Сборник тезисов «Ипак ва зираворлар»



Download 7,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet135/206
Sana24.02.2022
Hajmi7,78 Mb.
#227491
TuriСборник
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   206
Bog'liq
Ipak va ziravorlar 2018

ADABIYOTLAR 
1. 
https://www.wttc.org»countries- 2017 edition 
2. 
World Travel& Tourism Council (WTTC), The Harlequin Building, 65 
Southwark Street, London United Kingdom 2016 
3. 
https://www.statista.com 
Mirzayeva M.R., o’qituvchi,
Buxoro davlat universiteti
BUXORO SAN’ATIDAGI MILLIYLIK VA IPAKCHILIK AN’ANALARI 
 
Mustaqillik davrida an’anaviy badiiy hunarmandchilik turlarini qayta tiklash 
xususiy mulkni vujudga keltirish va bozor iqtisodiyotiga o’tish bosh iqtisodiy omilga 
aylandi. 
O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimov tomonidan xalq 
ustalari maqomini mustahkamlash, an’anaviy hunarmandchilikni qo’llab 
quvvatlashga qaratilgan qator hujjatlar va farmonlar e’lon qilindi.Yuqori sifatli 
mahsulotlarni qayta tiklashda olimlar, mutaxassislar, san’atshunoslardan iborat, 
ekspertlar hamjamiyati katta rol o’ynadi. 
Mustaqillik yillaridan boshlab qator milliylik va urf-odatlarni o’zida 
mujassamlashtirgan xalqlar hamdo’stligini mustahkamlaydigan, madaniyat o’choqlari 
shakllangan vohalarda an’anaviy tarzda yuzdan ortiq festivallar o’tkazilib 
kelinmoqda.
Shu jumladan, har yili may oyida O’zbekiston madaniyati va san’ati markazlari 
tomonidan “Ipak va ziravorlar” xalqaro festivali ananaviy tarzda bizning vohamiz 
Ko’hna va Boqiy Buxoroda ham o’tkazilib kelinmoqda. Festival ishida qatnashish 
jarayonida O’zbekistonningning turli regionlarida yashovchi xalq ustalari bilan 
muloqotlar, ularning ijodi bilan tanishuv ushbu qadimiy ko’hna viloyatga ilmiy 
ekspiditsiya uyushtirish zarurligi haqidagi fikrga olib keladi. Boz ustiga Buxoroning 
ayniqsa keyingi o’n yilliklardagi serqirra xalq madaniyati ilmiy va ommabop 
asarlarda deyarli barcha sohalari yoritilib bormoqda. Zero, jahon madaniy merosoni 
saqlashga qaratilgan ko’plab xalqaro akt va konferensiyalarning, jumladan 
YUNESKOning asosiy vazifasi xalq madaniy o’choqlarini kataloglashtirish hamda 
ularning yaratuvchilari haqidagi ma’lumotlarni yig’ishdan iboratligiga qaramay, hali-
hanuz Buxoro zardo’zchiligi va kashta ishlab chiqaruvchi asosiy markazlar ularga 
naqsh solib bezash va texnologik o’ziga xos usullari xususiyatlari o’rganilib tahlil 
qilinib kelinmoqda.


275 
Bugungi kunda viloyat el-elatning turliligi bilan ajralib turadi. Bu yerda asrlar 
davomida o’zbek, tojik, arab va turkmanlar bahamjihat yashab kelishadi. Mazkur 
voha uchun madaniy Landshaftning o`ziga xosligi urug`lararo, elatlararo va 
millatlararo bo`lib, bu esa o`z navbatida an`anaviy hunarmandchilikning badiiy 
xususiyatlarni aniqlashda yordam beradi. Buxoro vohasida an`anaviy asosiy maktab 
va markazlar XVIII –XX asrning boshlarida shakllangan, zero ular xilma-xilligi bilan 
ajralib turgan. Badiiy gazlama ishlab chiqarishdan tashqari kulolchilik, kandakorlik, 
zargarlik san’ati, yog’och va ganch o’ymakorligi hamda naqsh-u nigoronlari bo’yicha 
yirik markazlar mavjud bo’lgan. Bugungi kunda viloyatda an’anaviy gilamdo’zlik va 
kashtachilik yaxshi rivojlangan. 
Asosiy xomashyosi qo’y hamda tuya yungi bo’lgan gilamdo’zlik ilgari 
ko’chmanchi hayot kechirgan xalqlarda ( turkman, arab,o’zbeklarning qo’ng’irot 
urug’i) keng tarqalgan. Aynan Buxoro vohasida to’qimachilik kombinati matolarini 
bezash san’ati tarixi ildizlari uzoq o’tmishga borib taqaladi. Minglab yillar ilgari 
Xitoy, Hindiston, Misr kabi mamlakatlarda matolarni bo’yash ishlari amalga 
oshirilgan. Iso tug’ilganga qadar 12-yuz yillikda Tir va Sidonda
to’q qizil matolar 
deyarli oltin bahosida qadrlangan. Matoni yaxlit bo’yashdan farqli, unga naqsh va 
tasvirlar tushirish anchayin murakkab jarayondir. Aynan Buxoro vohasida kashta va 
mato bezaklari bilan bir qatorida, matolar asrlar davomida ishlab chiqilgan naqshlar,
batiq bandani, chitgari singari bo’yash texnikasi bilan bezatilgan. Garchi Ermitajda 
qadingi Yunonistonning dastlabki chit matosi mavjud bo’lsada, matoga gul bosish 
an’anasi qachon vujudga kelganini aniq belgilab bo’lmaydi.
Paxta 
va 
ipakdan 
mato 
ishlab 
chiqarish 
vohamizda 
qadimdan 
rivojlangan.Olacha, qalami

susi chit kabi paxta, beqasam, adras, baxmal, banoras 
singari yarim shoyi, shoyi xonatlas ipak matolari ma’lum. Ular tekis bo’yalgan yoki 
turli endilikdagi yo’l-yo’l, katakli, boy rangli abrli naqshlar bilan bezatiladi. 
Matolarni bezashning an’anaviy usullari orasida qo’lda gul bosish orqali bezash usuli 
alohida o’rin egallaydi. O’zbekistonning ham donador, ham metrajli matolar ishlab 
chiqaradigan ko’pgina to’qimachilik markazlarida matolar tasvirlari o’simlik va 
geometrik bezaklarning o’zaro uyg’unligidan iborat . Bosilgan gullar qizil-qora 
singari ikki rangdan tortib xilma-xil ranglarda bo’ladi. Buxoroda ijtimoiy-iqtisodiy 
munosabatlarning o’zgarishi ishlab chiqarilayotgan matolar uslubi almashinuviga 
ham ta’sir qiladi. Buxoroda tashkil qilingan jabrikalonda ishlab chiqarilgan gul 
bosma matolar hunrmandlar qo’lida tayyorlangan mahsulotlarni siqib chiqardi.XIX 
asrning II yarmida ingichka chiziqli bezaklar bo’rtma shakllar tomonidan siqib 
chiqarildi. Negaki ular sifatli bo’yoqlarni talab qilmas edi. Ko’pgina naqshlar, 
masalan tashqi, kiyimlar uchun naqshlar deyarli yo’qolib ketdi. Ularning o’rnini 
mahaliy aholining didiga mos fabrikada ishlab chiqarilgan matolar egalladi . Sharqda 
ishlab chiqarilgan gazlamalar Yevropa sanoatchilarning e’tiborini doimo tortib 
kelgan. Aynan go’zal vohamiz Buxoro naqshlari esa Ivanovo Voznesenk to’qivchilari 
uchun namuna bo’lib xizmat qiladi. Rossiya Sharq bozoriga e’tibor qaratib chitga gul 
bosish sanoatida sharqona naqshlarning xilma-xil turlarini ishlab chiqdi. Lekin ularni 
aynan Sharqniki deb bo’lmaydi. Chunki ularga ba’zan fransuz yoki italyan 
namunalari ham aralashgan. Lekin bu iste’molchilar orasidan Rossiyada ishlab 
chiqarilgan matolarning ommalashib ketishiga to’sqinlik qilmadi. XX asr boshida 


276 
Rossiya fabrikalari matolarni olib kelish keskin qisqardi. Mahalliy hunarmandlar 
ishlab chiqarilgan gazmol va gulli matolar salmog’i oshib ketdi. Endi matoga gul 
bosuvchi qolibchalar fabrika gazlamalari beragidan matolardan foydalana boshlandi. 
Siyosiy tuzumlarning keyingi almashinishi ko’plab o’zgarishlarga olib keldi 
.Bu to’qimachilik san’atiga ham ta’sir qildi.1917-yildan keyin to’qimachilik 
xususiyatiga ega bo’lib qoldi. Matolarni badiiy bezash masalasiga iqtisodiy emas, 
balki mafkuraviy nuqtai nazardan yondashish ko`pincha an`anaviy, moda 
tamoyillarini sotsialistik madaniyat turkumlarga almashtirishga olib keldi. Bu esa 
iste`molchilarga ishtiyoq uyg`otmadi. Agar ilgari bozor o`rganilib, to`qimachilik 
fabrikalari ishlab chiqaradigan mahsulotlarga mahalliy aholi talabi hisobga olingan 
bo`lsa,1930-yillar boshiga kelib, 1929-yilning yanvarida bo`lib o`tgan to`qimachilik 
sanoatlari ko`rgazmasida ta`kidlanganidek, to`qimachilik bozorda matolarni bezash 
borasida alohida yutuqlar ko`rinmadi.Buxoroda to`qimachilik uchun naqsh yaratish 
oson kechmagan.Qo`shni hududlar savdogarlarning talabini qondirish ular bilan 
aloqalar o`rnatish juda katta mehnat talab qilgan.
Buxorolik hunarmandlar kasblarini qo`llash va rivojlantirish muhim 
ahamiyatga ega.Negaki ular tayyorlagan mahsulotlar o`lkadagi umumiy ishlab 
chiqarishning salmoqli qismini tashkil etadi va jahon bozorida sotiladigan qimmatli 
materiallarni beradi. Vohamizning bu kabi go`zalligi shu mehnat mahsullarida 
bilinadi.Buxoro gilamlari, ipak matolari, kumush va ipak kashtalari nafaqat butun 
dunyoni, balki qalblarni ham junbushga keltiradi.
Sharq ishlab chiqarishi va zeb-ziynat ashyolari sifatida katta ahamiyat kasb etib 
kelayotgan Buxoroyi Sharif usta va hunarmandlari kasb korlari necha asrlardan beri 
tillarda doston. 
Shuning uchun, mahalliy aholining farovonligi Buxoroda katta miqdorda olib 
chiqib ketilayotgan mahsulotlarga ko`proq bog`liq bo`lib qoldi.\ 
Buxoroda asrlar davomida qo`lda to`qilgan matolar fabrikanikidan pishiqroq va 
oddiy odamlar uchun foydaliroq. Ayniqsa, Buxoroning eski shaharida joylashgan 
dehqonlar uchun shoyi va paxtadan pishiq va yupqa matolardan kiyim kiyishga to`la 
imkoniyat bo`lgan. Chunki aynan eski shaharda matolarni to`quvchi ustalari faoliyat 
olib borgan. Aynan o`sha davr bilan taqqoslaydigan bo`lsak, Rossiya qishloqlarida 
qolin kanop ipdan to`qilgan kiyim qanchalik ko`p bo`lsa, bu yerda paxta va shoyi 
matolar shunchalik ko`p.
Shoyi matolarning hunarmandlar tomonidan ishlab chiqarilishi ikki tomonlama 
foyda keltiradi, ya`ni ishchilar haq oladi va kishilar chiroyli va qulay kiyimga ega 
bo`ladi.
Mahalliy matolar o’zining sifati va afzalligi, eng muhimi pishiqligi jihatdan 
yaxshi.Ular shuning uchun evropa bozorida ham xaridorgir .Shu boisdan o’lkaning 
xorij bilan savdo-sotig’ining asosiy qismini matolar tashkil etadi. 
Agar bu ishlab chiqarishga yordam berilsa,Buxoro shoyi matolari yanada 
yaxshi bo’lishi mumkin edi… 
O’lkada yana bir muhim ishlab chiqarish bor– bu o’yma naqshlar jozibasi deya 
ta’rif etiladi. Buxoroda mis kandakorligi ham o’zining kulolchiligi singari 
yurtimizda,hamda xorijda xalq ijodoyotining yetakchi turi sifatida mashhurdir. 


277 
O’yma mis kandakorligi mahsulotlarini uch xildagi mutaxassis ustalar 
tayyorlaydi. Misgarlar qizil va sariq mis, shuningdek, latundan shakl tayyorlaydilar. 
Mis quyuvchilar (rixgarlar) bo’lajak mahsulotning tutqichi, qubbo qopqog’i, jo’mragi 
(sanula) oshiq-moshig’i (chaspak) kabilarni tayyorlaydilar. Buxoro vohasidagi 
hunarmandchilikning bu ko’rinishi juda mayda zarrachani ham cheklab o’tmaydi. 
Naqsh berish juda katta mehnat talab etadigan jarayondir. Buxoro mis kandakorligi 
maktabi mahsulotlari Qo’qon, Toshkent, Xorazm va Qarshi mahsulotlaridan 
soddaligi va shakllarning sipoligi bilan ajralib turadi. Nisbatan bo’sh tanga 
chiziqchalar yoki nuqtalar tushuniladi. Tekis keng kundallar Buxoro misgarligi 
mahsulotlariga alohida ifodalilik baxsh etadi.
Plastik aniq o’simliksimon islimiy bezaklar nihoyatda yuqori did bilan chiroyli 
va bejirim ishlangan. Buxoroning ayrim misgar ustalar o’z mahsulotlarini o’simlik 
bezaklariga moslab, arab yozuvlari bilan ham bezaganlar. Ayrim hollardagina ular 
nihoyatda mohirlik bilan turli ranglarga bo’yalgan. 
Buxoro kandakorligi – o’ta nozik va mahorat bilan yaratilgan san’at. U po’lat, 
qalam va bolg’acha kabi asboblar yordamida yaratiladi. Kandakorlikda po’lat 
qalamning bir necha turidan foydalaniladi. 
XX asrning 60-yillarida Buxoro an’anaviy kandakorligini qayta tiklash va uni 
rivojlanitirish hozirgi kunda ham bu hunarmandchilikni dunyoga tanitish uchun 
Buxorolik kandakor ustalar faoliyat olib boryaptilar. 
Har bir vohaning o’z milliy an’analari bo’lganidek, bizning Sharif 
Buxoromizning asrlarga tatigulik an’analari barhayot yashashi va uni dunyoga 
tanitish, dunyoning madaniyat markazlari darajasiga ko’tarib, bu buyuk badiiy 
an’analarni davom ettirgan holda joylarda yoyish har bir o’zbek farzandining 
qalbidagi eng oliy orzuga aylansin.

Download 7,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish