Saylov huquqi erkiNLİGİ – fuqarolik jamiYaTİNİng sharti


O’zbekiston saylov qonunchiligining rivojlanishi



Download 234,5 Kb.
bet3/15
Sana01.08.2021
Hajmi234,5 Kb.
#134787
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
10-мавзу

3. O’zbekiston saylov qonunchiligining rivojlanishi

Respublikamiz mustaqillikni qo’lga kiritishi munosabati bilan saylov h’uquqini rivojlantirishning yangi davri boshlandi. Saylov qonunchiligi xozirgi kunda takomillashuv jarayonini boshdan kechirmoqda, uning mukammal bo’lishi uchun etakchi demokratik mamlakatlarning tajribasidan ijobiy jih’atlari olinmoqda. Har qanday qonun uchun eng asosiy narsa uni amaliyotga tadbiq etish mexanizmidir. Shuning uchun qabul qilinayotgan qonunlarning mazmuni bilan birga amalga kiritish mexanizmlarini h’am mukammal darajada takomillashtirishimiz lozim. Bunda milliy davlatchiligimiz tarixiy h’ususiyatlari va saylovlarni o’tkazishda ilgari to’plangan ijobiy tajribaga suyanish, yo’l qo’yilgan nuqsonlarni takrorlamaslik, ilg’or jah’on tajribasi h’amda demokratiya tamoyillari ustivorligiga erishish g’oyatmasuliyatli vazifadir.

1992 yil 8 dekabrda O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilinishi milliy saylov tizimimizni yaratilishiga asos soldi. Jumladan, uning 7-moddasida “Xalq davlat h’okimiyatining birdan-bir manbaidir”, “O’zbekiston Respublikasida davlat h’okimiyati xalq manfaatlarini ko’zlab va O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi h’amda uning asosida qabul qilingan qonunlar vakolat bergan idoralar tomonidangina amalga oshiriladi” deyilgan muh’im konstitutsiyaviy qoidalarning belgilanishi konstitutsiyaviy tuzumning asosiy printsiplari sifatida mustah’kamlandi. Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi fuqarolarining saylov h’uquqi Konstitutsiyaning 32-moddasida aloh’ida mustah’kamlangan. Unga ko’ra, “O’zbekiston Respublikasining fuqarolari jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda bevosita h’amda o’z vakillari orqali ishtirok etish h’uquqiga egadirlar. Bunday ishtirok etish o’zini-o’zi boshqarish, referendumlar o’tkazish va davlat organlarini demokratik tarzda tashkil etish yo’li bilan amalga oshiriladi”. Saylov h’uquqiga oid yana bir-60-moddasida “Siyosiy partiyalar turli tabaqa va guruh’larning siyosiy irodasini ifodalaydilar va o’zlarining demokratik yo’l bilan saylab qo’yilgan vakillari orqali davlat h’okimiyatini tuzishda ishtirok etadilar”, deb belgilangan. Shuningdek, Konstitutsiyaning 77-moddasida O’zbekistonda saylovlar ko’ppartiyalik asosida o’tishi ko’zda tutilgan25.

Eng asosiysi, Konstitutsiyada saylov tizimi printsiplariga bag’ishlangan maxsus bobning mavjudligi O’zbekistonning saylov qonunchiligini shakllantirishda muh’im qadam bo’ldi. Uning XXIII bobi “Saylov tizimi” deb nomlanib, 117-moddada “O’zbekiston Respublikasining fuqarolaridavlat h’okimiyati vakillik organlariga saylash va saylanish h’uquqiga egadirlar. Har bir saylovchi bir ovozga ega. Ovoz berish h’uquqi, o’z xoh’ish-irodasini bildirish tengligi va erkinligi qonun bilan kafolatlanadi” deyilgan muh’im konstitutsiyaviy tamoyillar o’z aksini topdi.

O’zbekistonda demokratik h’uquqiy davlat qurish va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirishda saylovlarning mustah’kam o’rnini belgilash maqsadida Konstitutsiyaga aloh’ida “Saylov tizimi” deb nomlanuvchi XXIII bobni kiritilishi, bir tomondan saylov tizimining asosiy printsiplarining konstitutsiyaviy mustah’kamlanishi saylov h’uquqi bo’yicha umumiy tan olingan xalqaro andozalarga rioya qilinishini kafolatlasa, ikkinchi tomondan, mazkur konstitutsiyaviy qoidalar saylov qonunchiligini yaratishda poydevor vazifasini o’tadi.

Mustaqqillik davrida O’zbekistonda xalqaro h’uquq andozalari va talablar, ilg’or xorijiy yuridik tajriba va milliy-tarixiy ananalar h’amda konstitutsiyaviy printsiplar asosida milliy saylov qonunchiligi tizimi yaratildi. Uning asosiy qoidalari O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining maxsus XXIII bobida, shuningdek aloh’ida qabul qilingan “O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to’g’risida”gi (1991 yil 18 noyabr), “O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to’g’risida”gi (1993 yil 28 dekabr), “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shah’ar Kengashlariga saylov to’g’risida”gi (1994 yil 5 may), “Fuqarolar saylov h’uquqlarining kafolatlari to’g’risida”gi (1994 yil 5 may), “O’zbekiston Respublikasining Markaziy saylov komissiyasi to’g’risida”gi (1998 yil 30 aprel) qonunlarda o’z aksini topdi. Milliy saylov qonunchiligi va amaliyoti O’zbekistonda amalga oshirilayotgan demokratik isloh’otlarning uzviy tarkibiy qismi bo’lib, mamuriy-buyruqbozlikka asoslangan totalitar tuzumdan demokratik h’uquqiy davlat va adolatli fuqarolik jamiyati qurish sari qo’yilgan qadamdir.

Saylov tizimi h’uquqiy asoslarining yaratilishi, rivojlanishini va saylov amaliyotini bizning fikrimizcha quyidagi asosiy bosqichlarga ajratish mumkin:


Download 234,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish