Science and education scientific journal


ZAMONAVIY ISSIQLIK ELEKTR STANSIYALARIDAGI GAZ TURBINASI QURILMASI YOQILG’I GAZINING TOZALASH USKUNALARI



Download 2,79 Mb.
bet7/76
Sana17.07.2022
Hajmi2,79 Mb.
#811317
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   76
Bog'liq
Ilm-fan va ta\'limning rivojlanish istiqbollari 26-son

ZAMONAVIY ISSIQLIK ELEKTR STANSIYALARIDAGI GAZ TURBINASI QURILMASI YOQILG’I GAZINING TOZALASH USKUNALARI

Ikromov Muslimbek Mubillo og’li


Namangan muhandislik-qurilish instituti


Zamonaviy issiqlik elektr stansiyalari gaz turbinasi qurilmasi bilan jihozlangan bo’lib, uning o’ziga hosligi qisqa vatq mobaynida ishga tushib nominal quvvatga chiqa olishida. Turbina tozalangan va siqilib bosimi oshirilgan gazni yoqilg’i sifatida iste’mol qiladi. Olov hosil qilish uchun yoqilg’i gazi bilan birgalikda tozalangan hamda siqilib bosimi oshirilgan havoniham istemol qiladi. Yoqilg’i gazi turbinaga alohida gaz siquvchi kompressorlar yordamida siqib bosimi oshirib yetkazib beriladi. Gaz tubinasi bir o’qli bo’lib generator, kompressor, yonish kamerasi va turbina qismlaridan tashkil topgan bu qismlarning barchasi bir o’qda joylashgan. Kompressor turbina uchun kerak bo’lgan havoni kompleks havo tozalash qurilmasi yordamida tozalab turbinaga kerak bo’lgan bosimga ko’tarib yetkazib beradi. Yonish kamerasida esa bu havo yoqilgi gazini tozalash qurilmalarida tozalanib, gaz kompressorlari yordamida bosimi oshirilgan gaz bilan birgalikda yoqiladi va turbina qismiga uzatiladi bu olov turbina qismidagi lo’patalarga urililib lo’patani itarishi natijasida lo’patalar mahkamlangan ro’tor aylanadi. Bu jarayonda olovning issiqlik energiyasini ro’torning mexanik energiyasiga aylanadi. Ro’tor va generator bir o’qda joylashganligi uchun ro’torning mexanik energiyasi generatorda elektr energiyasiga aylanadi.

Stansiya foydali ish koeffitsiyentini oshirish maqsadida turbinada ishlab chiqgan gazning haroratidan ikkilamchi issiqlikdan foydalanish uchun mo’ljallangan uskuna ya’ni qozon utilizato’rda suvni bug’ga aylantirish uchun foydalaniladi va bug’ bug’turbinasi qurilmasiga yo’naltiriladi. Bug’ turbinasida bugning issiqlik issiqlik energiyasini ro’torning mexanik energiyasiga aylantirib, rotorning mexanik energiyasi generatorda elektr energiyaga aylantiriladi.


Gaz turbinasi yonish kamerasiga yoqilg’i gazi forsunkalar yordamida beriladi, forsunkalarning uchidagi teshiklar kichkina bo’lganligi sababli yoqilg’i gazi harqanday zarralardan tozalangan bo’lishi turbina uchun juda muhim. Yonish bir vaqtning o’zida birnechta kameralarda sodir boladi agar birorta yonish kamerasidagi forsunka bitib qolsa disbalans hosil boladi va turbinaga jiddiy zarar yetishi mumkin. Yonish kamerasidagi disbalans quyidagi muammolarni keltirib chiqarishi mumkin:





  1. Olov yonishdagi disbalans ro’torni bir o’qda aylanishiga ta’sir ko’rsatadi va ro’torni o’z o’qidan og’ib ketishiga sabab bo’ladi bu esa vibratsiyaga olib keladi vibratsiya turbina uchun eng havfli shuning uchun vibratsiya kutazilganda turbina himoyasi ishga tushadi va turbinani o’chiradi.




27


"PROSPECTS OF DEVELOPMENT OF SCIENCE AND EDUCATION" CONFERENCE PROCEEDINGS

24 MAY 2022




  1. Yonish kameralarida yongan olov ish bajarish uchun turbinaning birinchi bosqich lo’patalariga yonaltiriladi agar olov yonishida disbalans hosil bolsa 1-bosqich lopatalarining bir qismiga yuqori harorat va bosimdagi olov ikkinchi qismiga esa past bosimlik olov bir vaqtning ozida urilishi natijasida lopataga ziyon yetkazadi. Va turbinani ochirishga majbur bolamiz.




  1. Yonish kamerasidagi disbalansni turbinaning olov tebranishini koruvchi sensorlari sezgan taqdirda turbinani himoyasi ishga tushadi va turbinani ochiradi.

Agarda forsunkalardan zarrachalar yonish kamerasiga otib ketsa quyidagi muammolarni keltirib chiqarishi mumkin:





  1. Turbinaning yonish kamerasida harorat 1500 oC gacha kotariladi 1-bosqich lopatalari bevosita shu haroratda ish bajaradi agarda 1000 oC dan yuqori bolgan lopatalarga birorta zarra tegsa lopataga shikast yetadi.




  1. Turbina lopatalari 1000 oC dan yuqori bolgan haroratda ishlaydi shuning uchun lopatani sovutish uchun ichidan sovuq havo beriladi va shu sovuq havo lopatani sovutib lopata uchidagi teshiklardan chiqib turadi birorbir zarracha forsunkadan otib ketib shu teshikchani yopib qoysa lopatani sovutishni iloji bolmay qoladi va lopataga shikast yetadi.

Yoqilg’i gazinafaqat turbina balki gaz siquvchi kompressor stansiyasidagi kompressorlar uchunham juda havfli. To’raqo’rgon issiqlik elektr stansiyasi misolida oladigan bolsak bu stansiya 2 ta blokdan tashkil topgan bolib bloklarning har birining quvvati 450 MW da stansiyaning umumiy quvvati 900 MW ni tashkil qiladi. Stansiya nominal quvvat bilan ishlaganda sutkasiga o’rtacha 4000000 (to’rt million) m3 yoqilg’i gazi sarflashini hisobga olsak har bir blok uchun or’tacha 85000 m3/soat ni tashlik qiladi. Bu stansiya uchun yoqilg’i sifatida faqat gaz ko’zda tutilgan va shu hajmdagi gazni turbina uchun kerakli bo’lgan bosimgacha siqib berish uchun stansiyada alohida gaz siquv kompressorlar stansiyasi mavjud bu stansiya yoqilgi gazini bosimini oshirish bilan bir vaqtda shu gazni tozalaydiham. Bu vazifalarni bajarish uchun har birining quvvati sarfi 4600kW bolgan 5 dona kompressor mavjud, kompressorlarning har biri 45000 m3/soat gazni siqib bosimini 40bar ga yetgazib beradi. Shu kompressorlar umrini uzaytirish hamda turbinalarni rejasiz o’chirilishini oldini olish uchun kiruvchi yoqilg’i gazini mexanik zarralardan tozalash juda zarur va buning uchun stansiyaga kiruvchi gaz quvuriga komressorlardan oldin filtr ornatish lozim.





Download 2,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish