ǀ
ISSUE 2
ǀ
2022
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
www.scientificprogress.uz
Page 379
maqbaralari qayta tiklanib obod goʻshaga aylantirildi. Ekspeditsiya aʼzolari yillar
mobaynida amalga oshirilgan izlanishlari natijasida Andijonda “Bobur va jahon
mada
niyati” muzeyi barpo etildi
.
Tahlil
Univeristetimizda Boburning me’rosini o‘ganish va muhokama qilish uchun JIDU
va TDSHU da faxriy doktori hisoblangan PhD SHohid Tasleem bilan vebinar bo‘lib
o‘tti. Unda talabalar o‘larini qiziqtirgan b
archa savollarga javob olishdi. Shohid
Tasleem Hindistonning Dehli shahrida Hindiston
Milliy muzeyiga alohida to‘xtalib
o‘tdi.
Mazkur muzey mamlakatning asosiy tarixiy-badiiy xazinasi hisoblanib, u qadimgi
yodgorliklarning boy kolleksiyasi, oʻtmishdagi sivilizatsiyalarning arxeologiya
boyliklari hamda madaniyat va etnik xilma-
xil eksponatlarni oʻzida jamlagan.
Hozirgi
kunda muzeyd
a 200 mingdan ortiq hind va xorij sanʼati namunalari saqlanadi. Muzeyda
Osiyo buyumlariga bagʻishlangan va mintaqamizning Hindiston bilan bogʻlovchi koʻp
asrlik va samarali aloqalari haqida guvohlik beruvchi maxsus galereya tashkil etilgan.
Ular orasida Bo
buriylar va ular hukmronlik qilgan davrlarga oid koʻplab eksponatlar
bor. Ana shulardan biri Zahiriddin Muhammad Boburning 1528 yilda yozilgan “Devoni
Bobur”ning asl qoʻlyozmasi va 1640 yilda chizilgan “Shahzoda Doro Shukuhning toʻy
marosimi” miniatyurasining nusxalaridir. Ushbu noyob asarlarni Oʻzbekistonga
qaytarish boʻyicha Hindiston milliy muzeyiga Tashqi ishlar vazirligi tomonidan taklif
bildirilgan edi. Muzey rahbariyati bilan olib borilgan muloqotlardan soʻng hind
doʻstlarimiz tarixiy manbalarning nusxalarini berishga rozi boʻlishgan.
Mazkur tashrif
davomida Hindiston Milliy muzeyi Bosh direktori Budha Rashmi Mani Oʻzbekiston
delegatsiyasiga yuqorida qayd etilgan qoʻlyozma va miniatyura nusxal
arini rasman
topshirganligi beixtiyor insonning ko‘ziga yos
h hamda qalbida ishonch va fahr
tuyg‘ularini tug‘dirishi tabiiydir.
Tadbir doirasida kutubxona rahbariyati va olimlari
bilan mutaxassislar almashish, hujjatli fil'mlar suratga olish, kitoblar va ilmiy asarlar
nashr etish, shu orqali tarixiy merosni o‘rgani
sh va uni ommalashtirish sohasida
O‘zbekiston bilan Hindiston o‘rtasida hamkorlikni chuqurlashtirishga oid kelishuvga
erishildi.
Bugungi kunda Boburiylar qoldirgan merosni o‘rganish va xalqimizga
yetkazish borasida Tashqi ishlar vazirligi, mamlakatimizning Hindiston va Pokistondagi
elchixonalari tomonidan izchil tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, buyuk davlat
arbobi, shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun arafasida
Hindistondagi elchixonamiz bilan Rampur Raza kutubxonasi hamkorligida Boburiylar
davriga oid qo‘lyozma hamda miniatyuralar ko‘rgazmasi tashkil etildi. Bobur
asarlaridan parchalar, Amir Temur, Zahiriddin Muhammad Bobur, Shohjahon va
Avrangzeb tasvirlangan miniatyura, kitoblardagi rasm, badiiy asarlar ko‘rga
zma
ekspozitsiyasidan joy oldi. Zahiriddin Muhammad Bobur Hindiston tarixida alohida
o‘rin olgan shaxslardan biri, –
deydi ijtimoiy fanlar doktori, filolog-sharqshunos Naki
Abbos Kaifi (Hindiston). Shoh va shoir, uning avlodlari Hindiston ijtimoiy-siyosiy,
SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 3
Do'stlaringiz bilan baham: |