50 G 'afur G'ulom. Asarlar. 8-tom . — Т.: 1976, 25-bet.
179
nasriy bayon qilib, nashrga tayyorlagan (1939). G ‘afur G ‘ulom
Navoiy haqidagi bir she’rida yozadi:
О ‘zbek deb atalgan ozod ulusning
Otaxon shoiri, qadrli ustod...
Biror shoh baytingni yoddosh tutmagan
Kattadir-kichikdir, bizda kishi yo ‘q.
Oltin boldoqdagi nifrit ко ‘z kabi
Asaring biz uchun bo ‘Idi qoracho 'g
G ‘afur G ‘ulom sevib o ‘qigan «oliy maktab»lardan yana biri
jahon adabiyoti, xususan, do ‘st va qardosh xalqlarning so‘z
s a n ’a tid ir. G ‘a fu r G ‘ulom G ‘arb va S h arq d ag i dah o
yozuvchilardan k o ‘p narsani — davr talablariga hozirjavob
b o lis h n i, teran m azm unli, g o ‘zal badiiy asarlar yaratish
m ahoratini o ‘rgangan. Shu bilan birga, uning o ‘zi buyuk
novatorlik namunalarini kashf etgan.
Shunday qilib, G 'afur G ‘ulom xalq hayoti, yangi voqelik
bilan mustahkam aloqada bo‘lgan holda samarali ijod qildi.
Adabiyotimizni o ‘lmas va mangu unutilmas ajoyib she’riy va
nasriy asarlar bilan boyitdi.
G ‘afur G ‘ulom ning yangi o ‘zbek adabiyotini yaratish,
boyitish va taraqqiy ettirish sohasidagi buyuk xizmatlari xalq
va davlat tom onidan munosib taqdirlandi. Shoir 1943-yilda
0 ‘zbekiston Fanlar akademiyasiga haqiqiy a ’zo qilib saylandi.
1963-yilda unga « 0 ‘zbekiston xalq shoiri» degan yuksak faxriy
unvon berildi.
Hozirgi davrda bir qancha jam oa va davlat x o ‘jaliklari,
institut, nashriyot, metro bekati, go‘zal bog‘ va obod ko'chalar,
k u tu b x o n a va m a k ta b la r G ‘afu r G ‘u lom nom i b ilan
atalm o q d a.M u staq il 0 ‘zbekiston h ukum atining qaroriga
m uvofiq 2003-yilda ak ad e m ik -sh o ir G ‘a fu r G ‘ulom
tavalludining 100 yilligi mamlakatimizda zo‘r tantana bilan
keng nishonlandi. G ‘afur G ‘ulom asarlari mamlakatimizdagi,
shuningdek, chet ellardagi k o ‘pgina tillarga tarjim a qilinib,
qayta-qayta nashr etilmoqda.
G ‘afur G ‘ulom ijodini ilmiy asosda o ‘rganish, tadqiq etish
sohasida ham yurtimizda talay ishlar qilingan. H. Yoqubovning
180
« G ‘a fu r G ‘ulom » (1959), S. M am ajo n o vn in g «S hoir va
zamonaviylik» (1963), «G‘afur G 'ulom prozasi» (1966), «Uslub
jilolari» (1972), N. Shukurovning «G ‘afur G ‘ulomning lirik
poeziyadagi m ahorati» (1966), A. A kbarovning «Shoirning
hay o ti» (1973) nom li k ito b la ri, I.S u lto n , V .Z ohidov,
L.Q ayum ov, O .S h arafidd ino v, U .N o rm ato v , B .Im om ov,
O.Saidov, A.Oripov va boshqalarning ilmiy m aqolalari ana
shundan guvohlik beradi.
Mustaqillik davrida G ‘afur G ‘ulom ijodini tadqiq va tahlil
etish sohasida muayyan ishlar qilindi. Keyingi vaqtlarda «G‘afur
G ‘ulom» (Naim Karimov), «Akademik G ‘afur G ‘ulom» (Aziz
Qayumov), « G ‘afur G ‘ulom olami» (B. N azarov), « G 'afu r
G 'u lo m zam o nd osh lari x o tirasid a» , « G ‘afu r G ‘ulom
Samarqandda» kabi risola va maqolalar to‘plamlari yaratildi.
* * *
G ‘afur G'ulom o‘z ijodiy faoliyati davomida qator maqolalar,
ocherk, hikoya va qissalar yozgan. Uning nasriy asarlari badiiy
pishiqligi, sujetning qiziqarliligi, obrazlaming jonliligi, xalq og'zaki
ijodidan, hajviy tasvir imkoniyatlaridan unumli foydalanilganligi
bilan kitobxonlarga manzur bo‘Igan. To‘g‘ri, adibning hamma
nasriy asarlarini ham birdek baquw at va go'zal deb bo'lmaydi.
Uning «G uvohlikka o ‘tgan h o ‘kiz», «Inoqlik», «Qizaloq»,
«Soyalar» kabi dastlabki hikoyalarida notabiiylik, badiiy zaiflik
singari ayrim qusurlar uchraydi. Ammo ko‘p o'tm ay yozuvchi
ijodi bunday nuqsonlardan butunlay qutuldi.
G 'afur G'ulom 20-yillarning oxiri va 30-yillarning boshlarida
«Ko'ngilsizning qilig'i», «Eshonobod», «Yigit», «Chorbozorchi»,
«Soat», «Jo'rabo'za», «Elatiyada bir ov», «Hiylai sh ar’iy»,
«Luqmon», «Farzandi solih», «Sabab», «Haji qabul bo'ldi»,
«Badal novcha afsona qahramoni» kabi qirqqa yaqin hikoya
yozdi. Bularning bir qismida o'tm ish hayotga xos bo'lgan
voqealar tasvirlangan. Aksariyatida esa hozirgi zamon voqeligi
tasvirlanib, hayot taraqqiyotiga to'sqinlik qiluvchi dangasalar,
tekinxo'r yulg'ichlar, firibgar savdogarlar fosh etilgan, yangi ong,
yangi turmush va yangi urf-odatlar targ'ib va tashviq qilingan.
181
G ‘afur G ‘ulom o‘tmish mavzusidagi hikoyalarida turmushdagi
illatlarni satira ostiga olib, ular ustidan achchiq kuladi. «Hiylai
shar’iy» hikoyasida tasvirlanishicha, ikki xotinli mulla Dilkash
uchinchi xotin olishda «Xalqdan bo‘ladigan ta ’na-tavbalardan
qo‘rqib», bu haqda mulla Abdulboqi M arg‘iloniydan maslahat
so‘raydi. M ulla Abdulboqi esa mulla Dilkashga bir «hiylai
shar’iy»ni o‘rgatib, uning «mushkuli»ni oson qiladi.
Mulla Dilkash bu riyokorning maslahatiga amal qiladi: katta
xotinini kechasi bilib-bilmaslikka olib emib qo‘yadi va ertasiga:
Do'stlaringiz bilan baham: |