«Q aytgim keladur, mavlono!.. Rozim an kindik qonim to'kilmish
y u r tg a sh o h lik m in n atidan x a lo s bo ‘lib, q a la n d a r lib o sid a
q a y ta y ...»
Buyuk imperiyani boshqarayotgan Bobur yurtiga
qaytayotgan allomaga xayrlashuv chog‘i: «Sizga nechog‘lik
havasim kelishini bilsangiz edi!» — deydi.
Q issadagi o ‘tm ish voqealar, ajdodlarim iz hayoti, urf-
odatlarining tasviri tarixni o ‘rganish, milliy o ‘ziga xoslikni
teranroq ilg‘ash nuqtai nazaridan muhim ahamiyat kasb etadi.
Unda nafaqat vatanparvarlik, balki davlat boshqarish usullari,
odil hukm dor b o ‘lish m ashaqqati va m as’uliyati, haqiqiy
olimning asl qiyofasi ham g‘oyat haqqoniy ifodalangan. Bunda
yozuvchi turli badiiy tasvir vositalaridan, rivoyatu hikoyatlar,
hikmatli so‘z va maqollardan o ‘rinli foydalangan.
411
Ayniqsa, m ashhur imom M uhammad G ‘azzoliy haqidagi
rivoyat asar ruhiga juda mos tushgan. Imom hazratlari yurtiga
qaytayotganda karvonga hujum qilgan qaroqchilar sardorining
«Chindan ham fo z il bir kim sa bo ‘Isang erdi, kitoblaring butkul
y o ‘qolsa-da, parvoyingga keltirm agan bo'lur erding. Chin olim
kishining ilmi sandiqda emas, yuragida bo ‘lur, uqdingmi?»
— degan
so‘zlari tufayli Bag‘dodga qaytib, boshqatdan madrasada o ‘qib,
b a rc h a ilm larni k o ‘ngilga jo qilib olganligi va an a shu
m ashaqqatli m ehnati va tengsiz iste’dodi tufayli avlodlar
x o tira s id a n m u sta h k am o ‘rin olganligi q issad a t a ’sirli
ko'rsatilgan.
Qissada bu kabi rivoyat, hikoyat va maqollar bilan birga,
«M uhabbat nasimi kelgan yurtga jo n sadqa b o ‘lsin», «U1
v iloy atlarn in g la to fa tla rin i unu tg an kishining k o ‘zlariga
tiriklayin tuproq to ‘lmasmi?», «Qon daryosi uzra qurilgan
saltanatning zamini ham isha om onat b o iu r!» , «Insonpar-
varlikni va m ardlikni O lloh ham , xalq ham u lu g ‘laydi»,
«S altanat shunday bir tilsim ekanki, mavlono, uni q o id a
tutm oq uchun kishi avvalo q o ‘lidagi inon-ixtiyoridan xalos
b o ‘lm og‘i lozim ekan» kabi serm azm un jum lalar, falsafiy
xulosalar, betakror o ‘xshatishlar, jonlantirish va mubolag‘alar
mavjudki, ular adibning so‘zni g‘oyat nozik tushunishidan
dalolat beradi...
Yozuvchi obraz yaratish, asar mag‘zini ochish va unga milliy
tarovat baxsh etishda ruhiy holatlar tasviridan juda ustalik
bilan foydalanadi. Shuni alohida ta ’kidlash joizki, Xayriddin
Sulton ijodida Bobur va boburiylar hayoti mavzusiga qayta-
qayta murojaat etilgan va har safar o ‘quvchi ularning butunlay
yangi, ilgarigiga o ‘xshamagan jihatlari bilan tanishadi. Bu
haqda adibning o ‘zi ham «Qariyb yigirma yildirki, qoiim dan
kelganicha hazrati Boburning so‘nmas ijodi, sirli hayot yo iin i
o ‘rganish bilan mashg‘ulman. Bu mavzuda bir qancha badiiy
va ilm iy-om m abo p a s a rla r b itd im » ,— deb yozgan edi.
X ayriddin Sulton asarlari orasida «Boburiynom a» (1997)
rom ani alohida ajralib turadi. Mirzo Bobur va uning shonli
zurriyodlari hayotining m a’rifiy tahliliga bag‘ishlangan mazkur
asar yozuvchi ijodida salmoqli o‘rin egallaydi. M a’rifiy roman
412
s ifa tid a
a d a b iy o td a
o ‘ziga
xos
y an g ilik
b o ‘lgan
«Boburiynom a»da adib tarixni badiiy o ‘zlashtirib, hozirgi
zamon o ‘quvchisini qiziqtiradigan shaklda taqdim etgan.
T o ‘g‘ri, adabiyotim izda m azkur m avzuda k o ‘p va xo‘b
asarlar bitilgan, Bobur va boburiylar obrazini yaratish sohasida
jiddiy yutuqlar q o ig a kiritilgan. Oybekning «Bobur» (1957),
Pirim qul Qodirovning «Yulduzli tunlar» (1978), «A vlodlar
dovoni» (1988), Erkin V ohidovning «K elajakka m aktub»
(1982), B arot B oyqobilovning «K un va tun» (1981) kabi
asarlari shular ju m lasidandir. U larning har birida Bobur
hayoti, ijtimoiy-siyosiy faoliyati, insoniy fazilatlari va ruhiyati
boshqalarnikiga o ‘xshamagan, betakror tarzda tasvirlangan.
«Boburiynoma»ning yuqoridagi asarlardan farqi shundaki,
adib unda hammaga m a’lum tarixiy fakt, voqea-hodisalarni
shunchaki takrorlamagan. Aksincha, ushbu mavzuda yaratilgan
b arch a ilmiy va badiiy asa rla rg a sam im iy h u rm a t bilan
m u n o sa b atd a b o ‘lgan h o lda o ‘z tasvir y o ‘lidan borgan.
X ayriddin Sulton k o 'p c h ilik k a m a ’lum b o ‘lm agan yangi
materiallar, noyob hujjatlar, shu davrgacha e’tibor qaratilmagan
muhim voqea-hodisalar vositasida Bobur shaxsiyatining nihon
qirralarini ochib berishga harak at qilgan, o ‘zgacha talqinu
tasvirlar, yorqin obrazlar yaratib, tarixiy haqiqatni badiiy
yo‘sinda qayta tiklagan.
«Boburiynoma» xalqimizning uzoq o'tmishi, turmush tarzi,
urf-odatlari, milliy xususiyatlari, xalq donishmandligi, saroy
muhiti va undagi ziddiyatlar haqida boy, nisbatan aniq tasavvur
beradi, katta qiziqish bilan o ‘qiladi. Asarning o ‘ziga xos badiiy
xususiyatlaridan biri shundaki, hajmi salmoqli, oldiga ulkan
vazifalar qo‘yilgan mazkur romanda izchil davom etuvchi yaxlit
voqea, tugal sujet yo‘q. Biroq alohida-alohida lavhalar, turli
voqealar, turli taqdiru qismatlar aro ichki mantiqiy bogianish,
tasvirlarda yagona uslub, butun asar sujetiga singdirilgan yaxlit
g‘oya bor. Bu bogianish «Boburiynoma»ni butun, go‘zal badiiy
asar, katta bir nasriy polotno holiga keltirgan. Bundan tashqari,
Bobur va boburiylar sulolasiga m ansub insonlar obrazlari
ham da muallifning ularga yondashuvi asarga yaxlitlik baxsh
etadi.
413
Y ozuvchining serq irra iste ’dodi « T ushlarim da k o ‘rib
y ig ‘laym an», «M o ziydan b ir sah ifa» , «C h ang ak » k ab i
vidiofilm lar ssenariylari ham da V. Shukshin, Yu. N agibin,
S. A lekseev sin gari y o zu v ch ilar ijo d id an qilg an q a to r
tarjimalarida ham namoyon bo'ladi. Adib har bir tarjimaning
asliyatiga imkon qadar mos kelishiga, bosh g‘oyasini to ‘g‘ri
aks ettirish, badiiy ifodadagi milliy tarovatini saqlab qolishga
intiladi. K o‘p hollarda bu qiyin, murakkab ijodiy muammoni
mahorat bilan hal qiladi.
X ay rid d in S u lton m a o rif, ilm -fan , s a n ’at, um um an,
m a ’naviyat sohasi h am da o ‘quv q o ‘llanm alari, d astu rlar
tayyorlash borasida m uayyan ishlarni bajargan. U «Vatan
tuyg‘usi» nomli o ‘quv dasturi va qoilanm asining mualliflaridan
biridir.
Xullas, Xayriddin Sulton ijodi yangi o ‘zbek adabiyotining
hozirgi bosqichiga xos eng ilg‘or jihatlarni o ‘zida yorqin aks
ettirgan. U nda bugungi o ‘zbekning ruhiyati, o rzu -o ‘ylari
ishonarli ifoda etilgan. Yozuvchi asarlarining badiiy-estetik va
m a’rifiy-tarbiyaviy ahamiyati ham shundadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |