Mustaqillik yillarida fan va madaniyatning rivojlanishi



Download 29,35 Kb.
Sana29.01.2022
Hajmi29,35 Kb.
#417833
Bog'liq
Mustaqillik yillarida fan


Mustaqillik yillarida fan va madaniyatning rivojlanishi
O‘rta Osiyo, xususan, O‘zbekiston hududida qadimdan boshlab ilm-fanning hamma sohasi, ayniqsa, astronomiya, matematika, tibbiyot, kimyo, me’morchilik, ma’danshunoslik, falsafa, musiqa, tilshunoslik, adabiyotshunoslik rivojlangan. Hozirgi kunda O‘zbekiston olimlari ota-bobolari yaratib ketgan ilmiy merosni chuqurroq o‘rganib yanada boyitmoqdalar. Ular o‘z milliy asarlari va kashfiyotlari bilan jahon ilm-fani va madaniyatiga munosib hissa qo‘shmoqdalar. Respublikamizda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi, Davlat va jamiyat qurilishi Akademiyasi, Bank-moliya Akademiyasi, Nukus va Samarqandda O‘zbekiston Respublikasi FAning bo‘limlari ochilgan. Ilmiy tadqiqot ishlari xalq xo‘jaligining turli tarmoqlarida faoliyat ko‘rsatadigan ilmiy tadqiqot institutlari, ilmiy ishlab chiqarish birlashmalari, ilmiy markazlari, shuningdek, universitetlar va boshqa oliy o‘quv yurtlarida ham olib boriladi. Ilmiy kadrlar Fanlar Akademiyasi tizimida ham, oliy o‘quv yurtlari, xalq ta’lim tizimida ham tayyorlanadi. Faqat Oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimidagi o‘quv yurtlarida 600 dan ortiq fan doktorlari va deyarli 6 mingga yaqin fan nomzodlari o‘qituvchilik va ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanadilar.
O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan so‘ng mamlakatda ilm-fanga alohida e’tibor berildi. Xalq xo‘jaligi va madaniy hayotning tobora ortib borayotgan talablaridan orqada qolayotgan ilmiy tadqiqot institutlari tugatildi. Turmush taqozo etgan yangi institutlar ochildi. Respublika Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 3-aprelidagi qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi FAning yangi Nizomi tasdiqlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992-yil 8-aprelidagi farmoni hamda uni amalga oshirish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Fanlar rivojlanishini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tadbirlari va innovatsiya faoliyati haqida”gi qarori mamlakatda fanni rivojlantirishda katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Respublika olimlarini xorijiy mamlakatlarga malaka oshirishga yuborishga alohida e’tibor berildi. Ilmiy yechimlarni ichki va tashqi bozorda targ‘ib etish va tarqatish maqsadida Respublika ilmiy ishlanmalari innovatsiya - tijorat markazi tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga binoan Respublika Vazirlar Mahkamasi huzurida Oliy Attestatsiya komissiyasi tashkil etilishi munosabati bilan FAning mavqeyi ortdi.
O‘zbek olimlarining fan-texnika sohasidagi yutuqlari nafaqat O‘zbekiston balki jahon hamjamiyatida ham tan olina boshlandi va ko‘pchilik olimlarimiz davlatimiz mukofotlariga sazovor bo‘ldilar va xorijiy davlatlar akademiyalariga ham haqiqiy ham faxriy a’zolikka saylandilar. O‘zbekiston Respublikasining Fanlar Akademiyasi al-Xorazmiy nomidagi, Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi oltin medallarni ta’sis etdi. 1993-yilda O‘zbekiston Respublikasi FAning akademigi H.F. Fozilov tabiiy va texnikaviy sohada katta yutuqlarga erishgani uchun al-Xorazmiy nomidagi oltin medalning birinchi sohibi bo‘ldi.
Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi oltin medal birinchi bo‘lib shu yili ijtimoiy va gumanitar fanlar sohasida katta yutuqlarga erishgani uchun filologiya fanlari doktori, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining a’zosi U.I. Karimovga nasib etdi.
1992-yil oktabr oyida esa geologiya-minerologiya fanlari doktori, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining akademigi I.H. Hamroboyev geologiya va geofizika sohasida erishgan muvaffaqiyatlari uchun Habib Abdullayev nomidagi oltin medalning birinchi sohibi bo‘ldi. U AQSh da chiqadigan “Global tektonika va metallogeniya” xalqaro ilmiy jurnali tahririyatiga a’zo etib saylandi.
“Fan va texnikada kim haqiqatan kim?” deb nomlangan jahon fan va texnikasining rivojlanishiga munosib hissa qo‘shgan eng buyuk olimlarning hayoti va ilmiy faoliyati to‘g‘risidagi asosiy ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan qomusga O‘zbekiston Respublikasi FAning akademigi P.Q. Habibullayev kiritilgan. O‘zbek olimi bu sharafga o‘zining qattiq va yumshoq jismlar, issiqlik fizikasining katta muammolarini, energetikaning fizikaviy-texnikaviy muammolarini ishlab chiqqanligi uchun muyassar bo‘lgan.
Mustaqillik yillarida (1996) FAning 40 ga yaqin ilmiy markazi va tadqiqot laboratoriyalarida yirik olimlar faol mehnat qilmoqdalar. O‘zbekiston Respublikasi FA institutlari olimlari xorijiy davlatlar olimlari bilan hamkorlikda ilmiy aloqalarni kengaytirib bormoqdalar. Natijada, 1992-yil dekabr oyida texnika fanlari doktori G‘.G‘. Umarov K.E. Siolkovskiy nomidagi Kosmonavtika Xalqaro akademiyasining a’zosi bo‘ldi. U mazkur Xalqaro Akademiyaning a’zosi bo‘lgan birinchi o‘zbek olimidir. Shuningdek, o‘zbekistonlik M.S. Bulatov, S.M. Sutyagin, I.I. Notkinlar, 1993-yilda Iordaniya Islom Fanlar Akademiyasi a’zoligiga, M.S. Salohiddinov, YUNESKO Informatsiya Xalqaro akademiyasining haqiqiy a’zoligiga, 1994-yil oktabr oyida Xudoyor Olloyorov, 1995-yil fevral oyida Azamat Shamsiyev Nyu-York FAning faxriy a’zoligiga, ekologiya va hayot faoliyati xavfsizligi xalqaro akademiyasining haqiqiy a’zoligiga Z.S.Salimov, A.A. A’zamxo‘jayev, 1997-yil oktabrida U. Tojixonov va Z.Zaripovlar tabiat va jamiyat fanlari Xalqaro akademiyasining a’zoligiga, akademik E.Yusupov esa Turkiya fanlar akademiyasining haqiqiy a’zoligiga saylandilar. Amerika biografiya instituti O‘zbekistonning yetakchi olimlaridan biri Omonulla Fayzullayevga uning jahon fani va madaniyati taraqqiyotiga qo‘shgan hissasiga asoslanib “2001 yil insoni” unvonini berdi hamda mazkur institutning maslahatchilar Kengashi a’zoligiga saylandi. Bular O‘zbekiston fanining xalqaro miqyosda tan olinishining yaqqol misolidir. Yurtboshimiz aytganlaridek, XXI asrda quroli, qo‘shini bo‘lgan davlatgina emas, balki turli sohalar bo‘yicha kuchli mutaxassislari bo‘lgan davlatgina qudratli davlat hisoblanadi. Zeroki, har bir xalq fan sohasida katta yutuqlarni qo‘lga kiritgan mashhur farzandlari bilan buyukdir.
Mustaqillik yillarida ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy qayta qurishlar qatorida madaniyat sohasida ham tub o‘zgarishlar ro‘y berdi. Bu avvalo teatr san’ati, milliy musiqa, me’morchilik, adabiyot sohalarida yaqqol ko‘zga tashlanadi. Madaniyat mutaxassislarining ijodiy faoliyati, ularning moddiy va texnikaviy uskunalari, zamonaviy binolar bilan ta’minlanishi davlat rahbari Islom Karimovning bevosita g‘amxo‘rligida bo‘ldi. 2001-yilning davlat byudjetidan madaniyat va san’at muassasalarini rivojlantirish uchun 12 milliard 703 million so‘m (bu ko‘rsatkich 2000-yili 9 mlrd. 463 mln. so‘mni tashkil qilgan edi) ajratilishi fikrimizning guvohidir. Mustaqillikning dastlabki yillarida Respublikada yangi teatr jamoalari tashkil etildi. 1991-1994 yillarda bir qator viloyat markazlarida yangi teatrlar ishga tushirildi. 1993-yil avgust oyida Toshkent shahrida ish boshlagan “Turkiston” saroyi nafaqat me’morchilikning yorqin namunasi, balki sahna guruhlari va atoqli artistlarning chiqishlari bo‘ladigan dargohga aylandi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov “Turkiston” saroyi ochilishi marosimida nutq so‘zlab, “Ushbu saroyda xalqimizning, shuningdek, jahon xalqlarining, Markaziy Osiyo xalqlarining an’anaviy anjumanlarini, san’at bayramlarini o‘tkazishni niyat qilganmiz. Bu koshona, inshoolo, millatlar, el-elatlarning do‘stlik, birdamlik qal’asiga aylanadi”,-degan edi.
1998-yil 26-martda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimovning “O‘zbekiston teatr san’atini rivojlantirish to‘g‘risida”gi farmoni e’lon qilindi. Bu farmonga muvofiq O‘zbekiston tomosha san’atining ko‘p asrlik an’analarini o‘rganish, boyitish va targ‘ib qilish, teatr san’atini har tomonlama rivojlantirish, uning moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlash, mamlakatimizda ma’naviy-ma’rifiy islohotlarni amalga oshirishda teatr arboblarining faol qatnashishini ta’minlash maqsadida “O‘zbekteatr” ijodiy-ishlab chiqarish birlashmasi tashkil etildi. Teatrlarning 90-yillarning ikkinchi yarmidagi repertuarlarida tarixiy pyessalar keng o‘rin oldi. 1996 yili Amir Temurning 660 yillik yubileyi munosabati bilan 10 ta yangi spektakllar saxnalashtirildi. “Navro‘z-97” teatr festevali munosabati bilan Sohibqiron obrazini ifodalovchi 14 spektakl namoyish etildi. 1998-yili al-Farg‘oniy, al-Buxoriylarni yubileylariga bag‘ishlangan pyessalar yaratildi. Mamlakatimizning boy tarixini namoyish etuvchi spektakllar Toshkentni yetakchi teatrlaridagina emas, barcha viloyatlarning teatr sahnalarida qo‘yildi. 1995-1997-yillari Respublika teatrlari tomonidan 313 yangi spektakllar qo‘yildi.
O‘zbekistonda musiqa va raqs san’atini rivojlantirish maqsadida “O‘zbeknavo” gastrol-konsert birlashmasi tashkil etildi. Unda musiqa-raqs san’atini rivojlantirishni davlat yo‘li bilan qo‘llab-quvvatlash masalalari ko‘zda tutildi. San’atni barcha sohalari, madaniy-ma’rifiy muassasalari uchun malakali mutaxassis kadrlar tayyorlash Respublika Prezidentining doimo e’tibor markazida bo‘lib keldi. Sovetlar davridagi madaniyat o‘quv ishlari qayta tuzilib ko‘plab yangi o‘quv maskanlari tashkil etildi. 90-yillar oxirida mamlakatda 27 ta maxsus o‘quv yurti faoliyat ko‘rsatdi. Shundan bittasi oliy o‘quv yurtlari, 20 ta o‘rta maxsus bilim yurtlari, 2 maktab-internat.
Mustaqillik yillarida o‘zbek adabiyoti, adabiyotshunoslik fani taraqqiyotida ham yangi sahifalar ochildi. Asarlari zararli, o‘zlari millatchi deb nohaq baholangan Cho‘lpon, Otajon Hoshim, Vadud Mahmud, Munavvar qori singari millatparvar yozuvchi, ma’rifatparvarlar ijodi xolisona o‘rganilib, ularning asarlari chop etildi, teatr saxnalarida o‘z o‘rnini egalladilar.
Ma’rifatparvarlar faoliyatining asl mohiyatini, adabiy, madaniy, siyosiy hayotdagi o‘rnini ro‘yi-rost ko‘rsatish boshlandi. O‘tmishda diniy va saroy adabiyoti vakili deb tamg‘a bosilgan buyuk shoir va mutafakkirlar hayoti va ijodi o‘rganilib, asarlari xalqqa qaytarildi.
Mustaqillik sharofati bois mo`tabar Qur’oni Karim va hadislar chop etildi. Bunday asarlarning xalqimiz qo‘liga yetib borishi butunlay yangi, sog‘lom, sof milliy g‘oyalarimiznng, maqsad va intilishlarimizning sifat darajasini belgilaydi. Adabiyot sohasidagi va ko‘plab nashr etilgan boshqa asarlar milliy istiqlol g‘oyasi va mafkurasining buyuk xayotbaxsh kuchini ko‘rsatadi.
Mustaqillik davri adabiyotining bayroqlari O‘zbekiston qahramonlari Sayid Ahmad, Abdulla Oripov, Erkin Vohidov, O‘zekiston xalq shoirlari Muhammad Yusuf, Habib Sa’dullayevlar ijodiy faoliyati bilan butun xalqimiz faxrlanadi.
Milliy istiqlol davridagi o‘zbek adabiyotshunosligi oldida turgan muhim vazifalarni hal etishda Ozod Sharofiddinov, Begali Qosimov, Nayim Karimov, Erkin Karimov, Ahmad Aliyev, Najmiddin Komilovlarning asarlari alohida o‘rin egallaydi. T.Malikning romanlari, O.Matjon, O.Hojiyeva, X.Sultonov, A.Suyun, Y.Eshbek, H.Do‘stmuhammad, Sh.Salimova singari shoir va adiblarning badiiy barkamol, g‘oyaviy yetuk asarlari o‘zbek milliy istiqlol adabiyotiga katta hissa bo‘lib qo‘shildi.
Mustaqillik yillarida madaniy-ma’rifiy muassasalar ishlarida ham keskin o‘zgarishlar yuz berdi. Bu muassasalarning soni 1997-yili 9442 ta bo‘lsa, bulardan 60 tasi muzeylar, 2657 tasi klublar, 6725 tasi kutubxonalardir. Mustaqillik yillari bu muassasalar aholi o‘rtasida madaniy-ma’rifiy tarbiyaning o‘chog‘iga aylandi.
Aholi o‘rtasida madaniy-ma’rifiy ishlarni tashkil qiluvchi muassasalardan biri kutubxonalar bo‘lib, ularning soni 1996-yili 6723 ta edi. Kutubxonalarda jami kitobxonlar 6 mln. 211 kishini tashkil qilsa, shundan 4 mln. 425 mingi qishloq rayonlarida edi. Kutubxona xodimlaridan 65 foizi oliy va o‘rta ma’lumotli mutaxassislardir.
Millatimizning o‘zligini anglashda milliy, tarixiy qadriyatlarmizni tiklashda muzeylar alohida o‘rin tutadi. Shu jihatdan Prezident I.A.Karimovning 1998-yil 12-yanvardagi “Muzeylar faoliyatini tubdan yaxshilash va takomillashtirish to‘g‘risida”gi farmoni muzeylar ishlarini rivojlantirishda dastur rolini bajarmoqda.
Mustaqillik yillari respublikamizda muzeylarga bo‘lgan e’tibor oshib bormoqda “Temuriylar tarixi davlat muzeyi”ni qurilishi, ”O‘zbekiston xalqlari tarixi muzeyi”, “Xalq amaliy san’ati muzeyi” ning qayta jihozlanishi buning dalolatidir. Hozirgi kunda davlat qaramog‘idagi muzeylar 81 tani tashkil qilib, shulardan 15 tasi tarix muzeylari, 23-o‘lkashunoslik, 10-badiiy san’at koshonasi, 20-memorial muassasa, 8-adabiyot, 4-tibbiyot muzeylaridir.
Shuningdek, mamlakatning shaharlari va tumanlarida 510 muzey xalqimizning boy tarixiy-madaniy xazinalarini namoyish etmoqda va kishilarimizni, yosh avlodni ma’naviy-ma’rifiy tarbiyalashga o‘zlarining hissalarini qo‘shmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi madaniyat ishlari vazirligi tasarrufidagi jami muzeylarda 2000-yil boshlarida 1.350 ming eksponantlar saqlanmoqda va bularni o‘tgan davrda 1.655.400 kishi tomosha qilgan.
11.09.2018 78655
Чоп этиш

О‘zbekiston hududida qadim zamonlardan beri fan va madaniyat rivojlanib kelayotgan davlatdir. Xususan, astronomiya, matematika, tibbiyot, kimyo, tarix, falsafa, tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar va haykaltaroshlik, tо‘qimachilik, kulolchilik, shishasozlik va boshqa kasblar keng rivojlangan. Hozir О‘zbekiston olimlari uzoq о‘tmish mutafakkirlari qoldirgan ilmiy merosni faol о‘rganib, о‘zlarining yangi kashfiyotlari bilan fanni boyitgan holda jahon fani rivojiga munosib hissa qо‘shmoqdalar.


IX-X asrlarda О‘rta Osiyo (butun Markaziy Osiyo) zamonaviy akademiyalarga о‘xshash ilk ilmiy muassasa va jamiyatlar tashkil etila boshlagan Sharqdagi yirik ilmiy va madaniy markazlardan biriga aylandi.
XI asrda Urganch Xorazm poytaxti, obod, yuksak madaniyatga ega shahar bо‘lgan. Xorazmshoh Abul Abbos ibn Ma’mun madaniyat va ilmga qiziquvchan hukmdor bо‘lgani uchun olimlar, shoirlar, musiqachilar, xattotlar, arxitektor va rassomlarni har tomonlama qо‘llab-quvvatlagan. Urganchdagi Xorazmshohlar saroyida tibbiyot xodimi Abu Ali ibn Sino (Avitsenna), aniq fanlar vakili Abu Rayhon Beruniy, tarixchi ibn Miskavayx, matematik Abu Nasr ibn Iroq, faylasuf Abu Saxl Masixiy, tabib ibn Xammar va boshqa Sharq mutafakkirlari, qomusiy olimlar xizmat qilishgan. Musulmon Sharqdagi birinchi akademiya – “Baytul Hikmat”ni yer meridiani uzunligi darajasini о‘lchashda qatnashgan mashhur matematik al-Xorazmiy (783-850) boshqargan. Astrolyabiya (usturlob) qurish haqidagi asar, “Kitob aljabr val muqobala”, dunyodagi ilk “Astronomik jadval”lardan biri hamda qator ilmiy risolalar – “Hind hisobi haqida risola”, “Quyosh soatlari haqida risola”, “Musiqa haqida risola” va boshqa ilmiy ishlar uning qalamiga mansub. Al-Xorazmiy birinchi bо‘lib qator algebraik tenglamalarni yechdi, birinchi bо‘lib sonlar qatoriga yangi “nol” sonini kiritdi, bu sonlar nazariyasini kengaytirdi va manfiy sonlarga о‘tish imkonini berdi. Shu muvaffaqiyatlari uchun matematikaning yangi bо‘limi al-Xorazmiy sharafiga “algebra” deb atalgan. Al-Xorazmiyning mashhur “Kitob al-jabr van-muqobala” (Tiklash va qarama-qarshi qо‘yish haqidagi kitobi) da algebra ilk bor matematikaning mustaqil sohasi sifatida qaraladi. Zamonaviy kibernetikaning asosiy tushunchasi, uning zaruriy asoslaridan biri “algoritm” etimologik jihatdan al-Xorazmiyning ismi bilan bog‘liq. Urganchda о‘ziga xos akademiya – “Bilimdonlar uyi” tashkil qilingan edi, unda astronomiya, falsafa, matematika, tibbiyot bо‘yicha tadqiqotlar о‘tkazilgan. Lekin bu holat Urganchda 1017-yilda Mahmud G‘aznaviy Xorazmni istilo qilgunicha saqlanib qoldi.
Shunday qilib Sharqda, xususan, О‘rta Osiyoda, ilmiy faoliyatni akademiya shaklida tashkil qilish an’anaga aylandi va Urganchdagi akademiyaga о‘xshash muassasalar keyingi asrlarda ham yaratilgan (tuzilgan). Samarqandda akademiya Mirzo Muhammad Tarag‘ay Ulug‘bek tomonidan XV asrda tashkil etilgan. Akademiya qoshida observatoriya, о‘sha davrning boy kutubxonasi va oliy о‘quv yurti – madrasa bо‘lgan. Madrasada diniy fanlar bilan bir qatorda matematika, geometriya, astronomiya, tibbiyot, geografiya va boshqa dunyoviy ilmlar о‘qitilgan. Ulug‘bekning akademiyasida mashhur olimlar – Qozizoda Rumiy,G‘iyosiddin Jamshid al-Koshiy va Ali Qushchi dars bergan, о‘tkaziladigan tadqiqot sohalari ham ularning yо‘nalishlariga mos bо‘lgan. Samarqanddagi Ulug‘bek akademiyasi matematika, astronomiya va geografiya fanlarining yuksalishiga salmoqli hissa qо‘shdi.
IX-XV asrlarda aniq va tabiiy fanlar (matematika, astronomiya, geodeziya, mineralogiya, tibbiyot, dorishunoslik va boshqa) tez sur’atlarda rivojlana boshladi. Platon, Aristotel, Gippokrat, Galen, Arximed, Ptolomey, Yevklid va boshqa buyuk mutafakkirlarning asarlari arab tiliga tarjima qilindi. Muhammad al-Xorazmiy, Ahmad al-Farg‘oniy, Abu Nasr Farobiy, Abu Rayhon Beruniy, Mahmud Koshg‘ariy, Abu Ali ibn Sino, Nasriddin Tusiy, Qozizoda Rumiy, Jamshid Koshiy, Mirzo Ulug‘bek, Ali Qushchi va Sharqning boshqa olimlarining ilmiy tadqiqotlari darajasi ba’zi sohalarda boshqa mamlakatlarning mutafakkirlari ancha keyin о‘tkazgan izlanishlar natijalaridan yuqori edi. Abu Rayxon Beruniy tarix, xronologiya, farmakologiya, mineralogiya, astronomiya, matematika bо‘yicha asarlar yozdi, Yerda yangi qit’a borligini nazariy jihatdan asoslab, hisoblab chiqdi va jahon tan olgan kо‘plab masalalarni yechdi. Kо‘plab tadqiqotchilar Urganchdagi akademiyaning tashkil qilinishini shaharga Abu Rayhon Beruniyning tashrifi va uzoq vaqt ishlagani bilan bog‘lashadi.
Xuddi shu paytda bu yerda О‘rta Osiyoning buyuk olimi – Abu Ali ibn Sino ishlagan. Ibn Sino haqiqatdan qomusiy olim – tabiatshunos, tibbiyot xodimi, astronom, matematik, musiqashunos, yozuvchi va shoirdir. U Avitsenna nomi bilan mashhur bо‘lgan. Ibn Sino faoliyatini anglatuvchi ibora – “Madadi Sino” - Yevropa tillariga moslashtirilib, fandagi yо‘nalishni bildiruvchi “Meditsina” sifatida о‘zlashtirilgan. XVIII asrning mashhur tabiatshunos olimi Karl Linkey ibn Sinoning botanikadagi xizmatlarini yuksak baholab doim yashil nodir о‘simliklardan biriga uning ismini berdi. Ibn Sino 400 dan ortiq asar yozgan, shulardan 240 tasi bizning kunlarimizgacha yetib kelgan. Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida olimning 50 dan ortiq asarlari va bir qator ularga yozilgan sharhlar saqlanadi. Bu asarlar orasida olim ijodining toji hisoblanmish besh jildlik “Al qonun fit tib” (“Tib ilmi qonunlari”) ham bor. Bu asar о‘z davrida tibbiyot fani darajasini juda yuqori kо‘tardi, ibn Sino vafotidan yuz yil о‘tgach G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida keng tan olindi. XII asrda “Tib ilmi qonunlari” lotin tiliga tarjima qilindi va qо‘lyozmadayoq tarqalib ketdi. Bu asar 1493-yilda Venetsiyada lotincha tarjimada nashr qilindi va yuz yil mobaynida 16 marta chop etildi. Osiyo va Yevropaning barcha mashhur о‘quv yurtlarida 500 yil tibbiyot mana shu asar asosida о‘qitildi. Ushbu bebaho tib qonunlari hozirgi kunda ham о‘z ilmiy ahamiyatini yо‘qotmagan.
Matematik va astronom Qozizoda Rumiy (Salohiddin Muso ibn Muhammad ibn Mahmud, taxminan 1360-1437) Mirzo Ulug‘bekning ustozi edi. Ulug‘bek maktabi shakllanishiga uning qо‘shgan salmoqli hissasini inkor etish mumkin emas. Ilmdagi muvaffaqiyatlari uchun uni “Aflotuni zamon (о‘z davrining Platoni) deb atashgan. Mashhur matematik va astronom al-Koshiy (G‘iyosiddin Jamshid Koshiy) birinchi bо‘lib matematikaga pozitsion asosda о‘nli kasrlarni kiritdi va buni nazariy jihatdan isbotladi, Sin ni 1 gradus aniqlikkacha, P ni 17 raqamgacha hisoblab chiqdi. U о‘zining qator mashhur asarlarini astronomiyaga bag‘ishlagan. Al-Koshiy Qozizoda Rumiy bilan birgalikda Ulug‘bek observatoriyasi qurilishini boshqargan.
Muhammad Tarag‘ay Ulug‘bek (1394-1439) о‘zidan ulkan ilmiy va madaniy meros qoldirdi, “Ziji jadidi Kо‘ragoniy” (“Yangi Kо‘ragon astronomik jadvallari”) – “Ulug‘bek ziji” buyuk olimning dunyoga mashhur asari. Ulug‘bek Samarqandda observatoriya va madrasa qurdi, о‘z akademiyasini tashkil qildi. О‘z shogirdlari bilan mingdan ortiq yulduzni о‘rganib, rо‘yxati – “yulduzli osmon xaritasi”ni tuzdi. Ulug‘bek akademiyasida olimlar faqat astronomiya bо‘yicha emas, balki matematika, falsafa, tarix va boshqa fanlarga oid tadqiqotlar ham olib borishgan. Ulug‘bek akademiyasida ishlagan atoqli astronom Ali Qushchi (Mavlono Aloviddin Ali ibn Muhammad Qushchi (1403-1474) о‘zidan matematika va astronomiyaga bag‘ishlagan dunyoga mashhur ilmiy ishlarini qoldirdi. U yil fasllarining о‘zgarishini Yerning Quyoshga yaqinlashishi natijasida Quyosh nurlarining Yer sathiga ta’siri bilan bog‘liq deb hisoblagan, Quyoshning tutilishi jarayonini ilmiy nuqtai nazardan aniqlagan. Ali Qushchining asarlari XVI-XVII О‘rta va Yaqin Sharqda astronomiya va matematika rivojiga salmoqli ta’sir qilgan.
Mirzo Ulug‘bek, al-Koshiy, Ali Qushchi sonlar nazariyasi ravnaqiga salmoqli hissa qо‘shishdi va astronomik kuzatuv bilimlarini yanada yuqori darajada kо‘tarishdi. 1428-1429-yillarda Ulug‘bek radiusi 40 metr kvadrant bosh uskunasi bо‘lgan, о‘lchamlari tengsiz, noyob astronomik rasadxona qurgan. Samarqandda 30 yillik kuzatishlar asosida tuzilgan 1018 yulduz katalogi uzoq yillar dunyoda tengsiz bo‘lib qoldi. Ulug‘bek astronomiya maktabi yutuqlari Sharq va G‘arb fani yuksalishiga katta ta’sir kо‘rsatdi. Uning ilmiy asarlari dunyoning kо‘p tillariga tarjima qilindi, Yevropa va Amerikada keng tarqaldi. Mirzo Ulug‘bek jahon fani tarixida Tixo Brage, Iogann Kepper, Nikolay Kopernik va Galileo Galiley bilan bir qatorda turadi. M.V. Lomonosov nomidagi MDU katta zalida barcha davrlar olimlariga bag‘ishlangan tarixiy xotira galereyasida о‘rta asrlarning mashhur olimi Mirzo Ulug‘bekning portreti haqli ravishda о‘ziga mos joyni egallagan. О‘zbekistonning bir qator shaharlari va Belgiyada Mirzo Ulug‘bekka haykal о‘rnatilgan, qadimiy Samarqand observatoriyasiga, qator universitetlarga, jumladan О‘zbekiston Milliy universitetiga, maktablarga, shaharga qarashli tumanlarga va О‘zbekistondagi fizik-yadroshunoslar qо‘rg‘oniga uning nomi berilgan.
XIX asrda О‘zbekistonda birinchi ilmiy muassasa – Toshkent fizik – astronomik observatoriyasi (О‘zR FA Astronomiya instituti) 1873-yilda tashkil qilingan. Boshida observatoriya ekspeditsiyalar uyushtirish bilan shug‘ullangan va natijada mintaqadagi mingdan ortiq joyning koordinatalari aniqlangan, XX asrning 30- yillaridan observatoriya astronomiyaning fundamental masalalarini tadqiq qila boshladi.
1918-yilda Turkistonda iqtisod va madaniyatning turli sohalariga kadr tayyorlovchi maxsus muassasalar ochilgan. Ulardan biri 1918-yil 21-aprelda ochilgan Turkiston xalq universitetidir. Sal keyinroq Andijon, Qо‘qon, Samarqand, Farg‘ona, Jizzax va boshqa shaharlarda uning filiallari ochildi. 1919-yilda Toshkentda fizioterapiya ilmiy-tekshirish instituti tuzildi. 20-yillarda tarix, tibbiyot, tabiiy fanlar sohasida qator ilmiy-tekshirish institutlari ochildi. 1920-yilda Turkiston Davlat universiteti (1923-yildan О‘rta Osiyo davlat universiteti, 1960-yildan Toshkent davlat universiteti, hozir- О‘zbekiston Milliy universiteti) tashkil qilindi. Keyinchalik mintaqadagi tabiiy boyliklarni о‘rganish maqsadida universitet negizida mustaqil oliy о‘quv yurtlari va fanning turli yо‘nalishlari bо‘yicha qator ilmiy muassasalar ochildi. 1940-yilda Toshkentda 1932-yilda tuzilgan ilmiy komitet asosida О‘zbekistondagi SSSR FA filiali tashkil etildi va shu vaqtdan boshlab filial О‘zbekistondagi bosh ilmiy-tadqiqot markazi bо‘lib kelayapti. О‘sha paytda uning tarkibiga geologiya, botanika, kimyo, suv xо‘jaligi muammolari (1941-yildan energetika instituti), tarix, til va adabiyot institutlari; tuproqshunoslik, zoologiya, fizika va matematika (geliotexnika laboratoriyasi bilan) bо‘limlari; Toshkent astronomik observatoriyasi (Kitob kenglik stansiyasi bilan); kartografiya va iqtisodiy tadqiqotlar byurosi kirgan. 1940-yilda О‘zbekistonning ilmiy-tekshirish institutlarida va oliy о‘quv yurtlarida 3 mingdan ortiq ilmiy va ilmiy-pedagogik xodimlar ishlashgan. II jahon urushi (1941-1945) davrida respublikada 40 dan ortiq ilmiy-tekshirish institutlari va oliy о‘quv yurtlari ish olib borgan.
1943-yilda О‘zbekistondagi SSSR FA filiali О‘zbekiston SSR Fanlar akademiyasi sifati qayta tashkil qilindi. Bu vaqtda uning tarkibida 10 ta ilmiy-tekshirish institutlari, shu jumladan 1943 yilda tuzilgan fizika-texnika, tarix, sharqshunoslik, iqtisodiyot institutlari bor edi. 11 ta akademik-ta’sischi, 18 ta muxbir a’zo, 3 ta faxriy a’zo akademiya a’zolari bо‘lishdi. Akademiya muassasalarida 210 nafar ilmiy xodim ishlardi, ulardan 28 nafari fan doktori va 80 tasi fan nomzodi edi. 40- yillarning ikkinchi yarmida respublika olimlarining kuchlari asosan urushdan keyingi iqtisod, madaniyat, tibbiyot va boshqa sohalarni yuksaltirishga yо‘naltirilgandi.
1958-yili Toshkent shahri yaqinida yadro reaktori qurildi, u yadro fizikasi taraqqiyotiga asos bо‘ldi. 60-70-yillarda О‘zbekiston tabiiy va ijtimoiy fanlar sohalarida ish olib borayotgan ilmiy muassasalarning faoliyati butunlay respublika oldida turgan muhim iqtisodiy va madaniy masalalarni yechishga yо‘naltirilgandi. Paxtachilik, irrigatsiya, energetika, rangli metallurgiya va boshqa tarmoqlar yuksalishining kompleks tadqiqiga alohida e’tibor qaratildi. 1987-yili Toshkent viloyatining Parkent tumanida nodir “Katta quyosh pegi” bizerkal optik-gelio-energetik tizim qurilishi tugallandi va ishlatishga topshirildi.
Mamlakatda fanning yanada rivojlanishiga О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning 1992-yil 8-iyuldagi Farmoni va Vazirlar Mahkamasining “Davlat tomonidan fanning rivojlanishi va innovatsion faoliyatni qо‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi yuqoridagi Farmonni bajarish yuzasidan chiqargan Qarori ancha ta’sir qildi.
О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2004-yil 9-noyabrda 532-sonli “Xorazm Ma’mun Akademiyasining 1000 yilligini nishonlash tо‘g‘risida” va 2005-yil 1-noyabrdagi 240-sonli “Xorazm Ma’mun Akademiyasi faoliyatini takomillashtirish va 1000 yillik yubileyini nishonlashning qо‘shimcha chora-tadbirlari tо‘g‘risida” qarorlar qabul qildi. Shunday qilib, Xorazm Ma’mun Akademiyasi О‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining mintaqaviy bо‘limi sifatida tiklandi.
О‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tashqi ishlar vazirligi va YUNESKO ishlari bо‘yicha О‘zbekiston Respublikasi Milliy komissiyasi bilan hamkorlikda 2006-yil 20-sentabrdan – 12-oktabrgacha YUNESKOning shtab-kvartirasida (Parij sh.) kо‘rgazma tashkil qilishdi va Xorazm Ma’mun Akademiyasining 1000 yilligiga bag‘ishlangan ilmiy anjuman о‘tkazishdi. О‘zbekistondagi xorij davlatlarning qator elchixonalari О‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi olimlari ishtirokida Xorazm Ma’mun Akademiyasi faoliyatiga bag‘ishlangan tadbirlar о‘tkazishdi, shunday konferensiyani yana Saudiya Arabistoni Ilmiy-tadqiqot markazi Koreyaning Kyongxi universiteti bilan birgalikda о‘tkazishdi.
Fanlar akademiyasi faoliyatini kuchaytirishda О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning 2006-yil 7-avgustdagi “Fan va texnologiyalar rivojlanishini boshqarish va muvofiqlashtirishni takomillashtirish chora- tadbirlari tо‘g‘risida”gi Qarori va О‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi qoshida Fan va texnologiyalar rivojini muvofiqlashtirish komitetini tashkil qilinganligi alohida ahamiyatga ega bо‘ldi.
О‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi bozor iqtisodiga о‘tish davrida ilmiy-tekshirish muassasalari olib borayotgan asosiy, amaliy va innovatsion tadqiqotlarga katta e’tibor qaratadi. Bugungi kunda yuqori bilimni talab qiluvchi mahsulotlar va ilmiy-tekshirish muassasalari xizmatlarini keng targ‘ib qilish, muhim amaliy ilmiy natijalardan foydalanishning yangi yо‘llari aniqlanib, hayotga tatbiq qilinmoqda, О‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ilmiy bо‘limlari faoliyati takomillashtirilmoqda.
Download 29,35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish