Сборник научных трудов по материалам Международной научно-практической


BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA AKT QO‘LLASH ASOSIDA O‘QISH



Download 4,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/418
Sana07.04.2022
Hajmi4,02 Mb.
#533718
TuriСборник
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   418
Bog'liq
2-қисм Халқаро Охири 08.02.2022 maqola

BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA AKT QO‘LLASH ASOSIDA O‘QISH 
KO‘NIKMALARISAMARADORLIGIGA ERISHISH 
 
Abdullayeva N.– Uchqo'rg'on tumani, 1-umumiy o'rta ta'lim maktabi boshlang'ich sinf 
o'qituvchisi, Namangan, O‘zbekiston. 
 
Annotatsiya: 
Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida o‘qish ko‘nikmasini AKT 
asosida qo‘llash va uning dars jarayonidagi samarali tomonlari haqidagi ma’lumotlar bilan 
boyitilgan.
Kalit so‘zlar: 
multimedia ilovalari, annimatsion material , tafakkur , tasavvur , mantiqiy 
fikrlash , didaktik o‘yin , mantiqiy fikrlash, zamonaviy pedagog. 
Аннотация: 
Эта статья обогащена информацией о применении навыков чтение на 
основе ИКТ у учителей начальных классов и их эффективных аспектах в учебном процессе.
Ключевые слова : 
мультимедийные приложения, анимированный материал
мышление, воображение, логическое мышление, современный педагог

Annatation:
Thist article is enriched with information on the application of ICT-based 
reading skills in primary school teachers and its effective aspects in the teaching process.
Keywords :
multimedia applications, animated material, thinking, imagination, logical 
thinking, modern pedagogue. 


BOSHLANG‘ICH TA’LIMGA XALQARO BAHOLASH DASTURLARINI JORIY ETISHNING ISTIQBOLLARI
 
17 
XALQARO MIQYOSIDAGI ILMIY-AMALIY KONFERENTSIYA MATERIALLARI
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi Davlat ta’lim standartlari bo‘yicha bolalarning mantiqiy 
tafakkur qila olish salohiyatini, aqliy rivojlanishini, dunyoqarashini, kommunikativ savodxonligini, 
tayanch va fanga oid kompetentsiyalarini va o‘z-o‘zini anglash salohiyatini shakllantirishga, erkin 
fikrlay olish, o‘zgalar fikrini anglash, o‘z fikrini og‘zaki va yozma ravishda ravon bayon qila olish 
ko‘nikmalarini egallashlariga erishishi lozim. Shu boisdan ham boshlang‘ich sinflar o‘quv 
jarayonidagi bir xillikga barham berish dars jarayonini turli tumanligini , rang- barangligini 
ta’minlash maqsadida ilg‘or pedagogik va innovatsion texnologiyalarini keng joriy etishga 
mo‘ljallangan o‘quv-metodik qo‘llanmalarni yaratish va tadbiq qilish davr talabidir. Shu bilan birga 
dars jarayonida maxsus tayyorlagan multimediali ilovalardan, videolavhalardan, turli animatsion 
materiallardan foydalanib o‘quv jarayoni tashkil qilinganda, o‘quvchilarning amaliy tafakkur va 
tasavvurlarini shakllantirishda mavzuga bo‘lgan qiziqishlarini orttiradi va tez tushunib olishlariga 
imkoniyat yaratadi. Shuningdek, dars davomida o‘quvchilar charchab qolmasligi va zerikmasliklari 
uchun musiqali dam olish daqiqalari ham tashkil etilishi maqsadga muvofiqdir. Xuddi shunday, 
boshlang‘ich sinflarda matematika darslarida didaktik o‘yin va boshqotirmalardan foydalanish 
o‘quvchilarning mantiqiy fikrlash va hozirjavoblik qobiliyatlarini yanada rivojlantiradi.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining boshlang‘ich sinflarida o‘quv jarayonini axborot 
kommunikatsiya vositalaridan foydalangan holda shakllantirish o‘qituvchidan o‘quvchiga 
o‘qituvchining ishtirokisiz mustaqil tarzda amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan elementlarni, 
didaktik materiallarni berish (o‘quv masalalarini qo‘yish, amaliy predmetli mazmunini aniqlash, har 
bitta alohida amallarning bajarilishi bo‘yicha namunalarni ko‘rsatib berish, har bir harakat va 
amallarning bajarilishini nazorat qilib borish, masalaning echilganligini, tugallanganligini baholash) 
uzluksiz tarzda ketma-ket kechadigan jarayondir. Boshlang‘ich sinflarda kompyuterli o‘qitish – 
predmetlar muhitini elementlarini o‘zgartiruvchi va boyituvchi sifatida qaraladi.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida aynan bunday yoshda bolaning aqliy qobiliyatlarini jadal 
rivojlanish jarayoni kechadi, uning intellektual salohiyatini rivojlanishi uchun fundament yaratiladi. 
O‘quv jarayonida pedagogik, innovatsion va axborot texnologiyalaridan foydalanish boshlang‘ich 
ta’limning dolzarb masalalarini samarali echish uchun imkoniyat yaratadi, jumladan: o‘quv 
jarayonini qiziqarli va mahsuldor qilish hisobiga o‘quvchida materialni anglab olish motivatsiyasi 
ortadi; mustaqil ishlash va o‘zini-o‘zi nazorat qilish ko‘nikmasi rivojlanadi; darsning 
samaradorligini va har bir o‘quvchining o‘zlashtirishini ta’minlaydi; har bir o‘quvchining 
fikrlashini, bilish hissiyotini, maqsad sari intilishlarini, ma’naviy tasavvurlarini rivojlantirish 
hisobiga umumiy faol rivojlanishga erishiladi; sinfdagi barcha bolalarning faol ishlashi 
ta’minlanadi.
Innovatsion va axborot texnologiyalarini ta’lim jarayoniga tadbiq qilishni zamonaviy 
axborot dunyosini rivojlanishidagi mantiqiy va zaruriy qadam deb xarakterlash mumkin. 
Kompyuterlarning o‘quv jarayoniga jadal kirib kelishi pedagoglar hayotida misli ko‘rilmagan 
darajada o‘qitishning yangi turlarini, shakllarini keltirib chiqardi. Boshlang‘ich ta’limda axborot 
texnologiyalaridan foydalanish kompetentsiyasi ikkita asosiy masalani echish bilan bog‘liq: 
bolalarni yangi texnikaviy vositalardan foydalanishga o‘rgatish va o‘quvchilarning o‘qish va 
o‘qishdan tashqari faoliyatida yangi imkoniyatlarini ochish va takomillashtirish maqsadida 
kompyuter texnologiyalaridan foydalanish.
Zamonaviy pedagog kompyuterdan foydalanishni bilishi, kompyuter yordamida o‘qitish 
vositalaridan foydalana olish va uni o‘quv jarayoniga tadbiq qilish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi, o‘z 
bilimini kompyuterli o‘qitish bo‘yicha doimo takomillashtirib borishi va hakozalar zarur. Chunki 1 
-4 sinf o‘quvchilarida ko‘rgazmali-obrazli fikrlash rivojlangan, shu boisdan ham dars jarayonini 
kompyuter texnologiyalaridan foydalanib tashkil qilish juda muhim. Buning uchun sifatli 
ko‘rgazmali materiallarni maqsadli tarzda juda ko‘p tayyorlash va undan foydalanish zarur, bilimni 
qabul qilish jarayoniga yangi ko‘rinishlarni tadbiq qilish, tovushlar, slaydlar, animatsiyalar bilan. 
Boshlang‘ich maktabda turli darslarda AKTdan foydalanish o‘qitishning ko‘rgazmali-tasvirli-


BOSHLANG‘ICH TA’LIMGA XALQARO BAHOLASH DASTURLARINI JORIY ETISHNING ISTIQBOLLARI

Download 4,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish