VI haqiqat oynasiga sayqal istarsan, Nihon.
Ilm ista
,
ilm ista, istag 'il zinhor ilm!
M ehnatkash ommani bilim olishga, m a’rifatga chaqirish,
m illiy uyg‘onishga d a ’vat,
bo shqacha qilib aytg an d a,
m a’rifatparvarlik, taraqqiyparvarlik, millatparvarlik, yurtsevarlik
g ‘oyalari Hamza ijodining bosh yo‘nalishini tashkil etadi.
Hamza o ‘z davrining jarchisi sifatida «Y igia, Turkiston»,
«Yaxshi holin yo‘qotgan oqibatsiz Turkiston», «Dardiga darmon
istamas» kabi she’rlarida chor mustamlakachilari va mahalliy
zolimlar zulmi ostida ezilib, qoloqlikka va jaholatga mahkum
etilgan T u rk isto n o ‘lkasini u yg‘onishga, m a ’rifatga,
taraqqiyotga chaqiradi. «Uxlama ko‘p, o‘zbek eli, asri taraqqiy
vaqtida», «Uyg‘on
Turkiston, uyg‘onish vaqti keldi», — deb
xitob qiladi:
Turg'il, darddan jismingni sog'la, Turkiston,
Donish o'tiga b a g ‘ring d o g ‘la, Turkiston.
Belga him mat kamarin bog'la, Turkiston,
M a ’rifatga yetmoqni chog'la, Turkiston.
Bu xalqchil va dolzarb asarlarda H am za she’riyatining
g‘oyaviy-estetik xususiyatlari yaqqol namoyon bo‘ladi.
Shunisi m uhim ki, H am za a sarla rid a milliy uyg‘onish
mavzusi, « o ‘lkani uyg‘otish», «xalqning k o 'zin i ochish»
g ‘o y ala ri x alq lar d o ‘stligi ta m o y illarig a zid rav ish d a
ifodalanm aydi. Zero, Hamza xalqlar va m illatlar d o ‘stligi
ta m o y illa rig a sodiq qolgan holda ch o r R ossiy asinin g
mustamlakachilik siyosatiga salbiy munosabatda bo‘lgan. Ana
shuni
hisobga olib, taniqli hamzashunos olim Laziz Qayumov
«Biz bilmagan Hamza» maqolasida haqli ravishda: «Shoirning
rus kolonizatorlari bilan konflikti muttasil davom etgan», —
deb yozdi. Hamzaning 1915 -1916-yillarda nashr etilgan «Oq
gul», «Qizil gul», «Sariq gul», «Yashil gul», «Pushti gul», «Safsar
gul» nomli she’riy to ‘plamlarida, shuningdek, «Ilm hidoyati»,
«Zaharli hayot»
(1915)
singari pyesalari va «Yangi saodat»
(1915) nasriy asarida m ustam lakachilik siyosatiga qarshi
m a’rifatparvarlik, xalqparvarlik g‘oyalari bo‘rtib turadi.
125
«Yangi saodat yoxud milliy roman» asari 46 betdan iborat.
U Q o‘qonda nashr etilgan. Asar muallifning «Kirish so‘z»i
bilan boshlanadi. U nda asarning «qora m ehnatchilarga»
bag‘ishlanganligi qayd etiladi. Hamza asarda mehnatkashlarni
ilmli-bilimli bo‘lishga, hunar o ‘rganishga d a’vat etadi.
«Yangi saodat»
asarida tasvirlanishicha, A bd u q ah h o r
boyvachcha otasi G ‘oziboyning vafotidan so‘ng undan qolgan
katta merosdan samarali ravishda foydalana olmaydi. Chunki u
o ‘qimagan, dangasa va qimorboz edi. Merosni qimorga yutqazib
qo‘yadi. Boyvachchaning ilmi va hech qanday hunari yo‘q edi.
N atijada, u sharm andayu sharm isor b o ‘ladi, oilasini boqa
olmaydi:
onasi Ruzvon, xotini Maryam, farzandlari Olimjon va
Xadichalarni tashlab qochib ketadi. Xotini Maryam esa turmush
qiyinchiliklari girdobida shoshib qolmaydi. 0 ‘z mehnati bilan
oilaning tirik ch ilig ini t a ’m inlaydi. B olalarini ro s tg o ‘y,
mehnatsevar qilib o ‘stiradi. 0 ‘g‘li Olimjon bir ilg‘or muallimning
yordamida o ‘qib
ilm egallaydi, ziyoli b o ‘lib yetishadi. Halol
mehnat qilib pul topadi. Shundan so‘ng Olimjon Toshkentda
xoru zor b o ‘lib, o ch -y alan g ‘och daydib yurgan otasi
Abduqahhorni izlab topadi va uyiga — Qo‘qonga olib qaytadi.
Shunday qilib, bu oila halol mehnat va ilm-ma’rifat tufayli
fojiadan qutuladi. A bduqahhor boyvachchaning ilmsizligi,
h u n arsizlig i va m e h n atd an b o ‘yin
to b lash i o q ib a tid a
baxtsizlikka uchragan bu oila Maryamning mehnatsevarligi,
tadbirkorligi, Olimjonning ilm egallashi natijasida qaytadan
baxt-saodatga erishadi.
Hamza m a’rifatchilik g‘oyalarini turmushda amalga oshirish
uchun faol harakat qildi. U 1911-1915-yillarda aw al Qo‘qonda,
so‘ngra Marg‘ilonda maktab ochib, o ‘quvchilarga dars berdi. Ular
uchun « 0 ‘qish kitobi», «Qiroat kitobi» va «Yengil adabiyot»
nomli darslik va o‘quv qo‘llanmalar yaratdi. Hamza mehnatkash
bolalarni bepul o‘qitdi. Biroq
Hamzaning bunday xalqparvarlik,
m a’rifatp arv arlik h ara k a tlari m ustam lakachi va m ahalliy
amaldorlar tomonidan qarshilikka uchradi. Chor amaldorlari
Hamzani bunday ezgu harakatlari uchun ta ’qib qildilar, uning
yangi maktabini yopib qo‘ydilar. Hamza bundan norozi bo‘lib
yozadi:
Do'stlaringiz bilan baham: