2-modda. Saylov to‘g‘risidagi qonun hujjatlari
Saylov to‘g‘risidagi qonun hujjatlari O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, ushbu Kodeks va O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 6-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi markaziy saylov komissiyasi faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4004-son qarori.
Saylov tushunchasini yozma shaklda izohlang
Javob: aylov oʻtkazish tartiblarining hamda ularni oʻrnatuvchi xuquqiy normalarning majmui. Saylov tizimi davlat vakillik organlarini shakllantirish yuzasidan mavjud bulgan va fuqarolarni saylovga jalb etish, saylovlarni tashkil qilish va deputatning saylovchilar bilan uzaro munosabatlarini belgilaydigan tartibini, fuqarolarning barcha saylov huquqlarini oʻz ichiga oladi (qarang Saylov huquqi). Jahon mamlakatlarining davlat qurilishi tajribasida Saylov tizimining majoritar, proporsional va aralash turlari qoʻllaniladi. Majoritar saylov tizimi deganda (frans. majorite — kupchilik suzidan) vakillik organlariga saylovlarda ovoz berish natijasini aniklash tushuniladi. Unda qonun bilan belgilangan kup ovozni olgan nomzod (yoki nomzodlar roʻyxati) muayyan okrug boʻyicha saylangan hisoblanadi. Hozirgi zamon konstitutsiyaviy huquqida nisbatan, mutlaq va malakali kupchilik ovoziga asoslangan majoritar saylov tizimlari qoʻllaniladi. Mac, AQSH, Buyuk Britaniya, Hindiston, Meksika va boshqalarda. Mutlaq koʻpchilik ovoziga asoslangan majoritar tizimda berilgan va haqiqiy deb topilgan ovozlarning umumiy sonidan mutlaq (yoki oddiy) kup ovoz (yaʼni 50% +1 ta ovoz) olgan nomzod saylangan hisoblanadi. Agar nomzodlardan birontasi ham yetarlicha ovoz olmasa, kayta ovoz berish utkaziladi, bunda nomzodlar ruyxatida nisbatan kup ovoz olgan 2 ta nomzod qoldiriladi. Baʼzan qayta ovoz berish urniga 2-tur ovoz berish utkaziladi, buning natijalari boshqacha tizim buyicha aniqlanadi (masalan: Fransiyada Milliy majlis—parlamentga saylovlarda mutlaq kupchilik ovoziga asoslangan majoritar tizim, 2-tur ovoz berishda esa nisbatan kupchilikning ovoziga asoslangan majoritar tizim qullaniladi). Nisbatan kupchilik ovoziga asoslangan majoritar tizim eng sodda tizim boʻlib, bunda nomzodlar orasidan uz raqiblarining har biriga nisbatan kup ovoz olgani saylangan hisoblanadi. Bu tizimda kupincha saylovchilarning qullab quvvatlashiga ega boʻlmagan partiya parlamentda koʻp uringa ega bulishi mumkin. AQSH, Buyuk Britaniya va boshqa bir kancha davlatlarda majoritar tizimning ana shunday shakli qoʻllaniladi.
O’zbekiston Respublikasining saylovga oid qonunchiligi haqida nimalar bilasiz?
Javob :Ushbu Kodeks O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi (bundan buyon matnda Qonunchilik palatasi deb yuritiladi) deputatlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati (bundan buyon matnda Senat deb yuritiladi) a’zolari, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari (bundan buyon matnda mahalliy Kengashlar deb yuritiladi) deputatlari saylovlariga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazish bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga soladi hamda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining xohish-irodasi erkin bildirilishini ta’minlovchi kafolatlarni belgilaydi.
Xalqaro normalarda qanday saylov prinsiplari belgilangan?
Javob: Oʻzbekistonni 2017-2021-yillarda taraqqiy ettirishning beshta ustuvor yoʻnalishini oʻzida mujassam etgan Harakatlar strategiyasi hamda Maʼmuriy islohotlar konsepsiyasiga muvofiq soʻnggi yillarda davlat hokimiyati va boshqaruv organlari yangilanib, son jihatdan maqbullashtirildi, bir-birini takrorlovchi, oʻziga xos boʻlmagan, deklorativ funksiyalar bekor qilinib, ularda xizmat qiluvchilar tarkibining sifati yuksalib bormoqda.
Boshqaruvda koʻp yillik amaliy tajribaga ega davlat xizmatchilari safiga zamonaviy bilimlarni puxta egallagan, taraqqiy etgan demokratik huquqiy davlatlar tajribasini astoydil oʻrgangan, iqtidorli, istiqbolli, tashabbuskor yoshlar qoʻshilib, ular “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak”, tamoyiliga qatʼiy amal qilib kelmokdalar.
Saylov tizimi qanday tartibotni o’z ichiga qamrab oladi?
Javob: Aktiv saylov huquqi – Bu saylash huquqi bo‘lib, har bir fuqaroning davlatni boshqarishda o‘z vakillarini saylash bilan ishtirok etishini nazarda tutadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |