Sayyohlik kompaniyasi tashkiliy tuzilmasi va personalni boshqarish korporativ tizimlarning zamonaviy o’zgarishi


Sayyohlik korporatsiyasi tashkiliy tuzilmasining innovatsion modeli



Download 141,87 Kb.
bet2/4
Sana17.07.2022
Hajmi141,87 Kb.
#814293
1   2   3   4
Bog'liq
Turizmdagi innovatsiyalar

Sayyohlik korporatsiyasi tashkiliy tuzilmasining innovatsion modeli

Sayyohlik kompaniyasi uchun tashkiliy tuzilmaning innovatsion modelini ishlab chiqishda korporatsiya xodimlari faoliyat turlarini boshqaruv, standartlashgan ijroiy va ijodiy, tashabbuskorlik faoliyatlarga aniq qilib ajratib olish kerak. Bu korporatsiyaning tashkiliy tuzilmasida biror-bir turdagi ishni bajaruvchi xodimning joyini aniqlashda o’ta muhimdir.
Ijodiy va tashabbuskor faoliyat turi korporatsiyaning tor maxsus bilimlar va maksimal tarzdagi mahorat, mustahkam jamoaviy faoliyatga ega xodimlariga xosdir. Mutaxassislar safidan shakllantirilgan jamoalar yoki loyiha guruhlari yuzaga keluvchi muammolarning eng samarali aksariyat hollarda o’ziga xos echimlarni topish bilan shug’ ullanadi; tashqi va ichki muhit omillarining doimiy monitoringini amalga oshiradi, muammolarning mavjudlagi yoki yo’qligini aniqlaydi; muntazam ravishda novatorlik bilan shug’ ullanadi va ishlab chiqarish jarayonining o’sishini ta’minlaydi.
Korporatsiyadagi ijodiy faoliyatda qat’iy tartib belgilanmaydi loyiha guruhi a’zolari ro’yxati ochiq, ishning jadalligi va majburiyatlar taqsimoti doimiy emas. Loyiha guruhi ishining tashqi nazorati deyarli bo’lmaydi, bu ijodiy va tashabbuskor faoliyatning xususiyatiga mos keladi. Boshqaruvchilar faqat bir ishlanmaga haqlidir. Muammo echimining mohiyati va so’nggi muddatini belgilash, lekin samarali ish olib boruvchi jamoa tashkilot oldida turgan muammolar va uni hal etish uchun kerakli muddatni mustaqil ravishda belgilay oladi.
Korporatsiyadagi ijodiy va tashabbuskor faoliyat standartlangan va me’yorga solingan bo’lishi mumkin emas (faqat jamoalararo faoliyat standartlari, masalan, jamoa a’zolarining o’zaro murojaat etish variantlari, tashqi ko’rinishi bundan mustasno, lekin bunday me’yorlar jamoa yoki loyiha guruhi ishiga xalaqit beradigan bo’lsa, ulardan ham voz kechiladi).
Faoliyatning boshqaruv turi, avvalo, xodimlarning ijodiy va tashabbuskor guruhlari (jamoalar, loyiha guruhlari) faoliyati natijalarini kompaniya amaliyotiga rejali, muntazam kiritishga qaratilgan. Boshqaruvchi lavozimlarni egallab turgan xodimlar tashabbuskor guruhlar bilan yaqin aloqada bo’lishi, ularning ishini boshqarib turishi, korporatsiya yoki uning tarkibiy bo’limi uchun hal qilinishi hayotiy muhim masalalarni aniq va ochiq tarzda qo’yish. Bundan tashqari, boshqaruvchilar tashabbuskor guruhlar faoliyati natijalarini strategiyalar ishlab chiqish va taktik qarorlar qabul qilish yordamida kompaniya ishiga tatbiq etishi, ijodiy guruh qarorlarini tarkibiy bo’lim resurslari va real imkoniyatlariga moslashtirish, tashabbuskor guruh ishtirokchilarining ular qabul qiligan qarorlar sababli korporatsiyaga etkazilgan yuzaga kelishi mumkin bo’lgan zarar uchun javobgarlik me’yorlarini shakllantirish.
Boshqaruv vazifalarini bajarayotgan xodimlar ishlab chiqilgan rejalarni hayotga tatbiq etilishini tashkil qila olishi, ularni amalga oshirishning tegishli algoritmini tuzishi, qo’l ostidagi ishchilar orasida majburiyatlar va vakolatlarni taqsimlashi, ishlarni bajarish jarayoni ko’rsatkichlari va nazorat usullari tizimini ishlab chiqishi lozim. O’z navbatida, boshqaruv vazifasi an’anaviylaridan juda kam farq qiladi. Boshqaruv o’rinlarini egallab turgan ishchilar menejment bo’yicha tegishli bilim va malakalarga ega bo’lishi, ishni tashkil qilishi, ularni rag’batlantirish uchun sharoitlar yaratib berishi va shu kabilarni amalga oshirishi lozim. Bundan tashqari, bu kabi lavozimlarga nomzodlar uchun boshqaruv malakalari ishlab chiqarish sohasidagi (mazkur holatda, sayyohlik va mehmonxona biznesida) tor va yuqori toifali bilimlardan muhimroqdir.
Boshqaruv lavozimidagilar bir tomondan ijodiy ishchilarga bo’ysunishi, ularning fikrini tinglashi va ularning ishlanmalarini inobatga olishi, boshqa tomondan ular mijozlarga xizmat ko’rsatishni tashkil qilishda muayyan boshqaruv vakolatlariga ega bo’lishi lozim.
Korporatsiyaning texnologik yoki virtual sektordagi ishi ijodiy fikrlash va bozor talablariga javob beruvchi hamda turli mazmun va qo’llash sohasiga ega raqiblardan o’zib ketuvchi texnologiyalarni shakllantira oluvchi loyiha guruhlari va jamoalariga ega bo’lishini talab etadi.
Sayyohlik kompaniyasi bo’g’ini ishida uch faoliyat turi mavjudligiga asoslangan holda shartli ravishda X-model deb ataluvchi transmilliy korporatsiya bo’g’inining moslashuvchan tashkiliy tuzilmasini taklif etish mumkin.
Tashkiliy tuzilmaning X-modeli doirasida ko’proq ijodiy va tashabbuskor faoliyat bilan shug’ ullanuvchi ustki piramidani ajratib ko’rsatish mumkin, uning doirasida SMK bo’limida tuziladigan jamoa va loyiha guruhlari ish olib boradi. X-model loyiha guruhlari va jamoalami birlashishini ko’zda tutmaydi, bu
kategoriyadagi ishchilarda yuqoridan boshliq va ma’muriy-direktiv bosimi yo’q; ishlab turgan guruhlar va jamolar uchun o’z vazifalarini bajarishi va
korporatsiyada yuzaga keluvchi ichki va tashqi muammolar echimini samarali tarzda ishlab chiqish uchun qulay sharoitlar yaratiladi.
Guruh va jamoalar faoliyatida qat’iy tartib belgilanmaydi, ularning tarkibi ham doimiy emas, tarkib hal qilinuvchi muammo yoki masalaga xususiyatiga ko’ra, o’zgarib turadi. Boshqa tomondan, jamoalar va loyiha guruhlari ishining natijasi an’anaviy tarzda boshqaruv faoliyati bilan band SK bo’limlari menejerlari uchun asosiy vazifa va harakatlanish uchun yo’llanma hisoblanadi.
Korporatsiyaning o’rta bo’g’ini menejerlari jamoalar va loyiha guruhlari bilan ularning ustuvor sohalari asosida faol ravishda hamkorlik qiladi (strategiya va taktikani belgilash jarayonida jamoalar va loyiha guruhlari doimo “so’nggi so’z”ini aytadi), guruhlar va jamoalar faoliyati natijalarini amalga oshirish uchun algoritmlar va protsessual tadbirlar majmuini ishlab chiqadi.
Bo’lim menejeri ijrochilarning bevosita rahbari hisoblanadi hal etiluvchi masalalar va qabul qilinuvchi boshqaruv qarorlarini qabul qilish ixtisosiga moslashtirilgan boshqariluvchi tashkiliy tuzilmani yaratgan holda ularning ishini tashkil etadi; ijrochilar tomonidan bajariluvchi ishlarni rejalashtiradi; ijrochilarni qo’llab-quvvatlovchi va ularning mehnatini rag’batlantirish tizimini ishlab chiqadi; ijrochilar faoliyatini nazorat qiladi va shu kabilar.
Nihoyat, X-modeli doirasidagi ijrochilar an’anaviy holda rahbariyat topshiriqlarini samarali tarzda (to’liq hajmda va aniq muddatda) bajarilishi, lavozim huquq va vakolatlari bo’yicha belgilangan ishlarning bajarilishi va boshqalar uchun javob beradi.


Jamoalar
Menejerlar
Yuqorida aytib o’tilganidek, ijrochilar hamda loyiha guruhlari va jamoalar piramidasi personalning o’zaro rotastiyaga yo’l qo’ygan holda (shuningdek, rahbariyatni chetlab) o’zaro hamkorlik qiladi. Shunisi qiziqki, ijrochini yuqoriga o’tkazish, ya’ni jamoa yoki loyiha guruhiga o’tkazish menejerning ishtirokisiz yuz beradi (2-rasmdagi oq yoy), jamoa yoki loyiha guruhi a’zosini qayta ijrochi lavozimiga o’tkazish esa menejer “ixtiyori” bilan amalga oshiriladi (2-rasmdagi qora yoylar). Menejer jamoa a’zoligidan ozod qilingan ishchini avvalgi ijrochi o’rniga erkin “qo’yishi”, yoki unga “pastki piramidaning” tashkiliy tuzilmasida boshqa joyni taklif etishi mumkin.

Download 141,87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish