ǀ
ISSUE 2
ǀ
2022
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
www.scientificprogress.uz
Page 201
ajdodlardan avlodlarga qanday o’tadi
? Bunda tashuvchilik vazifasini nima bajaradi?
Albatta bu jarayon ong va tafakkur bilan bog’liqdir. Har bir xalqning g’oyasi avloddan
-
avlodga meros bo’lib o’tishi uni ongida qancha chuqur joylashgani bilan bog’liq.
Aynan milliy tizimini o’rganganda ajdodlardan avlodlarga qanday g’oyalar va ularning
tizimlari yetib kelganligiga e’tibor berish muhim. Chunki, bugungi kungacha yetib
kelgan bu g’oyalar va ularning yetib kelishiga sabab bo’lgan ta’sir ko’rsatuvchilar ham
bu tizimning elementi hisoblanadi.
Tizim
ning o’zini ma’lum
bir birlik doirasida aloqalar bilan birlashtirilgan
elementlar
to‘plami
ekanligini inobatga oladigan bo’lsak milliy g’oya tizimi nimalarga
tayanadi va qanday tushunchalar negizida tizim sifatida shaklanadi degan savolni
o’rtaga tashlash lozim.
Bu savolga quyidagi jihatlarni inobatga olib javob berish lozim:
Birinchidan, milliy g’oya xalqning orzu
- umidlari maqsadlaridan tashkil topadi.
Bu orzu-
umid, intilish, maqsadlar esa uning ma’naviy merosi na
munalariga, masalan
xalq og’zaki ijodi va boshqa shu kabi meros namunalariga singdirilgan holda
avlodlarga tashib o’tkaziladi. Ertaklar
- rivoyatlar, doston, xalq eposi, va boshqa
ko’rinishdagi ma’naviy meros namumalari milliy g’oya tizimida faqat oddiygin
a bir
ikkinchi darajali element sifatida qatnashmasdan, balki bu tizimni paydo bo’lishini
birlamchi elementi bo’lgan inson ongi va tafakkuri bilan uzviy aloqadorlik kasb etadi.
To’g’ri xalq og’zaki ijodi chuqur ilmiy asoslarga tayanmagan bo’lishi mumkin. L
ekin
mana shu orqali odamlar xalqlar o’zini orzu
-umidlarini ifodalagan, ongi va tafakkurini
o’zgarishida rol o’ynagan. Bu manbalarni o’qib biz xalqning orzu
-umidi va
maqsadlarini anglab olamiz. Va bu narsa milliy g’oyaning milliy ma’naviy negiziga
kiradi.
Bundan tashqari boshqa negizlarga qaraydigan bo’lsak milliy urf
-odat,
an’analar, qadriyatlar, milliy xarakter, tarixiy xotira, milliy ong, bilan bog’liq manbalar
elementlar ham mavjudki ularni har birini tizim ichidagi o’ziga xos aloqadorlik jihatllari
v
a darajalari mavjuddir. Shuning o’zi milliy g’oya tizimidagi elementlar chuqur
aloqadorligini ko’rsatib beradi.
Ikkinchidan esa milliy g’oya tizimi umuminsoniy prinsiplar va umuminoniyat
merosiga negiz tushuncha sifatida qaraydi. Milliy g’oyamiz mustaqill
ik demokratiya,
inson erkinligi, inson shani, qadr-qimmati, insonning eng oliy qadriyat ekanligi va
boshqa shu kabi umume’tirof etilgan demokratik tamoyillarga tizimning bacha
elementlariga singib ketgan, elementlar orasidagi aloqadorlikni bo’lishiga xizm
at
qiladigan tushunchalar sifatida qaraydi. Bu prinsiplarni tan oladi, milliy g’oya tizimi
ularga tayanadi. Bu yerda o’ziga xos mantiq bor. Ya’ni agarda milliy g’oya milliy
ma’naviy merosga tayansa
-
yu lekin umumdemokratik prinsiplarni tan olmasa o’zining
qobig’iga kirib qolgan bo’lar, yoinki tizim sifatida shakllanmagan tushuncha, g’oya
qarashalrning oddiy bir yig’indisiga aylanib qolgan bo’lar edi. Milliy ma’naviy meros
ezgu bo’lishini o’zigina milliy g’oyani tizimga aylantirmaydi, balki uning umuminsoni
y
darajaga chiqishi, xalqlarning umume’tirof etgan g’oyalari, tamoyillariga tayanishi,
SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 3
Do'stlaringiz bilan baham: |