Scientific progress volume ǀ issue ǀ



Download 12,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet517/981
Sana25.03.2022
Hajmi12,49 Mb.
#509823
1   ...   513   514   515   516   517   518   519   520   ...   981
Bog'liq
volume-3-issue-2

ǀ
ISSUE 2 
ǀ
2022 
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
 
www.scientificprogress.uz
 
Page 530
bashariyat shoiridir”, deya yakun yasamoqchi bo‘ladi, ammo hali
-hanuz turli millat va 
elat vakillari o‘rtasida Rumiy asli qaysi xalq vakili ekanligi to‘g‘risidagi munozaralar 
tugagani yo‘q. Zero, Bake Muan aytganidek: “Rumiy hayotining o‘zi ajoyib ramziy 
ma’noga ega: afg‘onlar, forsiygo‘ylar, turkiylarni birlashtirish bilan birg
a ushbu 
xalqlarni boshqa xalqlar bilan birlashtirishga muvaffaq bo‘lgan zotdir. Qanday qilib 
deysizmi? Axir ularning barchasi Rumiy bizniki degan fikrdadirlar
6
”. 2007 yil 
YUNESKO tashkiloti tomonidan Rumiy yili deb e’lon qildi va jahon miqyosida keng 
nisho
nlandi. Bu tadbir bo‘yicha xalqaro tashkilotning murojaatnomasida esa shunday 
satrlar keltirilgan: “Rumiy islom sivilizatsiyasining eng ulug‘ mutafakkiri va olimi 
bo‘lib qoladi. Afg‘oniston, Eron va Turkiya xalqlari uni o‘z shoirlari deb hisoblaydilar. 
U esa butun insoniyatga murojaat qiladi va barchani Pok Parvardigor soyasida 
birlashishga chaqiradi... Uning o‘zi aytganidek: “men uchun oshnolaru begonalar, 
qarindoshu qarindosh bo‘lmaganlar orasida farq yo‘q””.
Jaloliddin Rumiyning ota ajdodi shajarasi ham, ona ajdodi shajarasi ham 
muqaddas ildizlar shajarasiga tutashadi. Otasi Muhammad ibn Husayn ibn Ahmad Xatib 
Bahovuddin Valad bo‘lib, uning ajdodlari Muhammad (s.a.v.) vafotidan keyin birinchi 
xalifa etib tayinlangan Abu Bakr Siddiq (r.a.)ga borib taqaladi
. Onasi Mo‘mina xotun 
esa Xorazmlik sayyidalardan bo‘lib, nasabi Payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v.)ga 
borib taqaladi. Roziuddin Nishopuriyning xabar berishicha, Rumiyning bobosi 

Husayn bin Ahmad Xotibiy ham o‘z davrining taniqli ulamolaridan sanalgan, buvi
si 
Malikai Jahon Xorazmshohlar xonadoni vakilasi bo‘lgan. Alisher Navoiy o‘zining 
“Nasoyim
-
ul muhabbat” asarida yana bir qiziq ma’lumotni keltirib o‘tadi: “Hazrat 
Rasululloh (s.a.v.) Xorazmshohning tushiga kirib ishorat qildilarki, qizingni Husayn 
Xatibga nikoh qil! Bu nikohdan Bahovuddin Valad dunyoga keldi. U 2 yoshida otasi 
olamdan o‘tdi. Balog‘at yoshiga etganda din va irfonga oid bilimlarni chuqur 
o‘zlashtirdi. Ilmda kamoli ul erga etdiki, Hazrat Rasululloh (s.a.v.) tushida unga Sulton
-
ul ulamo (Olimlar sultoni) laqabini berdilar
7
”. O‘z davrining ulug‘ donishmandi 
hisoblangan Bahovuddin Valadni “Sulton
-
ul orifiyn” deb ham atashganlar. Bahovuddin 
Valad o‘z davrining yirik ulamosi va voizi bo‘libgina qolmay, Xorazmshohlar 
saroyining ham xos kishilaridan h
isoblangan. Uning “Maorif” nomli asari o‘sha 
paytlarda juda mashhur bo‘lgan. Bahovuddin Valad Najmiddin Kubroning muborak 
qo‘lidan muqaddas xirqani kiyib, shayxdan muhrli ijoza olgan va o‘z davrining yirik 
fiqh ilmi bilimdoni, fatvo sohibi hamda kubraviya tariqatining shayxi sifatida ham 
shuhrat qozongan. Jaloliddin Muhammadning onasi 1222 yilda Karamanda xastalikdan 
vafot etadi. Otasi esa 1231 yilning 23 fevralida Qunyo shahrida 73 yoshida olamdan 
o‘tadi.
6
Komilov N. Tafakkur karvonlari. - T.:Sharq, 2011.-B.190. 
7
Alisher Navoiy. Toʻla asarlar toʻplami. Nasoyim
-ul muhabbat. - T.:2013.-B.355.


SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 3 

Download 12,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   513   514   515   516   517   518   519   520   ...   981




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish