ǀ
ISSUE 2
ǀ
2022
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
www.scientificprogress.uz
Page 381
Shuningdek, 1776 yilda Boburiylardan Ajit Sing Jayd Bahodur buyrugʻi bilan Hayotali
tomonidan koʻpaytirilgan “Devoni Bobur podshoh” Londondagi Britaniya muzey
kutubxonasida, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining Alisher Navoiy nomidagi adabiyot
muzeyi f
ondida “Bobur devoni”ning Toshkent nusxasi saqlanyapti.
[1]
Natija
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning tashabbusi bilan boy tarixiy merosimiz,
ulugʻ ajdodlarimiz hayoti va
faoliyatini teran oʻrganishga eʼtibor va qiziqish kuchayib
borayotgan shu kunlarda ushbu asarning oradan yigirma ikki yil oʻtib “Maʼnaviyat”
nashriyoti tomonidan ikkinchi nashri amalga oshirilgani alohida eʼtiborga loyiqdir.
Tarix haqiqatini avlodlar ongi
ga singdirishning eng taʼsirchan usuli uni badiiy asarlar
tiliga koʻchirmoqdir. Zero, chinakam badiiyat namunasi oʻtmish voqeligini
oʻquvchining nainki ongiga olib kiradi, balki bir vaqtning oʻzida qalbining tub
-tubiga
joylaydi. Dunyoda bizning xalqimiz darajasida muazzam tarixga, jahon tamadduniga
beqiyos hissa qoʻshgan buyuk mutafakkirlarga boy millatlar koʻp emas. Binobarin,
shonli tariximizni, benazir ajdodlarimizning ibratga loyiq hayot yoʻlini badiiy asarlar
orqali avlodlar maʼnaviy mulkiga aylantiris
h yozuvchi va shoirlarimiz oldida turgan
dolzarb vazifalardandir. Taniqli adib Xayriddin Sultonning “Boburiynoma” asari ana
shu maqsadga xizmat qilishi jihatidan muhim ahamiyatga ega. Zahiriddin Bobur
siymosiga bolalikdan mehr qoʻygan, “Tole yoʻqki…” ruboiysini maktabda oʻqib yurgan
kezlaridayoq qalbiyu shuuriga joylagan, mashhur “Boburnoma”ni qayta
-qayta mutolaa
etishni odatga aylantirib, bundan koʻngli cheksiz lazzat tuygan adib mazkur asarigacha
ham badiiy nasrda bu ulugʻ shaxs hayotini yoritish yuzasida
n boy ijodiy tajriba
toʻplagani maʼlum. “Oy botgan pallada”, “Panoh” hikoyalari, “Tavba”, “Boburning
tushlari” badialari va nihoyat, “Saodat sohili” qissasi “Boburiynoma” maʼrifiy romani
yaratilishida adabiy-
estetik zamin vazifasini oʻtagan.
Xulosa
Darhaqiqat,
Bobur va uning ajdodlari bilan bogʻliq hali ochilmay qolayotgan
masalalar, ularga tegishli tarixiy dalillar oz emas. Boburiylarning moddiy merosi
sanalgan “Bobur devonining” esa qaytarilgani xalqimiz uchun ajoyib sovgʻa boʻldi.
Boburning avlodlariga
qoldirgan boy va bebaho merosi Markaziy Osiyo, hind, afgʻon
xalqlari oʻrtasidagi uzviy halqa boʻlib keldi va bundan keyin ham shunday boʻlib qoladi.
X
alqlar o‘rtasidagi ma'naviy
-ma'rifiy, ilm-fan sohasidagi yaqinlik buyuk ajdodlar
qurdirgan imoratlarda ham
o‘z aksini topgan. Xususan, Dehlidagi Humoyun maqbarasi,
“Qizil qal'a”, “Ko‘hna qal'a”, Agradagi “Toj Mahal” va Akbarshoh maqbarasi kabi
majmualar Hindiston va O‘zbekiston umumiy tarixi, madan
iy an'analari haqida
so‘zlaydi.
Qayd etish darkor, zamonaviy Pokiston hududida ham Boburiylar tomonidan
qurilgan 10 dan ortiq mashhur inshoot saqlanib qolgan. Jumladan, Shohjahon davrida
qurilgan Akbar saroyi, Avrangzeb hukmronligi davrida Lahorda qad ko‘targan
Badshoxi Masjidi boburiylar salohiyatidan darak beradi. Xususan, 1673 yilda qurilgan
SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 3
Do'stlaringiz bilan baham: |