Keywords:
PISA, PIRLIS, TIMSS, ICILS, International Assessment Program, National
Education System, primary education.
Bugungi kunda kunda mamlakatimiz innovatsion taraqqiyot yo‘lida shiddat bilan rivojlanib
borayotgan bir davrda yoshlarning ijodiy g‘oyalari va ijodkorligini har tomonlama qo'llab-
quvvatlash, ularning bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantirish hamda ilg‘or xorijiy tajribalar,
xalqaro mezon va talablar asosida baholash tizimini takomillashtirish, shu yo'lda xalqaro tajribalarni
o‘rganish, mavjud tizimni har tomonlama qiyosiy tahlil qilish, tegishli yo‘nalishdagi xalqaro va
xorijiy tashkilotlar, ilmiy tadqiqot muassasalari bilan yaqindan hamkorlik qilish muhim ahamiyatga
egadir.
Ushbu vazifalarni amalga oshirish yo‘lida boshlang‘ich sinf o‘quvchilaribilimini
baholashda xalqaro baholash dasturini mamlakatimizda joriy etish, tajribalardan foydalanish:
muammo va yechimlar mavzusida Vazirlik miqyosidagi konferensiyada ishtirok etish o'ziga xos
o‘rintutadi. Shunday ekan, ta’lim sifati samaradorligini oshirish, ta’lim sohasidagi yangi xalqaro
tadqiqotlar haqida shuningdek Xalqaro baholash dasturini joriy etishning istiqbolari to‘g‘risida xalq
ta’limi tizimi xodimlari, o‘qituvchilar hamda ushbu sohaga qiziquvchilar uchun ma’lumot berish
maqsadga muvofiqdir.
Ma’rifatparvar olim Abdulla Avloniy bundan yuz yillar avval aytgan “Tarbiya biz uchun yo
hayot— yo mamot, yo najot — yo halokat, yo saodat — yo falokat masalasidir”- degan iborasi ayni
kunda hamo‘z qimmatini yo‘qotgan emas. Darhaqiqat, dunyo bilan bo‘ylashishimiz uchun
yoshlarimizning ta’lim- tarbiyasi muhim ahamiyat kasb etadi. Albatta, mustaqillikning ilk yillaridan
boshlab yurtimizda ta’limtizimini isloh etishga katta e’tibor qaratildi va bugungi kunga kelib sohada
ma’lum yutuqlarga erishildi. Uzluksiz ta’lim tizimida, xususan, maktabgacha ta’lim, umumiy o‘rta
ta’lim, o‘rta maxsus, kasb-hunarta’limi, oliy ta’lim, kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash,
maktabdan tashqari ta‘lim turlaridakatta o'zgarishlar yuz berdi. Ammo globallashuv davrida
jahonda ilm-fan, texnika va texnologiyalarshiddat bilan rivojlanayotganini aslo ko'zdan qochirib
bo'lmaydi. Bu esa o‘z navbatida ta’lim, ilm-fan oldiga yangi talablarni ko'ndalang qo'ymoqda.
Ta‘lim tizimini muntazam isloh etish, o'qitishning zamonaviy usul va vositalarini takomillashtirish,
ta’lim mazmunini boyitib borish, bugungikunning ham dolzarb talabi bo‘lib qolaveradi. Tabiiyki,
boshlang‘ich ta’limda xalqaro baholash dasturlarini joriy etish haqida fikr yuritar ekanmiz,
barchamizda haqli bir savol tug‘iladi:
Xalqaro baholash dasturlarining ahamiyati nimada?
Qanday Xalqaro baholash dasturlari mavjud?
Ta'lim sifatini baholash xalqaro tadqiqotlarida ishtirok etish O‘zbekistonga nima beradi?.
Xalqaro baholash dasturining bugungi kundagi bir qancha zarur ahamiyatlarini keltirishimiz
mumkin.
So‘nggi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida ulkan iqtisodiy
o‘sish ko‘rsatkichlariga erishilayotganligi barcha sohalarda malakali kadrlar va yetuk
mutaxassilarga bo‘lgan talabni yanada oshirmoqda. Bu o‘z-o‘zidan o‘quvchilarimizning darslarga
qiziqish xususiyatini oshirish va o‘qituvchilarning har tomonlama ta’lim tarbiyaga e’tiborini
kuchaytirishni talab etadi.
Yuqoridagi talablarning ta’lim tizimi uchun juda muhim ekanligi, aksariyat xorijiy
davlatlardagi kabi ta’lim va fan sohalari rivojlanishini baholash va monitoring qilish orqali ta’lim
sifatini oshirishga qaratilgan ilg‘or tajribalarni sohaga jalb qilish kerakligini anglatadi.
Bugungi kunda o‘quvchilarning bilim darajasini aniqlashga xizmat qiluvchi quyidagi
xalqaro baholash dasturlari mavjud:
PISA – o‘quvchilarni ta’limiy yutuqlarini baholash xalqaro dasturi
PIRLS – matnni o‘qish va tushunish darajasini aniqlovchi xalqaro tadqiqot
BOSHLANG‘ICH TA’LIMGA XALQARO BAHOLASH DASTURLARINI JORIY ETISHNING ISTIQBOLLARI
Do'stlaringiz bilan baham: |