Loladan poyondoz har bir qadamda,
Uzluksiz kulgilar doim dahanda,
Oltin tuprog ‘ingni о ‘pganim damda
Nafasing sezilar edi badanda,
Gul, bulbul chamanda
—
bari seniki.
194
«Bilib qo‘yki, seni Vatan kutadi» she’rida shoir yosh avlodni
o ‘qib, bilim olib Vatanga munosib farzandlar b o iib yetishishga
d a ’vat etadi:
A ’lo mamlakatning a 'lo farzandi,
Bilib qo ‘yki, seni Vatan kutadi!
G ‘afur G ‘ulom ning bolalarga atalgan k o ‘p she’rlarida
xushchaqchaq kulgi bo‘rtib turadi. Shoiming «Ahmad yomon
bola emas-ku, ammo...», «Tursunalining varragi», «Nortojining
kurak tishi» singari she’rlari o ‘zbek bolalar adabiyotidagi
yumoristik asarlarning yaxshi namunalaridan hisoblanadi.
G ‘afu r G 'u lo m — adab iy o tsh u n o s olim sifatid a ham
mashhur. U o ‘zbek adabiyotining Navoiy, Mashrab, Muqimiy,
F u rq a t, A vaz О Ч аг, S. A yniy, O ybek, H. O lim jon,
M. Shayxzoda, G 'ayratiy, Sobir Abdulla, Amin Umariy kabi
vakillari haqida, shuningdek, o‘zbek xalq og‘zaki ijodi haqida
bir qancha sermazmun maqolalar yozgan. G ‘afur G ‘ulomning
«Folklordan o ‘rganaylik», «Shoir ayblaydi», « 0 ‘zbek shoirasi
M ehri», «Oybek — yozuvchi va olim», «Talantli shoir va
dramaturg» singari maqolalari yangi fikrlarga, ilmiy xulosalarga
serobligi bilan o ‘z vaqtida ko‘pchilikka manzur boigan.
G ‘afur G ‘ulom o ‘zbek adabiyoti masalalarini yoritish bilan
bir qatorda, rus, ukrain, belorus, ozarbayjon, qozoq, tojik,
turkman, tatar yozuvchilari ijodi haqida, adabiy aloqa va adabiy
ta ’sir to ‘g ‘risida ham yaxshi m aqolalar e’lon qildi. G ‘afur
G ‘ulomning ikki jildlik «Adabiy-tanqidiy m aqolalar» (1971
va
1973) t o ‘p la m id an jo y olgan V. M ay akovskiy,
A. Serafim ovich, T aras Shevchenko, A. Jom iy, S. Ayniy,
A. L o h u tiy , M . T u rsu n z o d a , Jam b u l Jab ay ev , A bay
Q o‘nonboyev, Fuzuliy, Sulaymon Rustam, Abdulla T o ‘qay
kabi turli millat yozuvchilari ijodi haqidagi maqolalari ana
shundan dalolat beradi.
G ‘a fu r G ‘ulom — m o h ir ta rjim o n . U A. P u sh k in ,
M. Lerm ontov, A. Nekrasov, V. M ayakovskiy, M. G orkiy,
Mirzo Tursunzoda kabi san’atkorlarning bir qancha asarlarini
o ‘zbek tiliga o'girdi. Shuningdek, buyuk ingliz dram aturgi
195
V. Shekspirning «Otello», «Qirol Lir» tragediyalari ilk bor
G ‘afur G ‘ulom tom onidan tarjim a qilindi. G ‘afur G ‘ulom
tarjim alarida asl nusxaning yetakchi fazilatlari, uning milliy
ruhi va tarovati saqlangan.
G ‘afu r G ‘ulom u lu g ‘ shoir va ajoyib nosir. Y ozuvchi
asarlarining tarbiyaviy-estetik aham iyati nihoyatda katta.
Binobarin, u XX asr o ‘zbek adabiyoti tarixida faxrli o ‘rin
egallaydi. G ‘afur G ‘ulom shogirdi Abdulla Oripov aytmoqchi,
mangu tirik shoirdir:
Do'stlaringiz bilan baham: |