Saylov tizimidagi islohotlar



Download 29,02 Kb.
bet6/7
Sana31.12.2021
Hajmi29,02 Kb.
#266499
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2021 saylov tizimi

To’rtinchi bosqich (2010dan h.k.) –mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish davridir. Ushbu davr O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.Karimov tomonidan 2010 yil 12 noyabrdagi “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi”ning e’lon qilinishi bilan boshlandi. Ushbu Konsepsiyada ilgari surilgan taklif va tavsiyalar asosida qonunchilik tashabbusi bilan Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga taqdim etilgan “Saylov erkinligini yanada ta’minlanishi va saylov qonunchiligi yanada rivojlantirilishi munosabati bilan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida”gi hamda “Хalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi O‘zbekiston Respublikasining qonuni 2012 yil 1 noyabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilinib, 2012 yil 5 dekabrda Senat tomonidan ma’qullandi hamda 2012 yil 19 dekabrda Birinchi Prezident tomonidan imzolangan holda 2012 yil 20 dekabrda matbuotda e’lon qilindi. Mazkur yangi qonunning qabul qilinishini O‘zbekiston milliy saylov qonunchiligini takomillashtirilishining yangi bosqichi sifatida e’tirof etish mumkin. Kelgusida ushbu Qonunning amalga muvaffaqiyatli tatbiq etilishi natijasida fuqarolarning saylov huquqi erkinligi yanada ta’minlanishiga erishiladi.

3. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 22 dekabrda Oliy Majlisga taqdim etgan Murojaatnomasida mamlakatimiz siyosiy hayotida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan saylov qonunchiligi bir qator qonun va qonunosti hujjatlaridan iborat bo‘lsada, afsuski, hanuzgacha yaxlit bir hujjat shakliga keltirilmaganligini ta’kidlab, xalqaro norma va standartlarga javob beradigan O‘zbekiston Respublikasining Saylov kodeksini ishlab chiqish va qabul qilish vazifasini qo‘ygan edi.

 

Binobarin, amaldagi saylov qonunchiligi huquqni qo‘llash amaliyotida ayrim murakkabliklarni keltirib chiqarayotgan edi. Aniqroq qilib aytganda, bunga saylov jarayonini tashkil etish va o‘tkazishning aksariyat tartib-taomillari tarqoq holda bir nechta qonunlar bilan tartibga solinganligiaksariyat qoidalarning takrorlanishi, shuningdek, ayrim o‘ta muhim masalalar qonun darajasida emas, balki Markaziy saylov komissiyasining nizom va yo‘riqnomalari bilan belgilanganligi ular o‘rtasida ba’zi nomuvofiqlik va qarama-qarshiliklarni vujudga keltirayotgan edi.



 

Xalqaro standartlar asosida, qisqa fursat ichida mustaqil O‘zbekiston tarixida ilk bor eng ilg‘or Saylov kodeksi loyihasi ishlab chiqildi va qabul qilindi.

 

Mazkur kodeks tarqoq holdagi 5 ta qonun (“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”, “Fuqarolarning saylov huquqlari kafolatlari to‘g‘risida”, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida”, “Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlariga saylov to‘g‘risida”, “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi to‘g‘risida”gi) va Markaziy saylov komissiyasining saylovlarni tashkil etish va o‘tkazishga oid o‘nlab nizom va yo‘riqnomalarini yagona qonun hujjatida mujassam etdi.



 

Qayd etish joizki, Saylov kodeksi loyihasini tayyorlashda 50 dan ortiq ilg‘or xorijiy davlatlarning tajribasi o‘rganildi. Ayni paytda, xorijiy mamlakatlar saylov qonunchiligi va tajribasi tahlili shuni ko‘rsatmoqdaki, bugungi kunda 40 ga yaqin davlatda, xususan, Fransiya, Belgiya, Braziliya, Belarus va Ozarbayjon kabi davlatlarda saylov kodekslari qabul qilingan.

 

E’tiborli jihati shundaki, ilk bor Saylov kodeksi xalqaro ekspertizadan o‘tkazildi. Xalqaro tashkilotlarning ekspertlari ishtirokida 2018 yilning 16-17 noyabr kunlari Buxoro shahrida o‘tkazilgan xalqaro konferensiyada Saylov kodeksi loyihasi yuzasidan kelib tushgan takliflar atroflicha muhokama qilindi. Evropada xavf­sizlik va hamkorlik tashkilotining Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi, SHanxay hamkorlik tashkiloti, Mustaqil davlatlar ham­do‘stligi, Butunjahon saylov organlari assotsiatsiyasi, Islom hamkorlik tashkiloti, Evropa Kengashining Venetsiya komissiyasi kabi xalqaro tashkilotlar tomonidan kodeks loyihasi o‘rganilib, tavsiyalar berildi.



 

SHu asosda tayyorlangan Saylov kodeksi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2019 yil 25 iyun kuni imzolandi va rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kirdi.

 


Download 29,02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish