Saylov madaniyati – Saylov madaniyati deganda, saylovchilarning o‘z siyosiy huquqlaridan oqilona foydalanib, saylovlarda faol ishtirok etishi, shuningdek ularning hamda saylov tashkilotchilarining saylovlarni o‘tkazish, unda qatnashish va ovoz berish chog‘ida amaldagi qonunlarga, o‘rnatilgan tartiblarga amal qilishi, saylov qatnashchilarining bir birlarini hurmat qilishi tushuniladi.
Demokratik saylov prinsiplarini yozma shaklda izohlang
Javob: Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2019-yil 20-sentyabr kuni boʻlib oʻtgan navbatdagi majlisi ana shu yirik voqeaga bagʻishlandi.
Majlisda Markaziy saylov komissiyasi 2019-yil 22-dekabrni - Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari va mahalliy kengashlar deputatlari saylovi kuni deb belgiladi. Saylov kampaniyasi 20-sentyabrdan boshlanishi eʼlon qilindi.
2019-yilning 22-dekabrida boʻlib oʻtadigan saylovlar ilgargi saylovlardan tubdan farq qiladi. Eng avvalo, bu yilgi saylovlarda konstitutsiyaviy qoidalar va xalqaro saylov standartlariga binoan Oʻzbekistonning qonun chiqaruvchi hokimiyati va mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlarining tarkibi davriylik prinsipi asosida yangilanishi taʼminlanadi.
Saylovlarning yangicha oʻtishi, birinchidan, fuqarolarning siyosiy-huquqiy ongi va madaniyati yuksalib borayotganligi, ikkinchidan, siyosiy partiyalarning saylovoldi platformalari rang-baranglik kasb etib, jamiyat va davlat hayotidagi muhim muammolarni yechishga qaratilayotgani, uchinchidan, ommaviy axborot vositalarining tom maʼnodagi “toʻrtinchi hokimiyat” sifatidagi oʻz oʻrnini egallayotgani, eng muhimi, mamlakatimizda barcha sohalar rivojida ochiqlik, oshqoralik tamoyillariga katta etibor qaratilayotgani bilan bevosita bogʻliqdir.
Fuqarolarning o’z saylov huquqidan foydalanishga nisbatan loqaydligi yuzaga kelishining sabablari nimada deb o’ylaysiz?
Javob O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazish bo‘yicha saylov okruglari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri chegaralari doirasida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi (bundan buyon matnda Markaziy saylov komissiyasi deb yuritiladi) tomonidan tuziladi.
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 68-moddasi, mazkur Kodeksning 14-moddasi birinchi, oltinchi, yettinchi xatboshilari.
Qonunchilik palatasi deputatlari saylovini o‘tkazish uchun bir yuz ellikta hududiy saylov okrugi tuziladi. Har bir saylov okrugidan bitta deputat saylanadi.
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 77-moddasi birinchi qismi, O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi to‘g‘risida”gi konstitutsiyaviy Qonunining 2-moddasi birinchi qismi.
Qonunchilik palatasi deputatlari saylovini o‘tkazish bo‘yicha saylov okruglari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining taqdimnomasiga binoan Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tuziladi.
Qarang: mazkur Kodeksning 14-moddasi birinchi, oltinchi, yettinchi xatboshilari.
Qonunchilik palatasi deputatlari saylovini o‘tkazish bo‘yicha saylov okruglarining chegaralari Qoraqalpog‘iston Respublikasining, viloyatlarning va Toshkent shahrining ma’muriy-hududiy tuzilishi inobatga olingan holda, qoida tariqasida, O‘zbekiston Respublikasining butun hududida saylovchilar soni teng holda belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |