Ibn Battuta yoki Shamsiddin Abu Abdulloh Muhammad ibn Abdullox alLavatiy attanjiy (1304.24.2, Tanja — 1369, Fos) — mashhur arab sayyohi va geografi, tarixchi. Barbarlarning lavat kabilasiga mansub. Ibn Battuta 28 yillik sayohatlari davomida quruqlik va dengiz orqali 75 ming mil (120 ming km) masofani bosib oʻtgan. Ibn Battuta 1325-yil yozida Marokashdan qajga boruvchilar karvoniga qoʻshilib safarga chiqqan va deyarli barcha musulmon mamlakatlarida boʻlgan. Dastlab Misr, Shom (Suriya), Livan, Falastin, Mesopotamiyaga borgan. 1332-yil uchinchi marta Makkaga borib haj marosimida qatnashgan. Nil daryosi yoqalab yana Qohiraga qaytgan. Soʻngra Ibn Battuta Yaqin Sharq mamlakatlari orqali Turkiya va Qrimga bordi. Itil (Volga) daryosi orqali Hoji Tarxon (Astraxon) ga oʻtib, Oltin Oʻrda xoni Oʻzbekxonning qabulida boʻlgan; keyin Xorazm poytaxti oʻrganchga kelgan. Undan Buxoro, Nahshab, Termiz, Samarkand, Balx va Kobul, Moʻlton orqali Hindistonga borgan va Dehli sultoni Muhammad Tugʻloq saroyida qariyb 8 yil molikiylar qozisi lavozimida xizmat qilgan (Ibn Battuta Sherozda ikki mazhab — molikiylar va shofiʼiylar qozisi degan shahodatnoma olgan edi). Soʻngra sayohatni davom ettirib Indoneziya va Xitoyga borgan. 1349 i. Marokashga qaytgan. 1349—52 yillar orasida Ispaniyaning arablar tasarrufidagi joylariga, 1352—53 yillarda Sudanga sayohat qilgan.
Ibn Battuta oʻrta asrdagi eng yirik sayohatchi boʻlib, uni uzoq mamlakatlarga sayoxat qilishda yoʻl qiyinchiliklari, muhtojlik, xavf-xatarlar toʻxtata olmagan. U borgan mamlakatlarning geogr. si, tarixiy hamda iqtisodiy, etnog-rafik va madaniy-maishiy hayotiga oid qimmatli maʼlumotlar qoldirgan. Ayniqsa, Oʻrta Osiyo shaharlari, jumladan Samarqandning dunyoga mashhur sifatli qogʻozi xdqidagi yozganlari eʼtiborga loyiq. Hulokuiylar hukmronligi davridagi Eronning iqtisodiy va madaniy hayoti batafsil tasvirlangan. Ibn Battuta yirik savdogar ham edi, sultonlarning farmoyishi bilan baʼzan elchilik vazifalarini ham bajargan.
Ibn Battuta fors va turkiy tillarni ham yaxshi bilgan. Uning "Tuxfat an-nuzzor fi gʻaroyib al-amsor va ajoyib alafsar" ("Turli shahar va safarlardagi ajoyibotlar shohidi boʻlganlar uchun tuhfa") asari Yaqin Sharq va Oʻrta Osiyo reorp. si tarixini tadqiq etishda muhim manba hisoblanadi. Ushbu asar Ibn Battuta zamonidagi (turmushga oid) adabiyotning namunasi boʻlib, oʻz davrining adabiy va psixologik yodgorliklaridan biridir. U ilmiy manbalarda "Sayohatnoma" deb ataladi. Ibn Battuta asarlari 80 dan ortiq Yevropa va Osiyo xalqlari tillarigatarjima qilingan. Ibn Battuta faoliyati ustida oʻzbek olimi N. Ibrohimov tadqiqot ishlari olib borgan va u haqda oʻzbek, rus, arab, ingliz tillarida asarlar yaratdi.
Ibn Battuta jahon madaniyati va tafakkuri rivojida o‘rta asr arab geograflari Ibn Xurdodbeh, al-Ya’qubiy, al-Istaxriy, al-Muqaddasiy, al-Mas’udiy, Ibn Havqal hamda Abu Hamid al-G‘arnotiy, Ibn Fadlon, Ibn Jubayr kabi sayyohlar orasida o‘zining “Sayohatnomasi” bilan alohida o‘rin tutadi. Uning mazkur asari o‘rta asr mamlakatlari, shaharlari, ularning xalqlari madaniyati, turmush tarziga oid g‘oyat qimmatli, ko‘p o‘rinlarda yagona ma’lumotlari bilan boshqalardan ajralib turadi. Akademik I.Yu.Krachkovskiy Ibn Battutani barcha musulmon mamlakatlarini kezib chiqqan so‘nggi eng buyuk sayyoh deya e’tirof etadi .
Ibn Battuta laqabi bilan shuhrat qozongan Shamsuddin Abu Abdulloh Muhammad ibn Abdulloh al-Lavotiy at-Tanjiy 1304 yili Mag‘rib mamlakatining Tanja shahrida faqih oilasida tavallud topgan. Ibn Battuta yigirma ikki yoshida haj qilish uchun Makkaga borish, shu bahonada u yerning allomalaridan dars olish ilinjida hech nimaga qaramay, tavakkal qilib safarga otlangan. Jasur, biroq kambag‘al yosh sayohatchi yolg‘iz, yayov Tilimson shahriga yetib keladi. Bu yerdan Milyonaga borib, unda tunislik bir guruh savdogarlarga qo‘shiladi. Shu bilan uning sayohati boshlanadi. U shimoliy Afrikaning ko‘plab shaharlarida bo‘ladi, Tunis, Misr, Suriyadan o‘tib, oxiri Makkaga yetib keladi. Bu yerda u islomning beshinchi farzini bajo keltirib, haj qiladi.
Sayyohning yangi rejasi Makkadan qaytishda amalga oshadi. U bu yerdan Iroqqa yo‘l oladi. Ibn Battutaning Iroqda ko‘rgan-kechirganlari, taassurotlari uning Hindistonga borish orzusini qat’iy qarorga aylantiradi. Ko‘pgina Iroq shaharlarini ziyorat qilgan Ibn Batutta Fors ko‘rfazi orqali dengiz yo‘li bilan Hindistonga borishni rejalashtiradi. Shunday qilib, sayyoh Eron tomon yo‘l oladi. U Eronning Isfahon, Sheroz kabi ko‘pgina shaharlarini tomosha qiladi. Katta mashaqqat bilan sayohatining birinchi bosqichini yakunlab, Misrga yetib boradi. Endi u hoji-ziyoratchi emas, to‘laqonli sayyoh sifatida yo‘lga otlanadi. U yangi sayohati davomida Shom o‘lkasi, Kichik Osiyo, Dashti Qipchoq, Oltin O‘rda, O‘rta Osiyoning Xorazm, Buxoro, Naxshab, Samarqand, Termiz, shuningdek, Xuroson shaharlarini borib ko‘radi. Ayniqsa, sayyohning Xorazm, Samarqand, Termiz shaharlariga bergan ta’riflari o‘quvchida katta taassurot uyg‘otadi. Masalan, Xorazm haqida gapirarkan, u “Butun dunyo bo‘ylab qilgan sayohatimda men xorazmliklardan ko‘ra xushxulq, oliyjanob, ajnabiylarga nisbatan mehmondo‘st odamlarni uchratmagan edim”, deydi. Shuningdek, sayyohning Movarounnahrning boshqa shaharlari haqida ham mana shunday iliq fikrlarini uchratamiz .
So‘ng Hindistonga yetib boradi. U yerda bir necha yil qolib, sulton Muhammad To‘g‘loq topshirig‘i bilan Xitoyga elchilik vazifasi bilan yo‘l oladi. Katta qiyinchilik bilan dengiz orqali hozirgi Indoneziya orollaridan o‘tib, Xitoyning Pekin shahriga borib yetadi. Pekinda o‘zaro urushlar yuz berib turgani bois, Sadri Jahon unvoniga sazovor bo‘lgan shayx Burhoniddin Sog‘arjiy maslahatiga binoan o‘z yurtiga qaytib ketadi. Shu asnoda Ibn Battuta yanada ko‘plab sarguzashtlarni boshdan kechiradi. Uning sayohati shu bilan yakunlanmay, Gibraltar bo‘g‘ozi orqali janubiy Ispaniyaga o‘tib, Granada, Ronda, Malagu shaharlarida bo‘lib, yana yurtiga qaytadi. Bu safar u oldingilaridan ko‘ra yanada murakkabroq, yanada uzoqroq Afrika sayohatiga chiqadi. Va nihoyat 1354 yil boshlarida 28 yillik jahongashtalikni tugatib, jami 75 ming mil (120 ming km.) masofa tay etib, katta mashaqqatlar bilan Fas shahriga keladi. Ibn Battuta sayohatining ko‘lami jihatidan haqli ravishda Magellanga qadar bo‘lgan davrning eng buyuk sayyohiga aylandi. Uning sayohati Shimoli-G‘arbiy Afrikadan to Xitoygacha, Hindistondan to janubiy Yevropagacha bo‘lgan juda katta maydonni qamrab oladi.
Sayyohning bu sayohati haqidagi hikoyalari sulton Abu Inon va uning yaqinlarida katta taassurot qoldiradi. Shuning uchun sulton adib va kotib Ibn Juzayy al-Kalbiyga Ibn Battuta hikoyalarini va esdaliklarini yozib olib, maxsus kitob tuzishni buyuradi. Ushbu kitob 1356 yil boshlarida nihoyasiga yetib, o‘sha davr an’analariga mos ravishda “Tuhfat an-nuzzor fi g‘aroib al-amsor va ajoib al-asfor” (g‘aroyib shaharlar va ajoyib safarlar haqida nazar sohiblariga tuhfa) deb nomlangan bo‘lsa-da, biroq bu nom bilan emas, “Ibn Battuta Sayohatnomasi” nomi bilan shuhrat qozongan.
Ibn Battutaning Sayohatnomasi o‘zining qiziqarli, nodir ma’lumotlari bilan jahon ilm ahlini qiziqtirmay qolmagan. Muhammad ibn Fathulloh ibn Muhammad al-Bayluniy XVII asr oxirida sayohatnomani qisqartirib, “Ibn Battuta sayohatnomasidan parchalar” deb atagan. Yevropa sharqshunoslari Ibn Battutani ayni mana shu qisqartma matn orqali taniganlar. Sayohatnomaga 1808 yili nemis sayyohi Zeettsen birinchi bo‘lib diqqatni tortgan. 1818 yili Kozegarten sayohatnomaning Hindiston, Xitoy va Sudanga bag‘ishlangan uch bo‘lagini lotin tiliga tarjima qilib, nashr ettirgan. Kozegerten Ibn Battuta axborotlarining haqqoniyligini tekshirish uchun boshqa geografik manbalarni ham jalb etadiki, ular bilan solishtirganda kitobxon Ibn Battuta sayohatnomasining naqadar katta tarixiy-geografik qimmatga ega ekaniga yanada amin bo‘ladi. Shuning-dek, Kozegartenning shogirdlaridan biri Genrix Apets parchalarning Malabar sohillari va Maldiv orollariga bag‘ishlangan yana bir qismini nashr ettirgan. O‘sha yilning o‘zida mashhur sayyoh Burghardning Nubiyaga sayohat kitobi chiqdi. Uning oxiriga sayohatnoma haqida al-Bayluniy parchalariga asoslanib yozilgan maqola, shuningdek, Burghard Mag‘rib safarida qo‘lga kiritgan uch qo‘lyozma ilova qilingan edi. Burghard vafotidan keyin sayohatnomaning qisqartirilgan nusxasi qo‘lyozmalari Kembrij universiteti kutubxonasiga borib tushdi. Ingliz sharqshunosi Samuel Li al-Bayluniy tuzgan parchalarning to‘la matnini ingliz tiliga tarjima qiladi. Ammo uning tarjimalari aniq bo‘lmay, ba’zi joylarda asl nusxaning erkin bayonidan iborat edi. Sayohatnomaning to‘liq tarjimasi birinchi marta 1840 yili Lissabonda amalga oshirildi. Portugaliyalik ruhoniy A.Moura 1790 yilda Fasda bo‘lgan chog‘ida sayohatnoma qo‘lyozmasini topib oladi va uni portugal tiliga tarjima qilishga qaror qiladi. Moura tarjimasining birinchi jildi 1840 yili Lissabon akademiyasi nashriyotida chop etilgan. U Misr, Suriya, Yaman, Makka, Kichik Osiyo va Oltin O‘rda safari taassurotlarini o‘z ichiga olgan edi. Biroq Mouraning vafoti tufayli bu ish oxiriga yetmay qoldi.
Sayohatnomaning Baron de Slen tomonidan asl matndan frantsuzchaga qilingan ayrim qismlari 1843 yili “Osiyo jurnali”da chop etildi. 1848 yili frantsuz arabshunosi Eduard Dyulare yana o‘sha jurnalda sayohatnomaning Malayya orollariga va Tavalisi safariga bag‘ishlangan boblarining matni va tarjimalarini bosib chiqardi. Bu nashr frantsuz sharqshunosi Sh.Defremerini qiziqtirib qoldi hamda u Eron va Markaziy Osiyo safarlarini tasvirlovchi boblarni to‘la qo‘lyozmadan frantsuzchaga tarjima qildi va 1848 yilda bosib chiqardi.
Do'stlaringiz bilan baham: |