287
To’rtinchi davr – tushish yoki yangilanish. Bu davr ko’ngilochar va rekreatsion
yangi resurslar aniqlanishi yoki aniqlanmasligidan kelib chiqgan holda vujudga
keladi.
Turistik hudud rivojlanishi iqtisodiy siyosatini ishlab chiqish umumiy quyidagi
bosqichlarni o’zida mujassamlashtirgan [1]:
1. Dastlabki vaziyat tahlili, bu quyidagilarga imkoniyat yaratadi:
- mahalliy siyosatchi hamda hududda istiqomat qiluvchilarda turizmning
mazkur territoriyada rivojlanishidagi o’rni haqida tushunchani shakllantirish va
ushbu masala bo’yicha jamoa fikrining holati,
shu bilan birga turizm
industriyasini harakatga keltiruvchi mehnat resurslari faoliyat darajasining eng
yuqori nuqtalarini aniqlashga imkoniyat beradi;
- moddiy-texnik asosning yetarlicha ekanligini, mahalliy diqqatga sazovor
joylarni, tabiiy-iqlimiy resurslar va ularning qo’llanilish darajasini baholash;
- mavjud iqtisodiy iqlim hamda shahar iqtisodiyoti va butun hududda turizmning
ta’sirini tahlil qilish.
2. Urflarni prognozlash. Bu bosqichda faqat turizmga bog’liq bo’lgan yoki uning
ta’siri ostidagi iqtisodiy o’zgarishlar va faoliyat sub’yektlari kutishlarini aniqlash
lozimdir. Turistik rejalashtirishda prognozlash mavjud hududda talabning sodir
bo’lishi mumkin bo’lgan o’zgarishlarini oldindan aniqlash muhim sanaladi. Bu
maqsadni amalga oshirish uchun hajmli hamda
sifatli metodlar hamjihat
qo’llaniladi.
3. Maqsad va vazifalarni o’rnatish. Hududning turistik rivojlanishi rejalarini ishlab
chiqishdagi asosiy mezon va omillardan biri aholining yashash darajasidir. Ushbu
bosqich to’g’ridan-to’g’ri turizm bilan bog’liq joyi bo’lmasligi mumkin, ammo u
shu hudud jozibadorligi uchun kerakli sharoitlarni vujudga keltirishga xizmat
qiladi.
4. Qo’yilgan maqsadlarga yetishish uchun alternativ rejalar ustida tadqiqot olib
borish va ma’qul alternativalarni tanlash.
5. Maqsadga erishish strategiyalarini ishlab chiqish. U o’zida qo’yilgan maqsadlarga
erishishdagi chora-tadbirlarni amalga oshirishda vujudga keladigan o’ziga xos
masalalarni barcha jarayonlarda muvofiqlashtirishni mujassamlashtiradi. Bu
bosqichda strategiyani qismlarga ajratish amalga oshiriladi, aynan shu yo’l
qo’yilgan maqsadlarga erishishning haqiqatdagi imkoniyatlarini baholashga
imkon beradi. Bunda har bir hodisaning amalga
oshirish muddati vaqtiy
bog’liqligi katta ahamiyat kasb etadi.
6. Rejani amalga oshirish, uni qayta ko’rib chiqish va kerakli o’zgarishlar kiritish,
kamchiliklarini to’g’rilash.
Sayohat qilinayotgan joyga hududiy yondashishda aniq maskan, u yerdagi
diqqatga sazovor joylar, turistlar talablariga javob beradigan
va ularning sayohatga
bo’lgan ehtiyojlarini qondirishda chegarasi mavjud yoki aniq chegaraga ega
bo’lmagan joy turistik hududlar deb ataladi. Lekin hozirgi kunda yangi so’z birligi
sifatida “turistik hudud” – o’rnida “turistik destinatsiya” ham qo’llanilmoqda.
Turistik destinatsiya - turistik tizimning hal qiluvchi elementidir. Uni turistlar
ehtiyojini qondirish uchun kerak bo’ladigan barcha qulayliklar, xizmatlar va xizmat
ko’rsatish vositalari mavjud bo’lgan markaz (territoriya) deb ta’riflash mumkin.
288
Boshqacha so’zlar bilan aytganda, turistik destinatsiya sayyohlar uchun zarur bo’lgan
turizmning eng muhim va hal qiluvchi elementlarini o’z ichiga qamrab oladi.
Turistik destinatsiyaning hududi turistik tizimdagi eng muhim omil
hisoblanadi, shu bilan birga turistik destinatsiyalarning o’zlari va ularning imidjlari
turistlarni o’ziga jalb qiladi, tashrifga istak uyg’otishadi, va shu yo’sinda
butun
turizm sistemasi harakatga keladi. “Destinatsiya” so’zining o’zi inglizcha so’zdan
tarjima qilinganda “belgilangan joy, joylashish joyi” degan ma’nolarni keltirib
chiqaradi.
“Turistik destinatsiya” atamasi ilk bor 1980-yillarning o’rtalarida qo’llanilgan
bo’lib, hozirgi kunda kelib destinatsiya – “bu ma’lum bir ma’noda chegaraga ega
bo’lgan, yetarlicha darajada turistlar guruhini jalb qila oladigan va ularning
ehtiyohlarini qondira oladigan geografik hududdir” deb izohlanadi [4].
Turizmni hududiy turizmi manfaati nuqtai nazaridan:
- mahalliy aholi va tashrif buyuruvchi sayyohlarning salomatliklarini qayta
tiklashdagi maqsadiy resurs sifatida;
- hududda aholi bandligini va qo’shimcha daromadni ta’minlovchi mustaqil
xo’jalik kompleksi sifatida;
- tabiiy - rekreatsion potensialni saqlash va hududning
raqobatbardoshligini
oshirish omili sifatida ko’rib chiqiladi.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, turistik hudud – sayohat maqsadi va
turistik mahsulotdir. Shunda ham bunday ta’rif iste’molchilar manfaatini ko’zlagan
bo’lishi lozim, turist tomonidan tanlangan hudud foyda keltirishi kerak ekanligini
unutmaslik muhimdir. Turistik hudud aniq bir sayyohga mo’ljallangan ekanligi,
uning tashrif buyuruvchisiga bog’liq. Hudud turist uchun “attraksionlar va ularga
moslashtirilgan turistik inshoot va xizmatlar yig’indisi bo’lgan maskan”
sifatida
o’zida uyg’unlashgan servislardan tashkil topgan mahsulotni ifodalaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: