Page 492
ekanligini maʼlum qildi. Ammo uning ukasi Tohir Uburov (toʻgʻri yozilgani —
Yuburov) lavhadagi shaxsning Zokir emasligi, ammo uning ukasi ham Qozogʻistonda
hibsg
a olinganini maʼlum qildi.Qirgʻiziston IIV hibsga olingan shaxsning yaqinlariga
tayanib, Vikram Ruzaxunovning Olmaotaga konsertlar oʻtkazish uchun taklif etilganini
maʼlum qildi.
“Uni aeroportga onasi Qunduzxon va uning Bishkekdagi IPAM kompaniyasida
dastu
rchi boʻlib ishlayotgan nabirasi Askat Serikov kuzatib borishgan. Qozogʻistonda
ularning qarindoshlari boʻlmagan va musiqachi faqat taklifnoma bilan konsert
dasturlarini oʻtkazish, shuningdek, Qozogʻiston va MDH mamlakatlaridagi musiqa
festivallarida qatna
shish uchun safar qilgan”, —
deyiladi xabarda.
3
Qozoq televideniyesi orqali terrorchi deb koʻrsatilgan, hamma yogʻi momataloq
boʻlib yotgan shaxs asli qirgʻizistonlik uygʻur millatiga mansub mashhur musiqachi
boʻlib chiqdi.Bugun tongda ushbu video (https://youtu.be/b
-
XrxR2c10w) ayrim oʻzbek
blogerlari t
omonidan ham tarqatilgandi, hozir oʻchirib tashlangan. Unda oʻzining
nomaʼlum shaxslar tomonidan 200 dollarga Qirgʻizistondan yollab keltirilgani va
tojikistonlik hamda oʻzbekistonlik (!!!) shaxslar bilan bir uyda yashab, mitinglarga jalb
qilinmoqchi boʻlganini aytayotgan shaxs asli qirgʻizistonlik mashhur jaz musiqachisi
Vikram Roʻzioxunov boʻlishi mumkin. Uning qarindoshlari va doʻstlari shunday deb
taʼkidlashmoqda.
4
Vikramning
onasi
Bishkekdagi
Qozogʻiston
elchixonasiga
kelib
anglashilmovchilik bartaraf
etilishi va oʻgʻlini ozod etishlarini soʻrab ariza yozdi.
Qirgʻizistonda Vikramni ozod etishni talab qilib namoyishlar boshlangan. Qirgʻiziston
Milliy xavfsizlik davlat qoʻmitasi boshligʻi Qamchibek Tashiyev bayonot
(https://ru.sputnik.kg/amp/20220109/kyrgyzstan-vikram-ruzahunov-1061104175.html)
berib, Vikram terrorchi boʻlishi mumkin emasligini aytgan.Hozircha, avvaliga
Qozogʻiston kuchishlatar tizimlari videoda boshqa shaxs ekanini aytishdi, keyin esa
umuman jim boʻlib olishdi.
Voqeadan ikki katta hadik kelib chiqmoqda:
1. Inson huquqlari buzilmoqdami? Videodagi yuz-ko
ʻ
zi momataloq shaxs nima
uchun o
ʻ
ziga qarshi yolg
ʻ
on guvohlik beryapti?
2.Qozog
ʻ
istondagi voqealarda ishtirokchi sifatida Tojikiston va O
ʻ
zbekiston
fuqarolari ham qatnashgan degan ishora berilmoqchimi?
Yana bir misol:
Koronavirusga qarshi vaksina haqidagi eng keng tarqalgan feyk
va
noto‘g‘ri farazlar
Vaksinalar ishlab chiqarilishi boshlanganidan buyon odamlar orasida vaksinatsiya
jarayonlari va
ularda qo‘llanilayotgan preparatlar haqida turli xil yolg‘on xabarlar
tarqalgan. AQShning yirik jamoaviy sog‘liqni saqlash tizimi bo‘lgan NYC Health +
3
https://www.gazeta.uz/uz/2022/01/09/vikram/
4
https://t.me/shahnozxon
. Bloger Shahnoza Sagatova.