303
tomonidan e’tiqod qilish ananalari ekologik qadriyatlarning bir ko’rinishiga aylangan.
“Demak ayrim o’simlik, giyohlar va daraxtlarni timsollashtirib unda e’tiqodda bo’lish
ekologik tarbiyaning eng qadimgi xalqona va ta’sirchan ko’rinishidir.”
Boshlang'ich ta'lim mazmunini takomillashtirish bilan birga uning shaxs
kamolotidagi ahamiyatini rivojlantirish, kichik yoshdagi o'quvchilarni milliy va
umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalash, ayniqsa, ularda tabiatga atrof olamga
to’g’ri munosabatni shakllantirish barkamol avlodni voyaga yetkazishning bosh obyekti
hisoblanadi.
O'zbek xalq og'zaki ijodi shaxslarda to'g'ridan to'g'ri tarbiyasiga ta'sir etish vositasi
bo'lib xizmat qilgan va xizmat qilib kelmoqda. Mana shundan xalq og’zaki ijodidan
yana biri bu tez aytishlar.
Tez aytishlar asosan bolalarni to‘g‘ri va tez talaffuz qilishga o‘rgatadi. Bir xil
tovushlarni, ayniqsa, undoshlarning har bir so‘zda keltirilish, u yoki bu boladagi ayrim
talaffuz kamchiliklakrini bartaraf etishga yordam beradi. mashqlar natijasida bolaning
tili ravon, nutqi aniq va tushunarli bo‘ladi. Tez aytishlar yoki so‘z o‘yinlari o‘zbek xalq
og‘zaki badiiy ijodining kichik janrlaridan biri bo‘lib, ayrim nutq tovushlarining ko‘p
qaytarilish yoki tovushlarnig so‘z va iboralar tarkibida murakkab joylashishiga
asoslangan. Tez aytishlar ham deyarli hamma xalqlarning og‘zaki ijodlarida uchraydi.
Tez aytishlar hajmi jihatdan kichik bir jumladan iborat yoki katta-bir necha jumlalardan
iborat bo‘lishi mumkin. Ularga misol tariqasida:
-Qishda kishmish pishmasmish, pishsa kishmish qishmasmish.
-Shirin sholg’om shirinmi, sholg’om shirin sholg’ommi.
-Qurilishga tеrak kеrak, Dеmak, ekmoq kеrak tеrak.
-Tolib turupni tarozida tortib topshirdi.
- Oltin o’tloq-oq o’tloq. Qishda kishmish pishmasmish, pishsa kishmish qish
masmish.
Xulosa o’rnida aytmoq joizki tеz aytishlar og’zaki nutq mashqi bo’lib, bolalarni
biyron so’zlashga o’rgatish bilan birga, ularga estеtik zavq bеradi, fikrlash
qobiliyatlarini o’stiradi, xotiralarini mustahkamlaydi.
Toshpishmoq
-sirli, muammoli, tilsimli, tushuntirib bo’lmaydigan jumboq
bo’lib, kishidan butun iroda, tasavvur va tushuncha, bilimlarini ishga solgan
holda yechimini topishga undaydi. Qadimdan rivojlanib kelayotgan bu xalqimiz
orasida, xususan, yoshlar o'rtasida eng ko'p tarqalgan janrlardan biridir. Bolalarning
topqirligini tarbiyalash va zehnini o'tkirlashtirishda, fikrlash qobiliyatlarini o'stirishda
topishmoqlar muhim ahamiyat kasb etadi. O'z xususiyatiga ko'ra topishmoq ikki va
undan ortiq bolalar o'rtasida mustaqil fikrlash yo'li bilan qizg'in savol-javob usulida,
tortishuvlar, bahslar orqali olib boriladi. Topishmoq bolalarni tobora ko'proq narsa va
buyumlarni, tabiat va uning hodisalarini idrok qilishga yordam beradi.
www.scientificprogress.uz
«SCIENTIFIC PROGRESS» Scientific Journal
ISSN: 2181-1601 ///// \\\\\ Volume: 1, ISSUE: 5
Do'stlaringiz bilan baham: |