247
modelning ijobiy tomoni shundan iboratki, bu mamlakatdagi ijtimoiy iqtisodiy va
siyosiy vaziyatni yaxshilashga yordam beradi, kapital oqimi darajasini yaxshilaydi va
eng asosiysi xususiy va tijorat kompaniyalari turistlarga xizmat ko’rsatadi. U
mamlakatlar o’rtasida hamkorlikni rivojlantirish va O’zbekistonda investitsiyalar
hajmini oshirishga yordam beradi. Bizga ma’lumki milliy hunarmandchilik
O’zbekistonda qadimdan rivojlanib ajdodlardan avlodlarga an’anaviy tarzda o’rgatib
kelinmoqda. Mustabid tuzum davrida milliy hunarmandchilik tubdan izdan chiqdi.
Faqatgina mustaqillik arafasida bu qadriyatlar qayta tiklandi. Ya’ni kulolchilig,
ipakchilik,
temirchilik, to’quvchilik tufayli insonning ishlab chiqarish faoliyati
takomillashib bordi. Kishilik jamiyati rivoji oqibatida sanoat ishlab chiqarishi kurtak
sochdi. Bunda turli ixtisosliklar rivojlandi. Masalan, kashtachilik, to’quvchilik,
gilamchilik, misgarlik, binokorlik shular jumlasidandir. Buxoro turistlar shahri bo’lib,
bu yurtda turli xil hunarmandchilik namunalari sayqallanib kelgan. Sopol idishlarda
archasimon, yo’l yo’l, gulli naqshlar mukammal ishlangan, zardoz ayollarimiz
tomonidan jilovkor san’at asarlari yaratilgan, eng zo’r tarjimalar Buxoro tarjimonlari
tomonidan amalga oshirilgan. Yurtimiz o’zining boy tarixi, noyob osori atiqalari
maftunkor tabiati, jozibasi go’zalligi bilan turistlarni o’ziga jalb etib kelmoqda. Shu
bois Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev rahnamoligida
turizmni rivojlantirish, xususan
milliy turizmni rivojlantirish, yurtimizda sayyohlarning salohiyatini yanada
yuksaltirish borasida keng ko’lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. So’nggi yillarda
turizmni rivojlantirishni qo’llab quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan say
harakatlar natijasida uning mamlakat YaIM dagi ulushi 0,1% dan 2% gacha
ko’tarildi.
Mamlakatimizga kelayotgan sayyohlar so’nggi o’n yilda 6 barobarga ortdi.
Boy tarixiy merosimiz xalqaro turizm bozorida mustahkam o’rin egallashimizga
muhim omil bo’lmoqda. Ana shu imkoniyatlardan to’g’ri va oqilona foydalanish
jannatmonand O’zbekistonimizni sayyohlarning sevimli
maskanlaridan biriga
aylantirish bugunning dolzarb vazifalaridandir.
Zero turizm nafaqat yuqori daromad keltiruvchi soha, balki, mamlakatlarning
milliy madaniyati, tarixi, an’analari va erishayotgan yutuqlarini targ’ib qilishning
qulay va samarali tizimi hamdir. Mamlakatimizda turizmni rivojlantirishning kuchli
jihati yetarli shart sharoitlarni imkoniyatlarni, imkoniyatlarni imtiyozlarni mavjudligi,
mehmonxona xo’jaligining rivojlanishi, mavjud tarixiy obidalar,mavjud
transport
imkoniyatlari, xalqaro ayeroport borligi oziq-ovqat bo’yicha infratuzilmaning
rivojlanganligi tabiiy resurslarning mavjudligi, boy tarixiy madaniy omillarga egaligi,
toza ekologik muhit aholining ichki va tashqi turizmga qiziqishi yuqoriligi, ijtimoiy
iqtisodiy holatning barqaror rivojlanishi, tarixiy va madaniyatimizga oid boy tadbirlar
bayramlar mavjudligi, muzeylar ko’pligi bu turizmni rivojlantirishning kuchli tomoni
bo’lsa, kuchsiz tomoniga turistik xizmatlarning mavsumiyligi, mehmonxona
xo’jaligidagi moliyaviy muammolar, dengiz yo’llarining yo’qligi, servis
xizmatlarining yetarli darajada shakllanmaganligi,
xalqaro standartlar talabi
darajasidagi mutaxassislarning kamligi, turistik korxonalarda marketing yetarli
darajada rivojlanmaganligi milliy va jahon bozoridagi turistik mahsulotlar narxining
yuqoriligini aytish mumkin.
248
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda mamlakatda turizmni rivojlantirish
uchun quyidagilarni amalga oshirish taklif qilsa bo’ladi:
- Mavjud turistik mehmonxona xizmatlari bo’yicha me’yoriy hujjatlar hamda
standartlarni xalqaro me’yorlar bilan uyg’unlashtirish;
- Turistik obyektlarga olib boradigan avtomobil yo’llarining sifatini oshirish;
- Tashqi va ichki turistlarga xizmat qiladigan axborot kommunikatsiyani
rivojlantirish, internet saytlarini takomillashtirish va boshqalar.
- Jahon standartlari va talablariga mos keladigan, ilmiylikka asoslangan katta
va kichik qisqa va uzoq muddatga mo’ljallangan loyihalarni ishlab chiqish va ularni
amalga oshirish;
- Sertifikatlashtirish jarayonini takomillashtirish;
- Mamlakatimizda yoshlarning turizm sanoatida
hamda mehmonxona biznesiga
bo’lgan qiziqishlarini ortirib shu sohadagi imkoniyatlardan oqilona foydalanish
yo’llarini o’rgatish.
Milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligi iqtisodiy faoliyat jarayonlari va
uning natijalarini aks ettiruvchi ko’rsatkichlarda kichik biznes ulushining yuqori
bo’lishiga ham bog’liqligi shubhasiz.
Kam xarajat hisobiga yangi ish o’rinlarini yaratish imkoniyati, yirik biznes kira
olmaydigan bozorni egallay olish qobiliyati, ayniqsa xizmat ko’rsatish sohasida va
uncha katta bo’lmagan mahalliy resurs bazalarini o’zlashtirishda juda qulay tashkiliy
shakl ekanligi kichik biznesni rivojlantirishning ahamiyati beqiyosligini ko’rsatadi.
Shu sababli ham kichik biznesni jadal rivojlantirish masalasi mahsulot ishlab
chiqarishni mahalliylashtirish xizmat ko’rsatish sohasini rivojlantirish shuningdek
mamlakatning eksport salohiyatini oshirish masalalari bilan chambarchas bog’langan.
Bugungi kunda aholi va sayyohlarning mehmonxona
xizmatlariga ehtiyoji
barqaror rivojlanib bormoqda. Mazkur biznes faoliyati yuqori rentabelli bo’lib,
mazkur sohada ko’pgina tadbirkorlik subyektlari samarali faoliyat olib bormoqda,
raqobatbardosh xizmatlarni aholiga taqdim qilmoqda. Ushbu taqdim etilayotgan
xizmatlar malakali mutaxassislar tomonidan amalga oshirilmoqda.
Hozirgi kunda viloyatimiz aholisi moddiy turmush darajasini yaxshilash, ish
bilan bandligiga ko’maklashishda o’zining munosib hissasini qo’shish mehmonxona
xizmatlari bozorida o’z mavqeiga va raqobat afzalliklariga ega bo’lish, o’zining
moliyaviy salohiyatini va foydasini oshirishni o’z oldiga maqsad qilib qo’ygan
hamda jamiyat a’zolarining turmush sharoitini kundan kunga yaxshilab borishni
mo’ljallamoqda.
Mehmonxona xo’jaligida kadrlar boshqaruvining maqsadi har bir xodimdan
samarali foydalanishni tashkil qilishdan iborat. Bu esa o’ta murakkab jarayon.
Chunki har bir xodim o’z kamchiligiga juda kam e’tibor qaratadi va aksariyat
holatlarda o’zini eng kerakli xodimman, degan tasavvur bilan yuradi. G’o’yo u
mazkur korxonada faoliyat ko’rsatmasa, u yerdagi ishlar to’xtab qoladigandek o’ziga
yuqori baho beradi. Endi bunday tasavvurdagi xodim
mehmonxonaning samarali
faoliyat ko’rsatishini emas balki o’ziga bo’ladigan e’tiborni ko’proq o’ylaydi.
Xodim mazkur korxona yutug’ida mening ham kamtarona hissam bor, ammo
bu faqat mening shaxsim bilan bog’liq emas degan tushunchasini his qilishi lozim.
249
Aks holda u yanglishadi. Chunki hamma muvaffaqiyatlarning “kaliti” menman
deyish ko’p xatoliklarga sababchi bo’lishi mumkin.
Mehmonxona xo’jaligi xodimlari faqat foyda olishni ko’zlab faoliyat ko’rsatsa,
keyinchalik kelishi kutilayotgan foydani boy berishlari mumkin. Shu tufayli ular
xizmatining nechog’lik zarurligini o’ylab faoliyat ko’rsatishlari lozim. Agar mijozga
zarur xizmatlarni ko’rsatsangiz albatta, foyda o’z o’zidan kelaveradi. Demak,
mijozlar talabini o’rganish mehmonxona xodimlarining asosiy tamoyillaridan bo’lishi
shart.
Xodimlarning mehmonxona faoliyatidagi o’rnini his qilishi lozim bo’lgan
jihatlariga quyidagilarni kiritgan bo’lardim: mas’ullik, iste’molchi talabining
o’rganilganligi, xodimning o’ziga bo’lgan ishonchini his qilishi, xizmatga talabning
mavjudligi va yuqori sifat past narx (davlat qarorlari).
Bugungi kunda turizm xizmatlar bozori Butunjahon turistik tashkiloti
ma’lumotlariga qaraganda, turizm sohasida xo’jalik yurituvchi subyektlarning
faoliyati milliy iqtisodiyotning kamida 32 ta tarmog’i bilan bevosita va bilvosita
bog’langan bo’lib ularning rivojlanishiga o’z ta’sirini o’tkazadi.
Butunjahon turistik tashkiloti ma’lumotlariga ko’ra, dunyo bo’yicha 2012 yil
jami 1030 mln. xalqaro turistlar qa’bul qilingan, tushumlar $1070 mlrd ga yetgan va
bu 2011 yilga nisbatan 4,0% o’sganini ko’rsatmoqda. 2012
yilda turistlarni qabul
qilish bo’yicha birinchi o’rinda Fransiya tursa, 2 chi va 3chi o’rinda mos ravishda
AQSH va Xitoy mamlakatlari turibdi.
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, milliy turizm xizmatlar bozorini barqaror
rivojlantirish uchun nafaqat turizm sohasini, balki, hunarmandchilik unga turdosh
bo’lgan iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarini ham rivojlantirish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: