ǀ
ISSUE 2
ǀ
2022
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
www.scientificprogress.uz
Page 430
MAKTABGACHA TA’LIM TASHK
ILOTLARI
TARBIYALANUVCHILARINING NUQTINI O`STIRISHDA
O’ZBEK ADABIY
TILINING AHAMIYATI
Sarvinoz Abdusattorova
Samarqand davlat universitetining O'zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti 1-
bosqich magistranti
ANNOTATSIYA
Mazkur maqolada o`zbek adabiy tilining imkoniyatlari batafsil yoritilgan.
Shuningdek, maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarining nutqini o`stirishda
o’zbek adabiy
tilining ahamiyati xususida fikr yuritilgan.
Kalit so`zlar:
adabiy til, nutq, so`z boyligi, ohang, nutq o`stiruvchi vositalar,
adabiy til shakllanishi.
Ma’lumki, adabiy til
muayyan umumxalq tilining qayta ishlangan va me’yorlash
-
tirilgan, mazkur tilda soʻzlashuvchi xalqning madaniy ehtiyojlariga xizmat qiluvchi
shakli.
Mustaqillikka erishganimizdan so’ng adabiy tilni rivojlantirishga bo’lgan e’tibor
ya’nada kuchaydi. Keyingi
yillarda ayniqsa ta’lim sohasining bosh bo’g`ini bo’lgan
maktabgacha ta’lim tizimiga ahamiyat siyosat darajasiga ko’tarildi.
Prezidentimizning 2019 yil 8 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Shavkat Mirziyoyev “O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030
yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori, 30 sentabrdagi
“Maktabgacha ta'lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora
-tadbirlari
to‘g‘risida”gi farmoni hamda “O‘zbekiston Respublikasi Maktabg
acha ta'lim vazirligi
faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq bu sohada yangi tizim yaratildi.
Yurtboshimiz Sh.Mirzoyev o’z ma’ruzalaridan birida quyidagi fikrlarni ta’kidlab o’tadi
“Hayotimizda hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lgan ta'lim
-tarbiya tizimi haqida
gapirganda, Abdulla Avloniy bobomizning dono fikrlarini takror va takror aytishga
to‘g‘ri keladi: ta'lim
-tarbiya
–
biz uchun hayot-
mamot masalasidir”.
1
Darhaqiqat,
qaysi
sohani
olmaylik,
biz
zamonaviy
yetuk
kadrlarni
tarbiyalamasdan turib biron-
bir o‘zgarishga, farovon hayotga erisha olmaymiz.
Bunday
kadrlarni, millatning sog‘lom genofondini tayyorlash, avvalo, maktabgacha ta'lim
tizimidan boshlanadi. Maktabgacha ta'lim tizimi uzluksiz ta'limning birlamchi, eng
asosiy bo‘g‘ini hisoblanadi. Mutaxassis va pedagoglarning ilmiy xulosalariga ko‘ra,
inson o‘z umri davomida oladigan barcha axborot va ma'lumotning 70 foizini 5
yoshgacha bo‘lgan davrda oladi. Ana shu dalilning o‘zi bolalarimizning yetuk va
barkamol shaxs bo‘lib voyaga yetishida bog‘cha tarbiyasi qanchalik katta ahamiyatga
1
https://kun.uz/uz/news/2017/10/20/mirzieev-maktabgaca-talim-tizimi-bujica-jigilis-utkazdi
.
SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 3
Do'stlaringiz bilan baham: |