan tashkil topgan
bo'lib, jami 250 dan ortiq har hil shakldagi kuy va ashulalardan iboratdir. Shashmaqom
asosan og'zaki tarzida avloddan
–
avlodga ustoz
–
shogird an'anasida o'tib keldi. 1920
–
yillarda Buxoro, Samarqand, Toshkent shaharlarida mahsus musiqa maqtablari, bilim
yurtlari tashkil qilinib, ularda maqom va mumtoz musiqalarini o'zlashtirishga e'tibor
qaratildi. Otag'iyos Abdug'aniyev, Ota Jalol, Abdusoat Vahobov, Shorahm Shoumarov
kabi sozanda va hofizlar yoshlarga saboq berish uchun jalb etildilar. 20
–
asrning 1950
–
yillaridan O'zbekistonda maqomshunoslikka katta e'tibor qaratila boshladi. Yunus
Rajabiy tomonidan sozanda va xonandalar ijrosidan yozib olingan
–
5 jildan iborat
"O'zbek xalq musiqasi" 1959
–
yilda va 6 jilddan iborat "Shashmaqom" (1966
–
75) nomli
to'plamlari nashr etildi. Shuningdek ko'plab xonanda, sozanda va musiqashunoslar
maqom asoslarini yoritib bergan to'plamlar, risolalar yaratishib o'zbek maqom sa'nati
rivojiga o'z hissalarini qo'shishgan.
MUHOKAMA
Hozirgi kunda o'zbek xalqining madaniy boyligi xisoblangan maqomlarimizni o'z
holicha kelgusi avlodga yetkazib berishimiz asosiy madadimizdan biri xisoblanadi.
Ammo o'sib kelayotgan yosh avlod, milliy an'anaviy ashulalar va maqomlarni deyarli
eshitmaydi. Bugungi kunda yengil
–
yelpi qo'shiqlar va musiqalarni eshitish, kuylash
yoshlar o'rasida avj olgani sir emas. Bu esa judayam achinarli xolat. Ajdodlarimizdan
me'ros qolgan maqom va Shashmaqomlarni nafaqat ijro etish balkim tinglash ham bir
muncha mushkulroqdir. Ilmiy jihatdan biliamizki, musiqa inson ruhiyatiga, estetik
tarbiyasiga, kayfiyatiga o'z ta'sirini o'tkazadi. a ahamiyatlidir. Milliy mumtoz
musiqalari, maqomlar insonga xotirjamlik beribgina qolmay, og'ir bosiq, sabr
–
toqatli
bo'lishga o'rgatadi. Maqom musiqasi yoshlarni milliy ruhda shakllanishida muhim
ahamiyatga egadir. Yoshlar kelajak poydevori hisoblanadi. Ularni milliy o'zligini
anglashga, yuksak insoniy tuyg'ular ruhuda tarbiyalash, estetik didi va tafakkurini
SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 3
Do'stlaringiz bilan baham: |